Asosiy mavzular
28 fevral 2018

Inoyatovlarning Sankt-Peterburgda qancha mol-mulki bor?

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, qo‘li uzun Rustam Inoyatovning o‘g‘liga tegishli ko‘chmas mulklar haqida Open Source Investigations (OSI) onlayn nashri jurnalistlari navbatdagi surishtiruvni e'lon qildi.

2017 yilning sentyabrida huquq himoyasi tashkilotlari MXX raisi Rustam Inoyatovga moliyaviy sanktsiyalar va viza cheklovlari qo‘llashni so‘rab AQSh hukumatiga murojaat qilishgan edi. 2018 yilning 31 yanvariga kelib esa Inoyatov ishdan bo‘shatildi.

Biroq bundan uning biznes saltanatiga deyarli putur yetmadi.

Qudratli otaning boy o‘g‘li

Open Source Investigations (OSI) jurnalistlari surishtiruviga ko‘ra, Rustam Inoyatovning o‘g‘li va yaqin oila a'zolari butun dunyo bo‘ylab qimmatbaho ko‘chmas mulklarga ega va ular turli shirkatlarga moliya yotqizishgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bitirgan Sharif Inoyatov MXX generali Rustam Inoyatovning o‘g‘lidir. U iqtisod fanlari bo‘yicha ta'limni horijda, jumladan, Qohiraning Al-Azhar universitetida oldi.

Bundan tashqari, u otasi bilan Milliy xavfsizlik xizmatini oilaviy biznesga aylantirdi, deya yozadi xalqaro jurnalistlar guruhi.

«Eltuz» nashri guruh surishtiruviga tayanib, Sharif Inoyatovning Avstriyaga mo‘maygina mablag‘ kiritgani, Venada ko‘p millionli qasrga ega bo‘lgani, shuningdek, Rossiyaga O‘zbekistondan meva-sabzavot yetkazib berishga ixtisoslashgan Uzgardens shirkatiga egalik qilishi haqida yozgan edi.

Inoyatovlar oilasining Rossiyadagi biznes manfaatlari esa keng miqyosli va juda ko‘p sohani qamraydi.

Inoyatovlarning Neva xiyobonidagi ofisi

2014 yilning 13 aprelida Sharif Inoyatov va uning ikki ish hamkori Sankt-Peterburgda «Neva Alyans Grupp» (Neva Alyans Grupp) mas'uliyati cheklangan shirkatini tashkil qilishadi.

Rustam Inoyatovning o‘g‘li shirkatning 50 foiz, uning hamkorlari Ravshan Ubaydullaev va Baxtiyor Fozilov esa 25 foizdan ulushga egalik qilishadi.

Asosiy faoliyati ko‘chmas mulk sarmoyalariga egalik qilish va boshqarish bo‘lgan «Neva Alyans Grupp»ning ustav jamg‘armasi 7 million dollarga teng. Birgina Sharif Inoyatovning o‘zi shirkatga 3,5 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan.

Shirkat ofisi Sankt-Peterburg shahrining tarixiy markazida, Neva prospekti, 104 A manzilda joylashgan. Sankt-Peterburgning bosh xiyoboni bo‘lgan Neva prospekti Rossiyaning eng mashhur bulvarlaridan biridir.

«Metkem» – yana bir yirik shirkat

Sharif Inoyatov nazoratidagi yana bir shirkat – «Metkem» (Metkem) kompaniyasi ham o‘sha manzilda joylashgan va u to‘lig‘icha «Neva Alyans Grupp»ga tegishlidir.

«Metkem» shirkati ustav kapitali ham 7 million AQSh dollari miqdorida bo‘lib, u Sankt-Peterburgdagi yirik qurilish shirkatidir.

Rustam Inoyatov ortiq O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati rahbari hisoblanmaydi. Biroq uning keng miqyosdagi ittifoqchilari tarmog‘i va so‘nggi 23 yil davomida qurgan biznes imperiyasi deyarli tegilmasdan turibdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyul 2017
13 iyul kuni Izmirning Dikili tumanida qadimiy Rim davriga oid tarixiy asarlarni o‘g‘irlab ketayotganlikda ayblangan O‘zbekiston vatandoshi bo‘lgan N. ...
3 sentyabr 2020
Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi vazir o‘rinbosari bo‘lgani haqida deyarli barcha o‘zbek internet saytlari yozdi. Lekin bu xabarning o‘zbek ...
10 aprel 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
17 fevral 2020
Joriy yilning 15 fevral kuni o‘zbek ijtimoiy mediasi IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi videolar muhokamasiga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...