100 millionlik «delo»larni asossiz yopgan MIB amaldorlariga jinoiy ish ochildi
MIB Zangiota tumani bo‘limi tomonidan 98,4 mln so‘mlik 435 ta ijro hujjatlari tegishli qonunlarga zid ravishda tugatilib, «MIB portali» dasturiga soxta hujjat va kvitantsiyalar, ijro ishlariga aloqasi yo‘q hujjatlar asos sifatida ko‘rsatilib biriktirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Eltuzdan Postskriptum. Oxirgi paytlarda falonchi mansabdorlar pistoncha pul mablag‘larini talon-taroj qilgani-yu, bir qop pul pora olgani haqida ko‘plab xabarlar chiqadi. Ammo sal vaqt o‘tib, shu mansabdorlarning taqdiri nima bo‘ldi ekan deb qiziqsangiz, hech balo bo‘lmagan bo‘lib chiqadi. Tirjayib yana o‘z ishini davom ettirib yurgan yoki ko‘tarilib ketgan bo‘ladi.
Bu holatdayam shunday bo‘ladi degan xavotir yo‘q emas. Tergovchi va sudyalar ikki ko‘zimiz va quloqlarimiz ularda ekanligini his qilishsin. Yopdi-yopdi bo‘lib ketsa, albatta, buni jamoatchilikka yetkazamiz. Eltuzga obuna bo‘ling. Voqealar rivojini biz bilan birgalikda kuzatib boring.