I qism – Mirziyoevlar oilasiga aloqador korporativ guruh davlatdan katta miqdorda sarmoya olgan
2020 yil oxiriga kelib O‘zbekistonning «Orient Group» kompaniyasi 700 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya yig‘ib, mamlakatdagi eng badavlat konglomeratlardan biriga aylandi.
Shotlandiyaning sakkizta noma'lum mas'uliyati cheklangan sherikligi bu katta pul yig‘imiga 128 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi. Yana 161 million AQSh dollarlik sarmoya “Orient Group” kompaniyasi loyihalariga faqat O‘zbekiston hukumati va Ummon Sultonligi tomonidan berilgan kapitaldan foydalanadigan investitsiya fondi boshqaruvchisi tomonidan kiritilgan.
Ushbu puldorlar guruhi O‘zbekistonda bank, mulkni rivojlantirish, og‘ir sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, logistika, yuk tashish va chakana savdo sohalarida boshqaruv lavozimlarini egallab olgan. Uning brendlari orasida, xususan, “Golden House” qurilish tashkiloti, “Makro” supermarketlar tarmog‘i va “Orient Finans” tijorat banki bor.
Prezident Karimovning repressiv davridan keyin iligan mamlakat uchun “Orient Group” Karimovning vorisi Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi go‘yoki adolatli va ochiq o‘yin maydonidan foyda ko‘rayotgan yangi to‘lqin firmalaridan biri hisoblanadi.
Ammo “Orient Group”ning jamoatchilik obro‘si ostiga bozor va hukumat portallarida tarqalgan ma'lumot parchalari ko‘mib qo‘yilgan. Ushbu parchalar birlashtirilsa, prezident Mirziyoevning oilasiga kelib taqaladigan, siyosiy jihatdan ochiq mulkchilik tuzilmasi hamda ulkan davlat sarmoyasi va bojxona imtiyozlari bilan ta'minlangan korporativ daromad fosh bo‘ladi.
Garchand noqonuniy faoliyat haqida hech qanday da'vo qilinmayotgan bo‘lsa-da, mazkur tekshiruv hukumat siyosiy homiylikdan xoli bo‘lgan ishbilarmonlik muhitini baland ovoz bilan e'lon qilayotgan bir paytda O‘zbekistonda siyosiy favoritizm haqida jiddiy savollarni o‘rtaga chiqaradi.
Korporativ hujjatlar va moliyaviy ma'lumotlarni tekshirish natijasida “Orient Group” bilan aloqador kamida 58 ta kompaniyaning o‘zaro bog‘liq tarmog‘i aniqlandi. 728 million AQSh dollari miqdoridagi kapitalli konglomeratning umumiy aktivlari milliardlab ekanini taxmin qilish mumkin.
“Orient Group”ning hozir oflayn veb saytida uchta ta'sischi ro‘yxati keltirilgan – Payzullajon Mirzaev, Dilmurod Po‘latov va Saken Po‘latov. Boshidagi ikki shaxs nisbatan noma'lum, uchinchisi katta boks va Milliy Olimpiya qo‘mitasining yuqori martabali amaldori.
“Orient Group”ning eng yirik aktsiyadorlaridan biri Oybek Umarovning ro‘yxatda yo‘qligi e'tiborga molik. Umarov – Prezident xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi bo‘lgan Otabek Umarovning ukasi.
Shuningdek, “Orient Group” veb saytida Edinburgdan Tsyurixgacha cho‘zilgan maxfiylik pardasida “Orient Group” mulkchilik tuzilmasini ko‘zdan nari qilishga yordam berib kelayotgan, Shotlandiyada tashkil etilgan sakkizta mas'uliyati cheklangan sheriklik haqida ham ma'lumot mavjud emas.
“Orient Group”ni diqqat markazida qoldirayotgan moliyaviy maydonlardan uning investitsiyalari manbai hisoblanadi.
Kapital hissalari, boshqacha aytganda, ustav kapitali – bu uning ishtirokchilari tomonidan kompaniyaga investitsiya qilingan mablag‘lar miqdori bo‘lib, buning uchun ular aktsiyalarga yoki ulushlarga egalik qilishning proportsional foizini oladi.
“Orient Group” kompaniyalariga tegishli ustav kapitalining tahlili shuni ko‘rsatadiki, Mirziyoev huqumati davrida kompaniyaning ustav kapitali deyarli uch barobar ko‘payib, sarmoyalarning aksariyati 2016 yilning 14 noyabridan 2018 yilning 12 dekabrigacha tashkil etilgan kompaniyalarga investitsiya qilingan.
“Orient Group” kompaniyasining ustav kapitali qariyb 1 milliard AQSh dollarigacha tez o‘sishini ta'minlovchi omillardan biri unchalik taniqli bo‘lmagan investitsiya jamg‘armasi – O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi bilan yaqin aloqadir.
O‘zbekiston hukumati va Ummon Sultonligi kiritgan puldan 25/75 foiz asosida foydalanilib, moliyaviy kuzatuv texnikasi yordamida 187 million AQSh dollari miqdoridagi O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi sarmoyalari hujjatlashtirilgan. Ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kuzatilgan mablag‘larning 85% dan ortig‘i “Orient Group” loyihalariga yo‘naltirilgan.
Shunga qaramay, O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi o‘zini butun O‘zbekiston bo‘ylab biznesning keng ko‘lamli rivojlanishini rag‘batlantirish uchun tuzilgan ko‘p tarmoqli jamg‘arma sifatida namoyon qiladi.
Odatda investitsiyalarni taqsimlash orqali xavfni kamaytirish o‘z mablag‘lariga yuklanadi. Bu shuni anglatadiki, agar bitta pul tikish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, jamg‘armaning umumiy moliyaviy ahvoli xavf ostida qolmaydi. O‘zbekiston-Ummon sarmoyaviy kompaniyasining asosiy sarmoyasini yuqori darajadagi siyosiy ta'sirga ega bo‘lgan «Orient Group» konglomerati loyihalariga qaratish ko‘p jihatdan xavfli strategiya kabi ko‘rinishi mumkin.
“Orient Group” kompaniyasining yana bir muhim aloqasi davlatga qarashli “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasidir. U O‘zbekistonda monopol mavqega ega. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “Orient Group”ga 29 million AQSh dollari miqdorida sarmoyani kiritish bilan bir qatorda o‘z bojxonasi orqali “Orient Group”ning og‘ir sanoat, yuk tashish va logistika sohasidagi eng muvaffaqiyatli korxonalarini rivojlantirishga turtki berdi.
Bunga misollardan biri “Metal Invent” bo‘lib, uning rahbari Zafar Mo‘minov “Orient Group”ning “The Mag” nomli biznes jurnaliga bergan intervyusida aytishicha, “kompaniya 2015 yilda tashkil etilgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” buyurtmalarini bajarish bilan shug‘ullangan”. Mo‘minov davom etadi: “O‘sha paytdagi asosiy yo‘nalishlar temir yo‘lni elektrlashtirish uchun komponentlar ishlab chiqarish va yuk vagonlarining ehtiyot qismlarini ta'mirlash edi”.
“Orient Group”ning yana bir kompaniyasi bo‘lgan “Metal-Polymer Technologies” direktori “The Mag” nashriga bergan intervyusida ta'kidlashicha, kompaniya 2015 yilda o‘z e'tiborini yuqori voltli polimer izolyatorlarga qaratgan. “Asosiy xaridorlar, – deya tasdiqlaydi Bardosh, – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekenergo» AJ hisoblanadi».
“Orient Group” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi “UzInvestigations” tomonidan yo‘llangan savollarga javob bermadi.
O‘zbekiston-Ummon investitsiya jamg‘armasi tomonidan esa qisqa javob berilgan. Jamg‘armaning investitsiya bo‘yicha direktori bunday deydi: “O‘zbekiston-Ummon investitsiya jamg‘armasi O‘zbekistonda uzoq muddatli investor hisoblanadi va o‘z investitsiyalarini tijorat asosida, ichki investitsiya siyosati va aktsiyadorlar bilan kelishilgan jarayonlar asosida amalga oshiradi”.
Bu tekshiruv turkumida misli ko‘rilmagan yorug‘lik O‘zbekistonning eng yirik konglomeratlaridan biriga yog‘ilib, o‘zining siyosiy ta'siri va “Orient Group”ni turli sohalarda yetakchi mavqega ega bo‘lishiga yordam bergan bir qator hukumat da'vogarlari haqida batafsil ma'lumot beradi.
Mazkur turkum “The Economist” jurnali tomonidan 2019 yilda “Yil mamlakati” deya e'tirof etilgan O‘zbekistonda Mirziyoev hukumatining islohotlari ortida turgan shaffof bo‘lmagan sarmoya olamiga yaqqol ko‘zgu tutadi.