O‘zbekistonda paxtaga majburlash jinoyatga tenglashdi!
O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi tarqatgan, “Paxta – rizq-ro‘zimiz!” sarlavhali varaqada jumladan quyidagi so‘zlar yozilgan.
Paxta yig‘im terimi jarayonida majburiy mehnat holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi – ogoh bo‘ling!
Majburiy mehnat holatlari qonunga zid hisoblanadi hamda ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Majburiy mehnat, ya'ni biron bir jazoni qo‘llash bilan tahdid solish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi!
Shunday salbiy holatlar guvohi bo‘ldingizmi? Darhol xabar qiling!
Murojaat uchun ishonch telefonlari:
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi 1092
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Davlat mehnat huquq inspektsiyasi 0(371) 200-601
Internetdagi sayt: www.fbm.uz