Document UZ
27 yanvar 2016

Cudlanuvchilarga berilmagan ayblov xulosasi

Eltuz.com sayti, shu kunlarda shov shuvi O‘zbekistondan tashqariga chiqib, dunyo armanlarini xam xavotiriga sabab bo‘layotgan “Jizzaxlik fermer Aramais Avakyan ishi” bo‘yicha muxim xujjatni topdi.

Bu 90 varaqdan ortiq bo‘lgan Ayblov xulosasi. Ayblov xulosasi – tergov natijasida aniqlangan holatlar va ayb mazmuni bayon etilgan protsessual hujjat.

Ayblanuvchi va uning himoyachisini jinoyat ishidagi barcha materiallar bilan tanishtirib bo‘lgach, tergovchi, basharti ishni sudga yuborish uchun yetarli asoslar borligi to‘g‘risidagi fikri o‘zgarmagan bo‘lsa, Ayblov xulosasini tuzadi.

Xulosa, tanishib chiqib, imzolash uchun sudlanuvchiga beriladi. Shuningdek, ximoyachiga xam bu xujjat beriladi. Ximoyachi orqali Ayblov xulosasini sudlanuvchilarning yaqinlari xam olib tanishib chiqishlari mumkin.

Lekin, “Aramais Avakyan ishi”da bunday bo‘lmadi. Sudlanuvchilarga Ayblov xulosasining eng so‘nggi varog‘i imzolash uchungina berildi.

Ularning advokatlari xam toki sud majlisi boshlagan kunga qadar bu muxim xujjatni tergovchi va prokurordan ololmadilar.

Juda qattiq qo‘riqlanayotgan bu Ayblov xulosasini Eltuz saytining manbaalari ko‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi va endi bu “o‘ta savodli va malakali” tergovchi tomonidan tuzilgan bu xujjatni o‘quvchilar diqqatiga xavola qilishdi.

Tez kunlarda Ayblov xulosasining rus tilidagi varianti xam shu yerga qo‘yiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 yanvar 2020
Qashqadaryo viloyati Koson shahri ichki ishlar xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklangan Rustam Hamroev ikki yildan buyon adolat izlamoqda. Toshkentlik huquq ...
19 mart 2016
“Milliy tiklanish” gazetasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod bu saylovda ishtirok etishga rag‘bat ko‘rsatmaganini yoki unga faol bo‘lishga ...
18 may 2017
O‘zbek matbuoti prezident Mirziyoevning tovuq va tuxum siyosatini ulug‘lashda davom etmoqda. Hususan «Milliy tiklanish» gazetasi (17.05) Toshloqdagi dehqon xo‘jaligi ...
25 fevral 2020
Shu kuni uyquga yotish e'lon qilinganidan so‘ng taxminan tungi soat 2 gacha uxlolmadim. Antonenkoning aslida kim ekanligi haqda bosh ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...