Asosiy mavzular
2 yanvar 2025

Sardor Umrzoqov prezident qarori bilan qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘ldi

Prezident qarori Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchining vakolatlari kengaytirirlib katta qamrov kasb qildi.

Bundan buyon Umrzoqov mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish vakolatiga ega bo‘ldi.

Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchining vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha maxsus Prezident qaroriga ko‘ra:

Umrzoqov qo‘l ostida Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Kengash siyosiy va iqtisodiy hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni ishlab chiqadi muntazam ravishda Prezidentga kiritib boradi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari bo‘yicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni o‘tkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas'ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.

Kengash faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta'minlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yo‘nalishlarga mas'ul bo‘lgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:

— xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;

— davlat va jamiyat qurilishi;

— ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;

— tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;

— hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;

— ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi masalalari.

2023 yil avgustida Sardor Umurzoqov prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Umurzakov 2022 yil iyulidan to 2023 yil avgutga qadar Prezident administratsiyasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Umurzakov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Umrzoqov 2003 yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) ishlagan.
2007 yilda O‘zbekistonga qaytgan Umrzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

2019 yil 28 yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020 yil 10 martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.

Tag‘in o‘qing
9 mart 2021
Insoniyatning uzoq kechmishidan ma'lumki, Aleksandr Makedonskiy aqlan, jismonan va ruhan tengsiz kuch-qudrat sohibi bo‘lgan. Shuning uchundir o‘z vaqtida ayovsiz ...
25 aprel 2022
Eltuz pochtasiga kelgan navbatdagi videoda Toshkent-Xorazm yo‘nalishidagi Xalqaro ahamiyatga ega asosiy magistral yo‘lning 27 kilometridagi qazib tashlangan joylar aks ...
20 yanvar 2017
O‘zbekiston Prezidentining 2017−2021 yil strategiyasiga oid farmoniga ko‘ra, ichki va xorijga chiqish pasportlarini joriy qilish va xorijga chiqish uchun ...
5 yanvar 2016
Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...