Asosiy mavzular
19 mart 2023

19 mart kuni Lenin maydonidagi mitingda o‘zbek tiliga davlat maqomi so‘ralgan edi

1989 yilning 19 martida Toshkent markazidagi Lenin (hozirgi Mustaqillik) maydonida norozilik mitingi bo‘lib o‘tdi.

Mitingni “Birlik” xalq harakati tashkil qilgan edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish talabi yig‘ilganlarning asosiy istagi edi.

Mitingda, shuningdek, Bo‘stonliqdagi kimyo zavodi qurilishini to‘xtatish va Orol qurishi oqibatlari bilan bog‘liq talablar ham ilgari surilgan.

Eltuz.com tasarrufida mavjud bo‘lgan hujjatlarga ko‘ra, mitingda 80-100 nafar atrofida odam to‘plangan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, mitingchi faollar orasiga kiritilgan KGB agentlari hisobiga tadbir oxiriga borib odamlar gavjumlashgan.

Lenin haykali ostida hukumatdan izn so‘ramasdan 80 kishining yig‘ilgani o‘sha paytda O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Rafiq Nishonovni qo‘rqitib yuborgan.

Hukumat mitingchilar yoniga odam yuborib, avvaliga tarqalishni talab qilgan. Bu talab qondirilmaganidan keyin miting tashkilotchisi, matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Po‘latov ayni maydonga yondosh bo‘lgan va xalq orasida “tovuq oyoqli uy” deb atalgan 16 qavatli hukumat binosiga taklif qilingan edi.

“Birlik” tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Po‘latovni O‘zbekiston SSR Oliy kengashi raisi Mirzaolim Ibrohimov qabul qilib, unga o‘zbek tilini davlat tili qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanayotgani haqida bildirgan.

Ayni miting haqida “Ozodlik”ning Toshkentdagi shtatsiz muxbiri Tohir Umarov voqeadan bir necha kun o‘tib Myunxendagi radiostantsiyadan xabar qilgan edi.

Bilishimizcha, ayni miting to‘laligicha KGB tarafidan videotasvirga olingan va bu tasvir shu kunda O‘zbekiston MXX arxivida saqlanmoqda.

Bu miting tasvirlari bizda mavjud emas. Ammo «O‘zbekfilm» kinostudiyasi ishlagan “Tangalik bolalar” kinosida ayni miting bilan bog‘liq hujjatli kadrlar mavjudligi aytiladi.

Turli manbalarga ko‘ra, bundan ilgari ham O‘zbekistonda siyosiy norozilik namoyishlari bo‘lgan.

Masalan, O‘zbekiston tarixidagi ilk miting 1988 yili 20 dekabr kuni Inqilob (hozirgi Amir Temur) xiyobonida Muhammad Solihni «Pravda Vostoka» hujumidan himoya qilish uchun o‘tkazilgandi.

Unda 300 atrofida odam qatnashgani aytiladi.

Bundan tashqari, o‘sha yili fevral oyida O‘zbekiston tarixida «Til bayrami» nomi bilan qolgan, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish so‘ralgan ilk namoyish talabalar shaharchasidagi maydonda o‘tgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 may 2021
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ning telegram kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joriy yil 24 aprel kuni ...
6 yanvar 2021
Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov tashqi qarzlarning doimiy o‘sib borayotgani bois O‘zbekiston iqtisodiyoti ahvoli juda xavotirli ...
6 yanvar 2024
Sog‘liqni saqlash vazirligi ham karvonsaroyga aylandi. Vazir bo‘lib ko‘rmagan kim bor! Rassom Tuz
2 iyun 2020
O‘zbekistonda qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzish rejalanmoqda, deya bayonot berdi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 29 may ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...