Asosiy mavzular
1 mart 2018

Mahkumlarni o‘ldirishda ayblangan Toymuroz Alimov ishi prezident nazoratiga olindi

Respublika harbiy prokuraturasi rahbari o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Abdulhakimov iltimosnomasiga ko‘ra, mahkumlarni qiynab o‘ldirishda ayblanib 26 fevral kuni hibsga olingan 42 yoshli polkovnik Toymuroz Alimov 28 fevral kuni Toshkent shahri tergov izolyatoridan IIV izolyatoriga o‘tkazildi.

MXX polkovnigi Toymuroz Alimov

O‘zbekiston kuch ishlatar tizimlaridagi obro‘li mulozim tarafidan bildirilgan bu ma'lumotga ko‘ra, Toymuroz Alimovni O‘zbekiston prezidentining kichik kuyovi Otabek Shahanovning o‘zi kelib Ichki ishlar vazirligi tergov izolyatoriga “etap qilgan”.

Otabek Shahanov 2017 yil yanvar oyida prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Toymuroz Olimjonovich Alimovning “o‘ta xavfli mahbus” sifatida ko‘rilib, uning hech bir sharoitda qochib ketmasligi, o‘zining sobiq sheriklari bilan kontaktga kirmasligi, “Eltuz” gaplashgan mulozimga ko‘ra, Otabek Shahanovga topshirilgan.

Mulozimning ishonishicha, bu mahkumlarni o‘ldirishda ayblangan Toymuroz Alimov ishi prezident nazoratiga olinganligini bildiradi.

Toymuroz Alimov 2011 yilning 26 avgustida o‘sha davrdagi prezident Islom Karimov farmoni bilan “Shon-sharaf“ ordeniga loyiq topilgan edi.

Toymuroz Alimov «Eltuz»da e'lon qilingan fosh qiluvchi maqoladan keyin qamalgandi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq o‘rinbosari Shuhrat G‘ulomov buyrug‘iga ko‘ra, qamoqxonalarda saqlangan ba'zi siyosiy va diniy mahkumlarni “likvidatsiya qilish”da qatnashgan Toymuroz Alimov 26 fevral kuni hibsga olindi.

MXX zobiti Toymuroz Alimov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi – qasddan odam o‘ldirish, 301-moddasi – hokimiyatni suiiste'mol qilish, 230-moddasi – aybsiz odamni javobgarlikka tortish kabi ayblovlar bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Bu haqda «Eltuz»ga general Shuhrat G‘ulomov ustidan qo‘zg‘atilgan tergov ishiga aloqador bo‘lgan MXX zobiti o‘z ismini oshkor etmaslik sharti bilan ma'lum qilgan edi.

MXX zobiti so‘zlariga ko‘ra, Toymuroz Alimov «tergov qilinayotgan mahkumlarni o‘ldirishga aloqadorlikda» ayblanmoqda.

Uning iddao qilishicha, shaxsan general Shuhrat G‘ulomovning buyrug‘i bilan 2010-2014 yillar davomida ellikka yaqin diniy va siyosiy mahkum o‘ldirib yuborilgan.

Uning aytishicha, o‘ldirilganlarning hammasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan aybdor deb topilgan fuqarolar bo‘lgan.

Shuningdek, Toymuroz siyosiy faollarini jismonan yo‘q qilish amaliyotlariga shaxsan aloqador bo‘lgan.

«Eltuz» nashri Toymuroz Alimov va Javdat Sharifxo‘jaev nazorati ostida yana bir mahkum – xorazmlik tadbirkor Rahimboy Yo‘ldoshevning 2010 yil avgustida o‘ldirib yuborilganini aniqlab, maqola e'lon qilgan edi.

Ayub Mingboev
«Eltuz»ning Toshkentdagi muxbiri
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2022
Toshkentdagi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi binosi hovlisi devorida 26 aprel kuni O‘zbekistondagi korruptsiya hajv qilingan yangi rasm paydo bo‘ldi. ...
30 iyul 2016
Ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmentiga xos illatlardan biri, biror maqolada millat turmushidagi nuqsonlar tanqid qilinayotgan payt, chet ellarda bundan yomonligiga ...
30 oktyabr 2019
31 oktyabr kuni Jizzax shahri apellyatsiya sudi 35 yashar O‘g‘iloy Quljonovaning o‘z uyidan majburiy chiqarilishi yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib ...
3 may 2021
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ning telegram kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joriy yil 24 aprel kuni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...