Buxoro darvishlari qanday qilib Sibirni ishg‘ol qilgan edi
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. Naqshbandiy tariqati a'zolari bo‘lgan Buxoro so‘fiylari shomonlarga topingan Sibir totorlari, yoqut, oltoy, karyoq va nanaylar o‘rtasida islomni yoyishdi.
Buxorodagi naqshbandiya pirlariga qo‘l berib, ularning duosi bilan Sibirga kelgan darvishlarning avlodlari Sibirda o‘zlarini “buxorolik”, “sart” yoki “o‘zbek” deb atashgan. Buxoriylar asosan Tyumen, Omsk va Tomsk viloyatlariga yoyilgan.
Bu hududlarda o‘z davrining ilg‘or yasham tarzini tamsil qilgan ilk “Buxoriy” qishloqlari paydo bo‘lgan. Bundan tashqari ular totorlar yashaydigan ovullar va Tyumen, Tobolsk, Tara, Tomsk kabi ma'muriy markazlarga yaqin hududlarda ham istiqomat qilishgan.
Sibir buxoriylari yuz yillar mobaynida mahalliy totorlar bilan yaqin munosabatga kirishib, qiz olib qiz berib quda-anda bo‘lishgan. Antropologlarga ko‘ra, aynan buxoriylar zamonaviy sibir totorlari zehniyatini shakllantirgan asosiy komponentdir.
Sibir ruslar tarafidan ishg‘ol qilinishidan oldin Buxoro savdogarlari Sibirda Turkistondan keltirilgan mollar bilan barakali savdo-sotiq bilan shug‘ullanganiga oid bilgilar bor. Aynan buxoriylar Sibirda ilk bor teriga ishlov berish, gilamu-sholcha to‘qish kabi hunarmandchilika asos solishgan.
Yaqin tarixda Tyumen, Tobolsk va Taradagi mashxur teri va gilam do‘konlari buxoriylarga oid bo‘lgani ma'lum. Pirovardida buxoriylar avlodlaridan yirik boylar,tadbirkoru savdogarlar yetishib chiqdi.
Sibirdagi chorvador, qassob, izvoshchi, aravakash va oltinga ishlov beruvchi ustalar asosan buxoriy avlodlari bo‘lgani aytiladi. Avlod almashish asnosida buxoriylar o‘zlarini totorlar deb ayta boshlagan. Ayni paytda ular o‘z ajdodlarining Buxorodagi naqshbandiy pirlariga borib taqalishini alohida fahr va iftixor bilan eslashdi.
(Maqola Sibir o‘lkashunoslik kutubxonasi materiallari asosida yozildi)
Akmal Rizaev
O‘zbekistonlik muallif taxallusi