Document UZ
23 may 2015

A'zam Farmonov: Qamoqdan maktub

  1. O‘zim haqimda ma'lumot
  2. Nodemokratik rejim
  3. Murojaat huquqi
  4. Demokratik tuzum va siyosiy qarashlar

Janob Bosh Kotib!

Men Formonov Azamjon Turg‘unovich 1978 yil tug‘ilganman. 2001 yildan O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati Sirdaryo viloyati bo‘limi raisiman. Menga 2006 yilning 2 may kuni qamoqqa olish O‘zbekiston Respublikasi JKni 165-moddasi bilan jinoyat ishi ochdi va 2006 yilni iyun oyida Yangier shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etildim. Sud davomida mening barcha qonuniy talablarim sudga qadar barcha tergov xarakatlari noqonuniy bo‘lib o‘tdi. Sud zalida o‘z huquqlarimni talab etishim, ochiqchasiga sud zalida mening ishtirokimsiz bo‘lib butunlay noqonuniy tarzda o‘tdi. 2006 yilning 17 iyul kuni 71 sonli manzil koloniyasi ya'ni Jasliq qamoqxonasiga olib kelishdi. Bu yerda meni shafqatsiz ruhiy va jismoniy qiynoqlar ostida kutib olishdi. Bu shafqatsiz ruhiy va jismoniy qiynoqlar muassasa boshlig‘i yordamchilari va ularni qo‘l ostidagi xodimlar tomonidan amalga oshirildi. Meni 35 kun davomida karantin holatida ushlab tinimsiz ruhiy va jismoniy qiynoqlar bilan ushlashdi. Karantindan chiqgach bir necha bor izolyatorga (intizomiy bo‘linmaga) tashlab menga shafqatsiz jismoniy va ruhiy qiynoq o‘tkazishdi. Bir necha bor insonparvarlik akti amnistiyadan mahrum etib doimiy ravishda menga nisbatan ruhiy va jismoniy qiynoqlar ostida ushlab kelmoqda.

Jasliq qamoqxonasida mahkumlarning umuman murojaat huquqlari yo‘q. Ariza shikoyat va boshqa barcha huquqlarini ochiqchasiga paymol qilishmoqda. Muassasa ichki kun tartibi faqat mahkumlarga ruhiy va jismoniy qiynoqlar qo‘llash uchun muassasa ma'muriyati tomonidan bir tomonlama joriy etilgan.

Muassasa ichki kun tartibiga binoan hohlagan mahkumni muassasa ma'muriyati xodimlari qoida buzar sifatida ayblashi va uni izolyatorga qamab hohlagancha ruhiy va jismoniy qiynoqlar o‘tkazish huquqini beradi.Bu rejim shu darajada tuzilganki uning biron bir holati demokratik tuzumga javob bermaydi. Ertalabki uyg‘onish, badantarbiya, nonushta maxkumlar sayr qilishi barchasi qattiq baqir-chaqir va ruhiy bosim ostida amalga oshiriladi. Mahkumlarni yeb-ichishi va kiyim kechaklari o‘ta xarob ahvolda. Televizor va radio tinglash ham ruhiy qiynoq ostida amalga oshiriladi. Mahkumlar qish kunlari -42-40 li sovuqda ham majburan sayr qilishadi. Ma'muriyat vakillari paxtali shim va issiq kiyimlar kiyib mahkumlarga esa yupqa kiyim bosh berib qiynoqqa solishadi. Juda ko‘p mahkumlar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat Ijroiya kodeksi, Jinoyat Protsessual kodeksi bilan bog‘liq huquqlaridan mahrum bo‘lib yashashadi. Mahkumlarning oila a'zolari uchrashuvga kelganda ham haftalab 10 kunlar ba'zan 1 oy davomida navbat kutib o‘tirishadi. Ular uchun sharoit chidab bo‘lmas darajada. Xal.Q.Xoch qo‘mitasi a'zolari ham mahkumlar bilan erkin gaplasha olmadilar. Chunki muassasa ma'muriyati tomonidan qilinayotgan jinoyatlar bunga aslo yo‘l bermaydi. Posilka yoki yo‘qlov berish tartibi ham ruhiy bosim ostida ya'ni uydan kelgan mahsulotlar qasddan titib ayrimlari umuman o‘z egasiga berilmaydi. Turli bahonalar bilan.

Muassasada siyosiy mahkumlar soni juda ko‘p. Shu tufayli barcha ishlarni amalga oshirish puxta reja asosida amalga oshiriladi. Bu yerdagi jinoyatlar shu darajada ko‘pki sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘rilik, odam o‘ldirish, badanga qasddan shikast yetkazish va boshqalar…

Muassasa ma'muriyati O‘zbekiston qonunlarini buzish va oyoqosti qilish bilan birga Demokratik tuzumga qarshi urush e'lon qilgandek ish tutmoqda. Bu ishlar zamirida O‘zbekiston Prezidentini behurmat qilish, O‘zbekiston hukumatini xalqdan yiroq ekanligini ko‘rsatish. Demokratik tuzumni noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishga xarakat qilmoqda. Har bir mahkum va uni ortida 100 lab yaqinlari bor. Ular bu yerdagi adolatsizlikdan qanday xulosaga kelishi mumkin. Yuqoridagi holatlarni barchasi kim tomonidan joriy etilyapti. 8 yarim yil meni bu qamoqxonada o‘tirishim bu holatlar bo‘yicha murojaat qilib bo‘lmaydi. Chunki murojaat huquqi yo‘q. Murojaat qilganda ham hukumat prezidenti qo‘liga yetib bormaydi. Shu tufayli siz va siz orqali O‘zbekiston Prezidentiga va hukumatiga murojaat etmoqdaman. Bu yerdagi jinoyatlar go‘yoki yuqoridan buyruq ostida amalga oshirishmoqda kabi qarashlarga sabab bo‘lmoqda. Meni ishochim komilki bu holatlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti befarq qaramaydi va bu qamoqxonada demokratik rejim o‘rnatiladi va mahkumlarni murojaat huquqlari to‘liq ta'minlanadi. Hukumat va prezident sha'nini oyoq osti qilishga uringanlar ayovsiz jazosini oladi. Men o‘z fuqarolik burchim va huquq himoyachi sifatida balki bu so‘nggi murojaatim bo‘lishi mumkinligini va meni o‘z himoyalaringizga olishlaringizni so‘rab

A'zamjon Formonov

Tag‘in o‘qing
29 iyul 2018
O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon o‘zbek turmasidagi hayotiga bag‘ishlangan birinchi kitobini ...
18 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlaridan ...
8 iyun 2022
Xorazmning Urganch shahridagi rus tiliga ihtisoslashtirilgan maktabda shu maktab direktorining rus tilidagi ohangi tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Eltuz” muxbirining ...
3 oktyabr 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...