Document UZ
24 mart 2024

Krokus terakti uchun javobgarlikni IShID-K o‘z zimmasiga oldi

Moskva yaqinidagi «Krokus siti holl» kontsert zalida sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni IShIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi — IShID-Xuroson guruhi o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times nashri. Bu ma'lumotni AQSh amaldorlari ham tasdiqladi.

IShID (Iroq Shom Islomiy Davlati) saflarida yaqin besh yil ichida kamida mingga yaqin o‘zbek jangarisi bo‘lgani aytiladi. Ularning ko‘pchiligi o‘ldirilgan. O‘zbek ishidchilarning bola baqrasi Mexr deb atalgan shubhali tadbir doirasida davlat hisobidan olib kelingan edi.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, «ishidchi xotin»larning bir qismi aylanma yo‘llar orqali Misr va Turkiyaga qaytib ketgan. Ular o‘zlarining terrorchi fitratini o‘zgartirmoqchi emas.

Ayni paytda, sobiq “Azon Uz” kabi diniy kontent yaratadigan propaganda markazlari o‘zbeklarni IShIDga moyil qilish uchun tizimli ish olib borgani ortidan jangarilar qatoriga qo‘shilishni istagan «rijol»lar safi siyraklashmagan.

Eurasianet nashri  keyingi paytlarda o‘zbeklarni jangari guruhlarga yollash urinishlari avj olgani haqida maqola chop etgan edi. 

Maqolada jangari yollash Telegram messenjeri orqali olib borilgani aytiladi. 

«Islomiy davlat» ekstremistik guruhining Afg‘onistondagi bo‘limi bo‘lmish «Islomiy davlat – Xuroson» guruhiga aloqador Telegram-kanalida  yozilgan postda jangari guruh uchun jang qilib, shahid bo‘lganlarning oxirati obod bo‘lishi e'tirof etildi. Postga ilova qilingan suratda Markaziy Osiyoning zamonaviy xaritasi fonida qurol tutgan shaxslar tasvirlangan. Post ham o‘zbek lotin alifbosida, ham o‘zbek kirill alifbosida yozilgan.

Terrorchi guruh keyingi paytda O‘zbekistonda jangari yollashga qaratilgan harakatlarini kuchaytirgan.

«Xuroson ovozi» hozirda «Islomiy davlat – Xuroson» guruhi tashviqotini tarqatib kelgan «Al-Azaim Media» bilan hamkorlik qilmoqda. «Al-Azaim Tojikiy» tojik tilida kontent yaratgani kabi, «Al-Azaim Media» o‘zbek tilida ham original, ham tarjima qilingan bosma, audio va video materiallarni hozirlamoqda.

Guruh kontenti nafaqat Tolibonga, balki Markaziy Osiyo hukumatlariga qaratilgan. Darhaqiqat, «Xuroson ovozi» guruhi tez-tez O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni nishonga oladi. «Al-Azaim Tojikiy» esa Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni nishonga olib keladi.

Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin, Markaziy Osiyo yetakchilariga bo‘lgan e'tibor yanada kuchaydi.

Eurasianet nashri ta'kidiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston Tolibonning Markaziy Osiyodagi yagona «do‘sti»dir.

«Islomiy davlat – Xuroson» guruhiga aloqadir yana bir Telegram kanal – «Tawhid News» O‘zbekiston Tolibonga o‘zini himoya qilish uchun pul to‘layotganini aytib, Tolibonning Toshkentga tashrifni tanqid qildi. «Islomiy davlat – Xuroson» guruhining ayrim tarafdorlari Tolibon o‘zini musulmonlardek ko‘rsatayotganini aytishadi.

Bir necha kundan keyin «Xuroson Ovozi» guruhi «Tushuning, ummatga sherlar kerak!» deb yozdi. Postga pichoq tutgan «Islomiy davlat» jangarisi surati ilova qilindi. Kanalda avvalroq ulashilgan audiomurojaatda Markaziy Osiyo musulmonlari «xalifalik safiga qo‘shilib, O‘zbekiston, Tolibon va ularning g‘arblik xo‘jayinlariga qarshi jihod qilishga» chaqirilgan edi.

Tarmoqlarda G‘arb va AQShni haqorat qilayotganlar «Tawhid News»ni o‘qib miyasi zombi bo‘lgan rijollardir.

Eurasianet nashri xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda IShID uchun jangari yollashga qaratilgan harakatlar yaxshi (tizimli) tashkil etilgan.

«Xuroson ovozi» guruhi harbiy xizmatga kirish haqidagi savollarga javob berish va qiziqqan shaxslarni Afg‘onistonga chaqirib olish va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan shaxslar bilan bog‘lanish uchun maxsus Telegram hisoblarni yaratgan.

«Xuroson ovozi» guruhi mavjud Telegram-kanallari bloklansa, tezda yangisini ochadi. Guruh O‘zbekistonni jangari yollash uchun qulay zamin deb biladi va Toshkentdagi hukumatni Islomga zid, Tolibon tuzumini esa global islom oilasi manfaatlariga putur yetkazuvchi millatchi pushtun harakati sifatida tanqid qilib keladi.

«Xuroson ovozi» tarafdorlarining fikricha, bunday vaziyatda Markaziy Osiyo musulmonlari Tolibonga va o‘zlarining dunyoviy hukumatlariga qarshi kurashishga majburlar.

«Xuroson ovozi» guruhi «Al-Azaim Media» bilan hamkorligi tufayli ko‘p sonli obunachi to‘plamoqda.

Eurasianet nashrining ishonishicha, o‘zbeklar IShID uchun potentsial va IShID propaganda mashinasi  «Xuroson ovozi» o‘zbeklarni radikallashtirishda muhim o‘yinchiga aylanib bormoqda.

Eltuz radikal diniy ekstremistik kuchlar faoliyatiga oid tahlilini davom ettiradi. Kanalimizga obuna bo‘ling, layk bosing, raxmat tugmachasini bosib qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2022
Internet texnologiyalari hayotimizni tez o‘zgartirmoqda: qaerda bo‘lmasin, ular bizga axborot olish, ma'lumot almashish va muloqotga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu ...
20 fevral 2023
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.  ...
21 mart 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo va Samarqand ...
21 oktyabr 2020
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Enter Engineering Pte.Ltd” zavodi ishchilari 21 oktyabr tongida g‘alayon ko‘tarib, zavod ma'muriy binosini ostin-ustun qilishdi. ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...