Document UZ
21 sentyabr 2018

Tadbirkor Jahongir Umarov sud zalidan ozod etildi

“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda sud zalidan ozod etildi.

Jahongir Umarov Toshkentning Olmazor tumani sudi tomonidan 25 avgust kuni narkotik (opium) saqlash va tarqatishda ayblangan hamda besh yil muddtaga qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Ilgari sudlanuvchining ayoli Nigora Umarovaning «Eltuz» nashriga bergan intervyusida erini bir yil burun yoniga narkotik tashlab qo‘lga olishganini aytgan edi.

Shuningdek, u erining bo‘yniga ayb qo‘yish uchun tergovda urib qiynashgani, qovurg‘alarini sindirishgani va go‘yoki ukol bilan S gepatiti virusini yuqtirishganini bildirgandi.

Shu yilning martida Umarovning advokati sudga audioyozuv taqdim etdi, unda Toshkent IIBB katta tezkor xodimi Fathiddin Nuritdinov opium moddasi tintuv payti tadbirkorning kabinetiga tashlanganini e'tirof etadi.

Jahongir Umarovning bildirishicha, narkotik moddalar uning biznesini tortib olish uchun tashlangan.

«Hamma yerda yotgan bo‘lgan. Moment, sekundda urib tashlaganman. Daje ular (sheriklari) ko‘rmagan, shunaqangi tez bo‘lganki, hech kim ko‘rmagan», deydi Nuriddinov audioyozuvda.

20 sentyabr kuni Jahongir Umarovning ozod etilgani haqida xabar tarqatgan huquq faoli Yelena Urlaeva uning endilikda reabilitatsiya uchun harakat qilish niyatida ekanligini, shuningdek, uni ozod qilish talabi bilan ommaviy aktsiyalarga chiqqan va unga yordam bergan huquq himoyachilaridan minnatdor ekanini bildiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2022
«Eltuz» portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Surxondaryodan Bandixonning qaltis ko‘prigi “Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor ...
26 oktyabr 2018
Rossiyaning Tula viloyatida 20 oktyabr kuni 300 dan ziyod migrant shahar ko‘chalaridan harbiy asirlar kabi, bir-birining yelkasiga qo‘llarini qo‘ygancha, ...
27 sentyabr 2024
Dang‘aralik so‘kong‘ich deya xatga tushgan  fermerni  qasoskor  deb iddao qilingan prokuror qamatgani haqida oxiri yomonlik bilan tugaydigan oshkora baxti ...
21 sentyabr 2023
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari mahalliy aholi orasida “Boqqi Tarzan” laqabi bilan tanilgan lotereyachi-strimer Baxtiyorni 19 sentyabr kuni ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...