23 mart – „Singapur mo‘'jizasi“ni yaratgan Li Kuan Yu vafot etgan kun
2015 yilning 23 martida Singapurning davlat boshqaruvining korruptsiyadan xoli shaklini yaratgan lideri Li Kuan Yu 92 yoshida vafot etdi.
Uning boshqaruvi davrida Singapur iqtisodiy qashshoq va qoloq mamlakatdan dunyoning eng boy davlatlaridan biriga aylandi.
Li Kuan Yu avtoritar islohotchi-siyosatchi sifatida mashhur. 25 yil avval mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston ham ayni shunday liderga muhtoj bo‘lgan edi.
«Korruptsiya hokimiyatning barcha qatlamlariga, hukumat rahbaridan tortib mayda amaldorlargacha singib ketarkan, muammo, ayniqsa, chigallashadi. Tozalash va dezinfektsiyani eng yuqoridan boshlash lozim, tizimli tarzda, albatta, eng pastga qadar», degan edi Li Kuan Yu korruptsiyaga qarshi kurashish haqida.
«Agar mamlakat noto‘g‘ri boshqarilsa, barcha aqlli odamlar uni tark etadi“.
„Biz o‘zimizning yosh liderlarimizni muntazam ravishda yetakchi o‘rinlarga ko‘tardik. Tajriba va ishonch orttirgach, ular eng uddaburon rahbarlar bo‘lib yetishdi“, degan edi Li Kuan Yu o‘zining kadrlar siyosati haqida.
1959 yili hokimiyatga kelganida va ketganidan so‘ng ham singapurlik Li Kuan Yu o‘z oilasi daromadini oshirish bilan shug‘ullanmadi, u o‘zidan farovon bir mamlakat shaklida xotira qoldirish uchun mehnat qildi.
Eltuz.com