O‘zbek migrantlari vatanlariga MDHdagi boshqa davlatlardan ko‘ra ko‘proq pul jo‘natishmoqda
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki 2018 yil 1 choragi bo‘yicha xususiy shaxslarning Rossiyadan boshqa mamlakatlarga jo‘natmalari statistikasini e'lon qildi.
MDH davlatlari ichida eng ko‘p pul O‘zbekistonga jo‘natilgan – 726 mln. dollar. Bu o‘tgan yilning 1 choragiga nisbatan 17% ga ko‘pdir.
Ikkinchi o‘rinda Tojikiston – 487 mln., 15%ga ko‘p.
Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston – 434 mln., 9%.
O‘rta Osiyo milliy munosabatlari bo‘yicha mutaxassis Sergey Abashin, o‘z Feysbuk sahifasida bu ma'lumotlarga shunday izoh beradi, «raqamlar pul jo‘natmalarining sezilarli oshayotganini ko‘rsatmoqda, bu migrantlar ish haqining va migrantlar sonining ham oshayotganini anglatadi.
Qirg‘izistonga jo‘natmalarining unchalik o‘smayotgani, aslida Qirg‘iziston vatandoshlari ishlab topgan pullarning ancha qismi ish sharoitlarini yaxshilash uchun Rossiyaning o‘zida qolayotganini anglatadi».
Eltuz.com