Asosiy mavzular
7 fevral 2024

Tanlov g‘olibi imtiyozli kreditdan mahrum bo‘ldi

«Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihasi» tanlovida g‘olib topilib, to‘rtinchi o‘rinni olgan Navoiylik tadbirkor Pardaev Umid imtiyozli kredit olish huquqidan asossiz mahrum qilinganini iddao qilmoqda.

Bu haqda u Bosh vazirga, Bosh prokuraturaga, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisiga murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hukumat komissiyasi qarorida 4-o‘rin uchun Jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri garov ta'minotisiz 5 yilga 1 yil imtiyozli davr bilan biznesni moliyalash ko‘zlangan.
“Mendan esa endi garov talab qilishayapti. Vaholanki loyiha g‘oliblari uchun ustama foizlarsiz va garovga hech narsa qo‘ymaslik sharti bilan mablag‘ berilishi aytilgan. Mening loyiham aynan shu tanlov natijasiga ko‘ra amalga oshirilishi ko‘zlangan edi. Men bu pulga Xitoydan har xil turdagi gofra karton, polietilen mahsulotlar ishlab chiqarish liniyasini olib kelib, baklashka idishlar va qutilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi edim” dedi Pardaev Eltuz bilan yozishmasida.
Hususan u bilan telefonda gaplashgan vazirlar mahkamasi mulozimi Botir Madraximov, unga bu biznesning pul bilan bog‘liqligini tushuntirgan, uning esa buni tushunishni istamayotganini aytgan.

“Men sizga 200 marta tushuntirdim, qo‘pol qilib aytganda. Nimaga bo‘layotganini hammasini tushuntirdim. Siz bilan tortishishga mening… nimam yo‘q. Tushunishni hoxlamasangiz nima qilay men? Mening qo‘limdagi yoki boshqaning qo‘lidagi narsamas u. Pul bilan bog‘liq narsa. Hech kim tekinga pul beradiganini birorta joydan topsangiz ayting, menam olaman borib. Sizga shuncha tushuntirildi. Siz prosto tekinga pul olmoqchisiz, tadbirkorlik qilmoqchisiz, yana tekinga pul olmoqchisiz. Shunaqalardan aziyat chekilgani uchun, shunaqalarga pul berilmaydigan bo‘lib qoldi. Oldingilar berib, qaytarib yurganida, sizga o‘xshaganlar olib-berib yuravergan bo‘lardi. Davlatni puli. Xalqni puli u… ”

Tadbirkorning ijrochi tashkilotga yozgan murojaatiga javoban esa Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining 294-sonli qarori asosida bankning ichki tartibi orqali bankka garov ta'minoti qo‘yib kredit olish mumkinligini bildirgan.

“Holbuki, ayni 294-qarorning 5-bob, 26, 27 bandlarida Jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalash tartibini Hukumat komissiyasi belgilashi bildirilgan. Biroq soha amaldorlari har xil byurokratik to‘siqlar, sarsongarchiliklar bilan biz yosh tadbirkorlarni umidimizni so‘ndirishyabdi”. deydi tadbirkor.

Shuningdek uning Eltuzga yozgan xati va ilova qilgan hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning 7 iyul kuni Investitsiya va tashqi savdo vazirligi veb sayti va “Fursat” mediya loyihasida tanlov natijalari e'lon qilingan.

Unda tanlovni moliyalashtirish shartlari o‘zgartirilganiga oid biror ma'lumot berilmagan.
Aksincha, tanlov yakunlari bo‘yicha 1-3 o‘rinni olgan nomzodlarga tanlov shartlari asosida, garov ta'minotisiz qaytarilmaslik sharti bilan, grant mablag‘lari Jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilgani bildirilgan.

Shuningdek, tadbirkor tanlov natijalariga oid onlayn chatdagi uning e'tirozlari keyinchalik ma'lumotlar lentasidan o‘chirib yuborilganini iddao qilmoqda. Bu haqda u Bosh prokuratura maslahatchisiga murojaat  qilganini bildirdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, «Yoshlarning 100 ta eng ilg‘or loyihasi» ishtirok etib 4 va 20 -nchigacha bo‘lgan o‘rinlarni egallagan tadbirkorlar ham Jamg‘arma hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri garov ta'minotisiz 5 yilga 1 yil imtiyozli davr bilan biznesni moliyalash ko‘zlangan. Biroq Eltuzda ulardan birortasining bu imtiyozga ega bo‘lgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
15 avgust 2019
«Zangiotaga voronokda olib ketyapti. Mashinadagi hammasi yosh yigitlar, faqat men 60 yoshdaman. Yoshlar tinmay chekishyapti, nafas olishga havo yetishmaydi. ...
4 dekabr 2017
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kuchli o‘yinchi bo‘lishga intilish barobarida harbiy qudratini ham oshirib bormoqda. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining 4 dekabr ...
2 mart 2021
Rassom Elsevar
3 oktyabr 2018
Yaponiyaning NHK, TBS va JNN axborot manbalari xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi, Andijon viloyatida tug‘ilgan va Yaponiyadagi kasb-hunar kollejida chet ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...