Document UZ
3 yanvar 2019

Shvetsiyada terrorga aloqador olti o‘zbekning sudi belgilandi

Shvetsiya poytaxti Ctokgolmning Solna tumani sudida terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan 6 nafar o‘zbek ustidan sud 7 yanvar kuniga belgilandi.

«Eltuz» nashri olgan tergov hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchilar Akromjon Ergashev 34 yashar, G‘ulom Tojiev 39 yashar, David Idrisson 46 yashar, Shoahmad Mahmudov Shorasul o‘g‘li 24 yashar, Baxtiyor Umarov 30 yashar, Otabek Abdullaev 39 yashardir. 

Sudlanuvchilarning besh nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, yana biri – Otabek Abdullaev qirg‘izistonlikdir. 

Shuningdek, ular Shvetsiyaning turli hududlarida – Stromsund, Ostersund, Kista, Yordbro, Sponga, Tebu tumanlarida yashashgani, ulardan David Idrisson (asl ismi Farhod Toshmuhammedov) 2008 yili Shvetsiyaga kelgach, pasportidagi ism-sharifini o‘zgartirib olgani «Eltuz»ga ma'lum (suratda chapdan birinchi).  

Shved nashrlariga ko‘ra, barcha sudlanuvchilarga «Islomiy davlat» (IShID terror tashkiloti)ga pul jo‘natmalari tashkil qilish ayblovi ilgari surilmoqda.

Abdullaev, Idrisson va Mahmudov pul jo‘natmalaridan tashqari Shvetsiyada teraktlar uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishgani, buning uchun ular portlovchi modda uchun yuz litrdan ortiq kaltsiy gipoxloriti, vodorod, kaliy gidroksidi kaliy va sulfurik kislota yig‘ishgan. Ular ratsiyalar, gazniqoblar va boshqa turli himoya vositalari, maxsus qo‘lqoplar xarid qilishgan.

Bundan tashqari, Idrisson (Toshmuhammedov) 49 gramm giyohvandlik moddasi saqlashda, Abdullaev esa qalbaki hujjatlar bilan bankda hisob ochishda ayblanmoqda. Umarov pul o‘tkazmalarida soxta grek pasportidan foydalangan.

Cudlanuvchilarning biri Mahmudov 2018 yilning sentyabrida hibsga olingan, keyinchalik sud uni qo‘yib yuborgan. Abdullaev, Ergashev, Idrisson va Umarov 2018 yilning mayidan buyon qamoqda qolishmoqda.

«Eltuz» nashri shved sudi 2018 yilning 31 may kuni terror hujumi tayyorlashda gumon qilingan to‘rt nafar o‘zbekni hibsga olish haqida qaror chiqargani haqida yozgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 mart 2021
Bir og‘aynim qo‘qqisdan men haqimda daholarcha bashorat qilib bunday deb qoldi: Kerak bo‘lsa, ming foiz kafolat beramanki, seni yurtimizda ...
31 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
15 aprel 2016
Tadbirda terrorizm, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr ...
11 mart 2023
1990 yilning 11 martida Litva parlamenti davlat mustaqilligi tiklangani haqidagi aktni tasdiqladi. 80-yillarda Boltiqbo‘yi mamlakatlarida boshlangan milliy ozodlik harakatlari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...