Asosiy mavzular
16 sentyabr 2019

Mirziyoev haqida kitob yozgan mulozim ustidan yopiq sud o‘tmoqda

Toshkentning jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida 9 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat jamg‘armasi raisi 37 yashar Said-Abdulaziz Yusupov ustidan yopiq sud jarayoni boshlandi.

Yusupov Jinoyat kodeksining 167 («o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish»), 168 («firibgarlik») hamda 28 («jinoyat ishtirokchilarining turlari») va 211- («pora olish-berishda vositachilik qilish») moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Yusupov joriy yilning 10 may kuni o‘ta katta miqdordagi firibgarlikda gumon qilinib hibsga olingan va Davlat xavfsizlik xizmati (DXX; 2018 yilga qadar – MXX)ning Toshkent shahri Chinobod (sobiq Gvardeyskiy) ko‘chasidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan edi.

12 may kuni Bosh prokuratura Yusupovga o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik aybi ilgari surilayotganini ma'lum qilgan edi.

Nazorat idorasining xabariga ko‘ra, 2013-2017 yillarda u aldov yo‘li bilan 160 ming dollar olgan. Uch nafar jabrlanuvchiga 2300 dollarni qaytargan, qolgan 157,7 ming dollarni o‘z ehtiyojlariga ishlatgan.

DXX tergovini nazorat qilayotgan Bosh prokuratura vakili Doniyor Rahmatullaevning so‘zlariga ko‘ra, bundan ilgari jabrlanuvchilar ariza bilan murojaat qilishmagani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati vakilining bildirishicha, OAVni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi raisi uzoq davr mobaynida o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib kelgan va odamlarni aldab pul olgan.

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yili ayblanuvchi ayni jinoyatlar bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lgan, «firibgarlik yo‘li bilan, o‘zini DXX xodimi deya tanitib, jabrlanuvchi fuqaro Kanyazov T.K.ning 240 million so‘m (30 ming dollar) pulini o‘zlashtirgani» sudlov tartibida isbotlangan».

Yuqorida keltirilgan barcha holatlar sudning yopiq rejimda o‘tishiga asos bo‘la olmaydi. Nega buning jamoatchilikdan sir tutilayotganini ikkita sabab bilan izohlash mumkin.

Birinchidan, Yusupov ta'magirlik bilan shug‘ullangan, biroq u shunchaki o‘zini MXX xodimi deya tanishtirmagan, balki u haqiqatan ham ayni xizmat xodimi bo‘lgan. Oddiy firibgarlikda ayblangan shaxsning maxsus xizmat hibsxonasida saqlanishi ham shu narsani anglatadi.

Ikkinchidan, tergov davomida u qiynoqlarga solingan, hukumat esa buni keng ommaga oshkor qilishni istamaydi.

Ijtimoiy tarmoqda Yusupov chiqishlari

Qamalishidan ikki kun o‘tib, 12 may kuni Said-Abdulaziz Yusupovning prezidentga videomurojaati tarqatilgan edi.

Videomurojaatda u o‘ziga nisbatan ochilgan jinoyat ishi jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganini iddao qilgan, o‘zining prezident Shavkat Mirziyoev yuritayotgan siyosatning ashaddiy himoyachisi ekanini bildirgan edi.

13 may kuni esa yutub kanalida DXX tergov boshqarmasi tomonidan hibsga olingan Said-Abdulaziz Yusupovning O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihdan olgan intervyusi paydo bo‘lgani haqida «Eltuz» xabar bergan edi.

Yopiq sud boshlangan 9 sentyabr kuni esa ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulaziz Yusupov qamoqdan chiqargani aytilgan maktub tarqaldi.

Tergov va qiynoq tafsilotlari

Maktubda Yusupov sog‘lig‘i, qamoqqa olinishi va tergov tafsilotlari, haqida yozadi. Toshkent shahri IIBBda 6,5 kun davomida «jismoniy va ruhiy tazyiq»qa tutilgani haqida yozadi.

«U yerda «Temur», «Oybek», «Berdak»lar 6,5 sutka davomida menga nisbatan jismoniy, ruhiy, psixologik tazyiq o‘tkazishdi. Meni hatto zo‘rlamoqchi bo‘lishdi. Ya'ni dubinka bilan nomusimga tajovuz qilmoqchi bo‘lishdi. Meni sindirgan narsa – ayajonim va ayolimni qamash, xo‘rlash, keyin esa bola chaqamu otamgacha qanday qilib o‘ldirib yuborishlarini aytib ishontirishgani bo‘ldi».

Yusupovning Milliy xavfsizlik xizmatiga daxldorligi haqida taxmin qilish mumkin, biroq unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganiga hech qanday shubha yo‘q.

4 iyun kuni Yusupov bu haqda o‘z advokati Arslan Shamardanovga bildirgan, uni suv to‘ldirilgan yelim butilka bilan urishgani, butun ichki a'zolariga ziyon yetgani, shuningdek, qiynoq paytida undan josuslik aybiga iqrorlik olinganini bildirgan edi.

Qonunga xilof tarzda uzoq kunlar davomida (qiynoq izlari yo‘qolishini kutib) yoniga avokat kiritilmagani ham uning qiynoqqa solinganiga dalolatdir.

Hatto oxir-oqibat advokatga Yusupov bilan uchrashishga ruxsat berishganidan keyin ham bu uchrashuv qonunga xilof tarzda DXX tergovchisi Otabek Yahyoev ishtirokida o‘tdi.

DXX terogov boshqarmasining Yusupov uyidatintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori

O‘zbekiston Konstitutsiyasi tergov va sud jarayonining har qanday bosqichida professional himoya yordami olish huquqini kafolatlaydi (116-modda). «Advokatura haqidagi» qonunga ko‘ra, advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan (jumladan, qamoq sharoitida ham) konfidentsiallik saqlangan holatda, to‘siqsiz, yakkama-yakka uchrashish, cheklanmagan miqdor va muhlat davomida davlat idoralari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz uchrashuv belgilash huquqiga ega (6-modda).

Albatta, bu yerda qonunlarga rioya qilishdan asar ham yo‘q. Said-Abdulazil Yusupovning onasi Jamila Bakaeva «Gazeta.uz» muxbiri bilan suhbatda rasman o‘g‘lining to‘liq huquqli vatandosh sanalishi va hali sudlanmaganiga qaramay, davlat advokati «issiqlikdan uning sochini olishgani»ni ma'lum qilganini aytgan edi.

Shu bois, sud surishtiruvining yopiq rejimda o‘tkazilayotgani uning adolatsiz ekaniga zarracha ham shubha qoldirmaydi.

Mirziyoevga atalgan kitobning «signal» nusxalari

Said-Abdulaziz Yusupovning onasi Jamila Bakaevaning aytishicha, o‘g‘li hibsga olinishi arafasida prezident Shavkat Mirziyoev haqida «Yangi O‘zbekiston: Rivojlanish strategiyasi va liberallashuv» nomli kitobni nashrga tayyorlagan. Kitob nusxasini prezident mulozimlaridan biriga ko‘rsatish uchun olib borayotgan payti hibsga olingan.

Aleksey Volosevich
asiaterra.info

Tag‘in o‘qing
8 iyun 2021
Rassom Elsevar
15 yanvar 2019
Samarqandga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev yangi soliq siyosati doirasida joriy yil yakuni bo‘yicha respublikada 5,5 trln so‘m ...
24 avgust 2023
O‘qishga kira olmagan abiturientlar, ularni tuzukroq o‘qita olmayotgan o‘qituvchilar, tabiiy gaz o‘g‘rilari va qo‘shnining parnigida ekilgan nasha… Salom qadrli ...
9 oktyabr 2019
Jamoat arbobi va konsalting shirkati direktori Aziza Umarova O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilish ehtimolini qattiq tanqid ostiga oldi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...