yakshanba,
29 dekabr 2024
29 dekabr 2024
Usmon Azimga Alash sovrini berildi
So‘zlari qo‘shiq bo‘lgan yurtning sevimli shoiri Usmon Azimga Qozog‘istonning Alash sovrini berildi.
Bu siyliq sovrin Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tashkil etilganining 90 yillik to‘yida shoirga olqish va dovul saslari fonida topshirildi.
Bir shoirni el siylagani shu.
Usmon og‘amizni qutlaymiz¸ yangi yili qutli kelsin.
Ko‘rgani to‘y¸ yegani qo‘y bo‘lsin.
Qo‘shiq aytar bo‘lsam yuragim to‘ldi,
Yig‘lashdan ko‘r bo‘ldi oydin ko‘zlarim.
Eski do‘stlarimning hammasi o‘ldi,
Hali tug‘ilgan yo‘q yangi do‘stlarim.
Rasmda shoir Usmon Azim o‘zining tirik do‘sti Muhammad Solih bilan Istanbulda.