1 oktyabr – o‘zbek siyosiy mahkumi Muhammad Bekjon 68 yoshda
Umrining 16 yilini u mahkumlikda kechirmoqda. Rasman Toshkentdagi 1999 yilgi teraktlar uchun, amalda esa “Erk” gazetasini chop etgani va Muhammad Solihning ukasi bo‘lgani uchun.
2012 yili, dastlabki 15 yillik qamoq muddati tugagach Muhammad Bekjonnoning Amerikadagi qadrdon oilasi uni sabrsizlik bilan kutar. Qizi sovg‘alar olgan va otasi uchun uyida xonani tayyorlab qo‘ygan, shifokorlarni qabul qilish uchun vaqt tayin qilishgandi.
Muhammad Bekjonni ozod etishmadi. O‘zbek rejimi, u tag‘in turmada 4 yilu 8 oy qolishi kerak deya hukm chiqardi.
Har bir o‘tgan kunni sanab, intiqlik bilan ozodlikni kutayotgan, har tun uyg‘onib, turmada kechgan yana bir kunning o‘tgani, ozodlikning yaqinlashayotganidan zavq olayotgan insonning birdan tag‘in qamoqda qolishini bilishi dahshat. Rasman intizomni buzish, amalda esa Muhammad Solihning ukasi bo‘lganing uchun.
Biz qaysi zolim muddatni uzaytirishga qaror berganini bilmaymiz. Biroq biz aniq bilamizki, u hukumat tepasida, O‘zbekiston qismatini hal qiluvchi bandada qolmoqda. Bu odamlarning qabih ongida siyosiy mahkumlarning muddatini, ozodlikka chiqishlariga sanoqli kunlar qolganda cho‘zish fikri bor.
Bu yovuzlik mutlaqo tushunarsiz va irratsional tuyuladi. Turmadan bir qancha muxolifatchilarni bo‘shatish bilan hukumat siyosiy dividendlar olishi mumkin edi. Muhammad Bekjon yoki boshqa muddati uzaytirilayotgan o‘zbek siyosiy mahkumlari, keksa va sog‘lig‘i puturdan ketgan shaxslardir. Ozodlikka chiqib ular bugungi rejimga qanday havf solishlari mumkin?
Menda bu savolga javob yo‘q.
Umida Niyazova,
www.eltuz.com