Asosiy mavzular
24 avgust 2023

O‘zbekistonda amaldorlar almashdi, rus bosh jangarisi o‘ldirildi -600’51

Toshxo‘jaev Doniyor Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Hozirgacha mazkur lavozimda bo‘lgan Ulug‘bek Tursunov Ichki ishlar vazirligining 7-bo‘limiga boshliq etib tayinlangan.

Bungacha Doniyor Toshxo‘jaev bungacha Farg‘ona viloyati IIBB boshlig‘i, IIV Tergov departamenti boshlig‘i lavozimlarini egallagan. 

+++

Shuningdek 17 avgust kuni Prezident Adminstratsiyasi rahbari yordamchisi Bekenov Sunnatilla Xusanovich lavozimidan ozod etildi.

+++

16 avgust kuni Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xatirchi tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu tumanning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hokim o‘rinbosari Yarashov Abbos Akbarovichni ishdan oldi.

32 yashar Yarashov Abbos bundan taxminan 3 yilcha oldin narkotik modda iste'mol qilib, rulda uxlab qolishi oqibatida Oqtosh shahridan  Mirbozorga ketish yo‘lida avariya sodir qilib, 3 ta odamning hayotdan bevaqt ketishiga sababchi bo‘lgandi. Uni yaqindan taniydigan Eltuz manbalariga ko‘ra, avtohalokatda oyog‘i qattiq lat yegan Abbos Yarashov bir muddat hibsda yotdi.

Shuningdek, Abbos Yarashov ish faoliyati davomida o‘zining birga o‘qigan sinfdoshi Xatirchi don mahsulotlaridan Xudoyshukurov Ibrohim bilan til biriktirib fermerlardan tsentnerini (plan)  pasaytirib berish evaziga, tonnalab bug‘doyni pora sifatida olib kelgani aytiladi.

+++

Toshkentning O‘rikzor bozorida viloyatliklarni ovlash boshlandi

23-avgust kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani O‘rikzor bozori hududida o‘ndan ziyod ichki ishlar xodimlari qandaydir tushunarsiz reyd o‘tkagan. 

Xuddi Karimov davrida bo‘lganidek, bozor hududida yurgan shaxslar hujjatlari tekshirilib, asosan viloyatliklarni avtobusga tiqib olib ketganlar. 

Bir kunning o‘zida bunday reys uch marta o‘tkazilib, uch avtobus yoshlar ichki ishlar bo‘linmalariga olib ketilgan. 

«Bizning tuzumimiz yana Karimov davridagidek holatga qaytishidan xavotirdamiz. Nahotki biz o‘z yurtimizda  shunday xo‘rlansak,» dedi Eltuzga shikoyat qilgan guvohlardan biri.

+++                                           

Suratda Toshkent shahri Yashnobod tumani Tuzel (3-bekat) metro bekatiga o‘ng tomondan ya'ni, katta yo‘l (Korzinka tomon) dan o‘tishdagi piyodalar yo‘lagi.

Yo‘lning metro bekatining kirish qismiga o‘tadigan bo‘lsangiz, metroga piyoda sifatida yo‘l qoidasining qaysi amalini to‘g‘ri bajarishni bilmay qolasiz.

Metroga kiraverishda piyoda va transport vositalari harakatini tartibga soluvchi biron belgi mavjud emas.

Eltuzga ushbu suratni yuborgan obunachiga ko‘ra, bu yerda ham piyodalar yo‘lagi bo‘lishi zarur.

«Bu yo‘lda katta yoshli kishilar mashinalarga qarab vaziyat bo‘yicha o‘tishi mumkindir. Lekin ular ham har tomondan kelayotgan transport vositalariga duch kelib, dovdirab qolishi oddiy holat,» deydi u.

Obunachiga ko‘ra, yangi o‘quv yili boshlansa, metrodan foydalanuvchi minglab yoshlar qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

+++

Ko‘rayotganingiz, O‘zbekiston Temir Yo‘llariga qarashli lokomotiv. Ushbu suratni yo‘llagan Eltuz insayderiga ko‘ra, lokomotiv Toshkent aeroporti yaqinida ta'mirlanayotgan ko‘prik ostida shikast yegan. Mashinistga nima bo‘lgani noma'lum. Hodisa borasida Eltuz qo‘shimcha ma'lumotga ega emas. So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Temir Yo‘llarida favqulodda hodisalar ko‘paydi. Ko‘prikning qulashiga olib kelgan o‘g‘irliklar yuzasidan yaqinda uchta qurilish amaldori qamalgan edi.

+++

Sirdaryo viloyat Shirin Issiqlik Elektr stantsiyasida ishlayotgan o‘nlab ishchilarga oylik vaqtida berilmayotir. Eltuzga Sirdaryo viloyati Shirin Issiqlik Elektr Stansiyasida ishlayotgan O‘zbekiston vatandoshi murojaat qilib, 40 kun deganda 15 kunlik maoshni “zo‘rg‘a” olgani, qolgan 15 kunlik maosh berilmayotganidan shikoyat qildi.

+++

Shovot tumanida esa tuman hokimi Eltuzga shikoyat qilganlarni qidirmoqda. Tumanda tashkilot rahbari bo‘lib ishlaydigan mansabdor shaxsning Eltuzga yozishicha, Shovot tumani hokimi Odilbek Ortiqov majlisda gapirgan.

Uning bildirishicha idora raxbarlari Eltuzga yozishga qo‘rqib qolishgan, chunki tuman hokimi barcha tashkilot rahbarlarini tuman prokuraturasiga chaqirtirib, telefonini tekshirmoqda.

“Tumanda vaziyat juda jiddiy, chunki tashkilotlarga aloqasi bo‘lmagan topshiriqlar berilyapti. Masalan, Urganch-Shovot yo‘lini obodonlashtirish, Idaliqal'a MFYdagi xonadonlarni bo‘yash, maktablar hojatxonalarini yangidan qurish, turar joyimizga quyosh paneli o‘rnatish, Uzun ko‘l MFYdagi Qo‘shko‘pirlik tadbirkor qurayotgan domlarga klient topish va tashkilot xodimlarini uy joyini xususiylashtirish kabi topshiriqlarni berib, har kuni tuman hokimligida majlis o‘tkazadi, «razbor» qiladi.

Bu topshiriqlar hammasi mablag‘ bilan bog‘liq, maoshimiz uygacha yetib bormayapti. Odilbek Artiqov hokim yordamchilariga nimaga meni Eltuzga chiqardingizlar deb, urush ochgan va har kuni razbor” deya yozadi Eltuzga Shovot tumanidagi tashkilot raxbari.

+++

Eltuzga ikki nafar o‘g‘lini ayovsiz haqorat qilib, do‘pposlayotgan navbatdagi ayol videosi yetib keldi. Hodisaning Xorazm viloyati Shovot tumanida yuz bergani taxmin qilinmoqda. Eltuz boshqa ma'lumotga ega emas. O‘zbekistonda bola huquqini kuchaytiradigan qonunlar qabul qilinishi kerak. Zolim ota va onalardan farzandlari olib qo‘yilishi kerak.                                                                                

+++

Toshkentda Rossiya imperializmi ramzi bo‘lgan Z belgisini mashinasiga yopishtirib yurgan putinoid ushlanib, ogohlantirildi. Unga, shuningdek, O‘zbekiston Rossiya emasligi va bu mamlakatda Ukrainaga qarshi targ‘ibotlar olib borilmasligi tushuntirilgan! Mashinasidan Z belgisi olib tashlangan! Bundan avval,  15-avgust kuni, Toshkentdagi Tezikovka bozori yaqinida olingan fotosuratni Eltuz o‘zining telegram kanalida chop etgan. Shaxsiy uydan Ukraina bayrog‘ini yulib olishga kuchi yetgan Ichki ishlar vazirligi Rossiya bosqinchilari ramzi bo‘lgan Z ni mashinasiga yopishtirib olgan putleroidga qarshi chora ko‘rishga ham o‘zida kuch topa oladi deb umid qilgan edi.                                                                                                                                        

+++

«Vagner» shirkatiga yaqin Telegram kanallari Yevgeniy Prigojinning samolyoti Tver viloyatida Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani haqida xabar qilmoqda.

Rosaviatsiya ushbu samolyot yo‘lovchilari orasida Prigojin bo‘lganligini ma'lum qildi. Qo‘shimcha qilinishicha, samolyot ichida jami 10 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Bir qator rus Telegram kanallariga ko‘ra, Yevgeniy Prigojin o‘lgan. Bunga sabab sifatida, Tver viloyatidagi aviahalokatdan keyin u bilan bog‘lanib bo‘lmayotganligi ko‘rsatilmoqda.

Aytilishicha, qulagan samolyot ichida Prigojinning o‘rinbosari, taniqli «kallakesar» Dmitriy Utkin ham bo‘lgan.

+++

O‘zbek adibi Nobel mukofoti olishi mumkin. Katta ehtimolda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlarning 2023 yilgi ro‘yxatida o‘zbek yozuvchisi bo‘ladi. O‘zbekiston tashqarisida tug‘ilgan bo‘lsa, Britaniya vatandoshi bo‘lsa ham, bu odam – g‘irt o‘zbek. Shoir, romanist, jurnalist va amaldor Hamid Ismoil Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yhatiga navbatda turibdi.

+++

Italiyalik mashhur qo‘shiqchi va bastakor Toto Kutuno vafot etdi. Jahonga mashhur musiqachi 22-avgust,  seshanba kuni avvalroq kasalxonaga yotqizilgan Milandagi San-Raffaele kasalxonasida vafot etdi.  Kutuno 80 yoshda edi. 

Salvatore Kutuno (rassomning haqiqiy ismi) 1943 yil 7 iyulda Italiyaning Fosdinovo kommunasida tug‘ilgan. 1960-yillarda u musiqiy faoliyatini boshladi. Dastlab barabanchi bo‘lgan, keyin jazz va pianino chalishga qiziqib, o‘z qo‘shiqlarini yozishni boshlagan. Turli guruhlarda qatnashganiga qaramay, Cutugno yakkaxon ijrochi sifatida dunyo miqyosida shuhrat qozondi. U San-Remo festivalida 15 marta ishtirok etgan.  Litaliano qo‘shig‘i uning eng katta xitiga aylangan. Kutuno, shuningdek,  Adriano Chelentano, Jo Dassin,  Dalida va boshqa ko‘plab musiqachilar bilan hamkorligi bilan mashhur. 1990 yilda Kutugno Zagrebdagi «Yevrovidenie» tanlovida g‘olib chiqqan edi.

+++

Bu 600 sekund edi. Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
12 fevral 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 43-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) MOSYo TEST BILAN ...
15 fevral 2022
Eltuzga 10 fevral kuni tasvirga olib yuborilgan videoda Qashqadaryo viloyatning Qamashi tumani Tolli qishlog‘ining loyli ko‘chalari aks etgan. «Shu ...
25 dekabr 2023
Toshkent shahar IIBB tarqatan rasmiy xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaevning ...
4 yanvar 2018
So‘nggi ikki hafta ichida mamlakat viloyatlari bo‘ylab jami 54 ta militsiya postlari tugatildi. IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, tugatilgan postlarning, ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...