Ramzanning bayonoti O‘zbekiston prezidentiga tahdid
Tahlilchi Alisher Ilhomov yozadi: Ramzan Qodirovning so‘nggi bayonotiga yana bir izoh bermoqchiman.
Bu bayonotda Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti kuyovi Otabekni hokimiyatni qo‘lga olish uchun fitna uyushtirish ayblovlaridan himoya qilishga urinadi.
Bayonotda, shuningdek, Allamjonov va adminstratsiya xodimi Dmitriy Li adresiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilingan.
Holbuki Allamjonov va Li hech bir xolatda Ramzanga nisbatan dushmanlik munosabatini keltirib chiqarmagan va Ramzanni tanqid qiluvchi chiqishlarni umuman omma oldida ifoda qilmagan.
Nishonga olinib taxdid qilinganlardan biri endilikda davlat xizmatchisi emas. Ammo Dmitruy Li joriy iqtidorni tamsil qiladi.
Demak, Qodirov O‘zbekiston hukumatining yuqori martabali a'zosiga tahdid qildi.
Ayni paytda, Alamjonovga qilingan suiqasdni tergov qilish bo‘yicha O‘zbekiston rasmiylarining so‘nggi harakatlarini prezidentning shaxsan o‘zi nazoratga olib amalga oshirayotganini nazarda tutsak, Qodirovning tahdidlari asosan Mirziyoevning o‘ziga qaratilgan deb hisoblanishi kerak.
Demak, O‘zbekiston Prezidentining hayoti xavf ostida.
Mirziyoev Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurganida bu xavf kuchayadi. Endi u tegishli xulosalar chiqarsin.
Shuni ham yodda tutish kerakki, Qodirov Kreml bilan oldindan kelishuvsiz bunday bayonotlar bermagan bo‘lar edi.
Demak, Putin katta ehtimol bilan bu tahdidlarga yo‘l qo‘ygan va hatto buning uchun tegishli sharoitlar yaratilgan taqdirda ham O‘zbekiston prezidentiga suiqasd uyushtirishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.