Document UZ
2 oktyabr 2015

Maloxat Eshonqulova. Ozodlik radiosiga berilgan intervyu

Xozarasp tumanining Sanoat qishlog‘ida Sanoat xo‘jaligining paxta dalasida joylashgan shiyponida bo‘ldik. U yerda qishloq xo‘jaligi kolleji talabalari joylashtirilgan ekan, yotoq sifatida ularga berilgan ekan. Ikkita yigit turib o‘choqda choy qaynayotgan ekan.

Biz o‘quvchilar bilan suxbatda bo‘ldik. Nixoyatda qisqa va niqoyatda tezkor. Undan keyin bog‘chada yotgan qishloq xo‘jaligi kolledjining qizlari bilan gaplashdik. Ular bu yerda qanday sharoitda yotib paxta terishayapti, rejalari qancha, ular bilan rasmlarga tushdik, fotolarga oldik, videotasmalarga oldik.

U yerdan keyin suvchilar uyida, dala boshida joylashgan maishiy ta'minot kolledjining talabalari suxbat jarayonida, ikkita Neksiya rusumli mashinasida fuqoro kiyimidagi odamlar kelib (faqat bittasi militsiya formasida edi) juda tez harakat qilib, biz kutmagan edikda, ular kolledj o‘kituvchilari deb edik.

Bizga tezkorlik bilan yopishib qo‘limizdagi fotoapparatlarimizni olib, fleshkalarimizni olib, mashinalarga tiqishdi, qo‘llarimizni qayirib. Nogoxon kutilmagan xolda. Meni achintirgan narsa shu bo‘ldiki, bizni kuzatib olib borgan maxalliy axolisining vakilining 23 yashar ugli bor edi. Otasi bilan mashinada o‘tirgan edi. Mashina rafga o‘xshagan.

O‘shani ham qo‘lini qayirib olib ketishdi, uni kuch ishlatish jaraenida boshidan jarohat olib peshonasidan qon oqib ketdi. Yelena Urlaeva talab qildilar “Skorыy chakiringlar tibbiy yordam ko‘rsatinglar” deb lekin tibbiy yordam ko‘rsatilmadi.

Bizni ertalab. 29 sentyabr soat 8 da Xazorasp tumani ichki ishlar bo‘limiga olib ketishdi. Fukoro kiyimidagi yigitlari keyin bilishimizcha jinoyat qidiruvi tezkor guruxinig xodimlari ekan. O‘shalar xech qaysisi o‘sha.. to‘g‘ri mamlakatda militsiya to‘g‘risida qonuni yo‘q. Lekin, ichki ishlar vazirligini ichki mexnat tartib qoidalariga ko‘ra avval hujjatlarini ko‘rsatib. Oldin taklif qilib ko‘rishi kerak. Keyin biz qarshilik ko‘rsatsak, ular kuch ishlatishi to‘g‘riroq bo‘larmidi istixolaga bordimda. O‘rtada bola jaroxat olib qoldi.

Bizni ertalab 8 dan…14 soat ushlab turishdi. Har birimizni alohida-alohida xonalarda ushlab turishdi. Shaxsan meni tuman ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘ini birinchi urinbosarining xonasida. Yelena Urlaeva alloxida. Bizga hamroxlik qilgan xaydovchinini alloxida xonada, uglini alloxida xonada ushlab turishdi.

14 soat davomida meni 3 odam tergov qildi… 13 soat davomida tergov kilishdi, agar 14 soat utirgan bo‘lsak. Shularning bittasi bilishimcha, ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘iningg urinbosari ekan. Bittasini Otaboy dedilar. Bittasining ismini Farrux deb murojjat qildilar. Ular bizga uzlarini tanishtirganlari yo‘q. Ular hammasi fukoro kiyimida. Bir-biriga murojjat qilganidan bildik.

Ular bizga Vatanni sotish bilan shug‘ullanayapsizlar degan ayblov kuyildi. Xush nima qildik Vatanni sotish bilan? Biz emas, mana ijtimoiy ta'minot vazirligi xukuk inspektsiya va respublika kasaba uyushmalarining federatsiyasi bilan hamkorlikda, majburiy mexnat jalb kilish namakomiy xolat ekanligi xakida varakalar chikarayapti, xalkga murojaat qilayapti. agar bunday xolatlarni guvoxi bo‘lsangiz telefonlarga xabar beringlar deb ogoxlantiriyaptilar. Mamlakat buyicha shunday jaraen tadbir etilayapti xaetga.

Yo‘q siz Vatan xoini…Vatanga kim xoinlik qilayapti, bizmi yoki sizlarning xatti harakatlaringizmi?

Yo‘q, sizlar yashirincha saharda bordinglar. Saharda nima uchun (bordik), ularni yotogi bilan tanishishga, paxtaga chikib ketmasidan, ovkatlanish sharoitlarini ko‘rishga bordik

Shunaka savol-javoblar bo‘lishi jaraenida, bilasizmi, biz uchun taxkirli xolat shu bo‘ldiki!

Ushlab utirishganidan 3 soatdan keyin ichki xodimlari ichki ishlar idorasiga tumandan ginekologni boshlab kelishdi. Mexrinisso Shokirova degan ginekolog vrach bir ayol bilan o‘sha ichki ishlar idorasiga kirib keldi. Va Yelena Urlaeva bilan.. endi bilasizmi ular bizdan fleshka kidirishdi, uni topaolmagandan keyin. Shuni alamiga ginekolog vrachni boshlab kelishdi.

Ginekolog ko‘rsatuvidan utkazib, yakobы biz ular topa olmagan fleshkani bachadonimizga yashirgan ekanmiz! O‘sha yerdan kidirar emish. Men aytdim axir u texnik asbob bo‘lsa, sal nam tushsa yoki suv tegza u ishdan chikib musorga aylanadiku. Uni u yerdan kidirish aklga sigmaydiku. Deganim bilan ular kulok solmadi.

Keyin men Mexriniso opadan ginekologdan iltimos qildim- Opajon bo‘lar erkak kishi, siz ayolsiz, men ham ayolman, Bu yerda infektsiya bo‘lishi mumkin bu tibbiet etikasiga mutlako zid, iltimos, bizni ginekologiya kabinitiga, yoki tugrugxonaga olib keting va ayollar kreslosida kurikdan utkazing, biz rozimiz iltimos, uyat bo‘lib ketyapti desam.

-Siz xecham xijolat bo‘lmang, biz shunday jaraenlarga kunikib ketganmiz, uzok davom etmaydi, uzogi bilan 2- 3 minutdan sung kurikdan utkazamiz..

Va kaerda? To‘g‘ridan to‘g‘ri stulda.

Keyin meni yechinishni buyurishda, kanday tugilgan bo‘lsangiz shunday xolatda.

Ginekolog bilan kirgan ayol mening yechgan ustu boshimni har birini chok-chokigacha tekshiruvdan utkazdi.

Ginekolog vrach esa mana ayollarni kanday ginekolog kurikdan utkazadigan bo‘lsa, birinchi tibbiy asboblar yordamida, oynacha urnatilgan asbob yordamida tekshirib kurdi. Keyin perchatka kiygan kuli bilan tekshirib kurdi. Keyin ichki ishlar xodimlariga:- vse chestno xech narsa yo‘q, sizlar kidirgan fleshka topilmadi, dedi

Men aytdim, bizni ushlash chogida kulimdan fotaaparatni tortib olib. Chuntagigizdan narsalarni oling dedidar, chuntagimda adapterli 3 fleshka olib kuyishgan ediku. Menda fleshka nima qiladi, fleshkam yo‘q. shunday chikarib berdimku dedim. Urlaevada ham shunday xolat sodir bo‘lgan. Bitta ayanchli jixati mana shu!

U yerda infektsiya bo‘lishi mumkin. E..xa ya na bitta narsani ta'kidlashim kerak. Ular bizni.. endi kechirasiz, shariatda sharm yo‘q degandey, aytishga majburman. Bizni bachadonimizni ko‘zdan kechiraetgan analiz uchun bir narsalar olib maxsus tsellofanlarga joylab olib ketishdi. Uz asbolbari bilan bizning organizmimizga nima solishdi, organizmimizdan nima olishdi. Bu xakda ma'lumot yo‘q. Vaxolanki, salomatlik bizniki. Endi kanday qilib ginekolog vrach deb aytish mumkin, to‘g‘ridan to‘g‘ri ayol kishini ginekolik jixatdan ichki ishlar boshlig‘i urinbosarining xonasida stolini ustida kurikdan utkazsa? Odamni bundan ham ortik taxkirlash mumkinmi, ayol kishini?

Men bilasizmi? Bir narsaga e'tibor kilishingizni surar edim. Mana ginekologik kurigida ham, bizni onadan yalongoch qilib tekshirgan takdirda ham, chok chokigacha, har bir usti boshimizni xatto ichki kiyimlargacha., bizdan fleshkalarimizni topa olishmadi, tasvir olingan fleshkalarni. Nima uchun? Endi men, bitta sirni ochishga majburman.. Chunki maxalliy axoli bunday adolatsizlikdan tuyib ketganligini uz xaetiy tajribamdan isbotlab bermokchiman. Maxalliy axolidan iltimos qildikda. Biz tasvirga olib yurganimizda. Ichki ishlar xodimlari napadenie qilganda, bizdan fleshkalarimizni olib kuyishadida, hammasini uchirib tashlashadi, shunday paytlarda fleshkalarimizni saklab kolishimiz kerak, bizga yordam bering

Maxalliy axolisidan biri rozi bo‘ldi. Xavfsizligi uchun uning kimligini aytmadim. Ular biz bilan yurmadi, biz bilan izma-iz yurib. O‘sha bizga napadenie kilishganda, fotoapparatdan fleshkani olib, prozrachnыy tsellofanga solib, otvordimda utlar orasiga. Keyin uzimni kulimni kayirib olib ketishdimi? O‘sha fukaro kurib turibdiku, ukuvchilar orasida turib, man nimani otvorganimni. O‘sha fleshkalarni olib, kechgacha saklab berdi. Bizning fleshkalarimizni ichki ishlar xodimlari oldi, chuntagimizdan. Tasvirlar borini maxalliy axolini uzi asrab berdi.

Demokchimanki, bizdan maxalliy axoliga foyda yo‘q. Lekin axoliga maxalliy xokimiyatdan, ichki ishlar yoki proquraturadan foyda bo‘lishi mumkin. Agar o‘sha fleshkani bizga emas, ularga yetkazib berganida.ma'lum mikdorda naf kurarmidi? Lekin nima uchun ular bunday kilmadi? Nima uchun fleshkamizni ko‘z qorachig‘iday saqlab, bizga berishdi? Mana gap qaerda! Demak adolatsizliklar bo‘g‘ziga kelgan aholining, o‘zbek xalqining…

(ovoz rasshifrofkasi)

www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2024
Bugun o‘zbekistonlik professor olim va muxolifat arbobi Botir Norboev vafot etgan kun. U 2019 yilning 24 fevral kuni 72 ...
14 noyabr 2017
2017 yilda G‘arb davlatlarida o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilgan turkum teraktlar o‘zbeklarning radikallashuvi muammosiga e'tibor qaratdi. «31 oktyabrda Nyu-Yorkda piyodalarni ...
22 noyabr 2023
Eltuz portaliga yo‘llangan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Qashqadaryo ...
29 iyun 2021
O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi. ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...