Asosiy mavzular
25 fevral 2020

Cotton Campaign: Tashrif foydali, biroq O‘zbekiston tizimli majburiy mehnatni tugatishi kerak

Cotton Campaign xalqaro koalitsiya delegatsiyasi 2020 yil 28 yanvardan 5 fevralgacha O‘zbekistonda bo‘lib, hukumat a'zolari va huquq himoyachilari bilan mamlakatda paxtachilikda qo‘llanilayotgan majburiy mehnatga taalluqli masalalarni muhokama qildi.

Kuni kecha Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining matbuot uchun xabarnomasi e'lon qilindi. Unda Toshkentda hukumatning islohotlarni yetarli darajada anglashiga qaratilgan “konstruktiv, foydali va dolzarb” muloqot bo‘lib o‘tgani aytilgan.

O‘zbekiston hukumatining vaziyatni yaxshilash uchun aniq sa'y-harakatlarni shakllantirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular paxtachilik tarmog‘ida muntazam majburiy mehnatni bartaraf etish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlardir, deyiladi tashkilot xabarida.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tashabbusi bilan G‘arbning 300 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari terimchilarning mehnat huquqlari buzilayotgani sababli o‘zbek paxtasidan foydalanmaslikka oid majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgandi. Bundan o‘n yil avval boshlangan o‘zbek paxtasi boyqoti davom etmoqda.

So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston hukumati vaziyatni yaxshilash uchun qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi, jumladan, bolalarni, talabalarni, ta'lim va tibbiyot muassasalarining aksariyat xodimlarini terimga jalb etishdan voz kechdi.

Biroq 2019 yilgi terim mavsumida mahalliy hokimiyat tomonidan davlat xizmatchilari va xususiy sektor xodimlarini majburiy tarzda paxtaga chiqarish yoki paxta pulini to‘lattirish kuzatildi. 

Xabarnomada Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi” joriy yilning 23 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilishda o‘zbek paxtasiga boykotni olib tashlash yoki saqlab qolish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ko‘rib chiqishi bildirilgan. 

Cotton Campaign  – O‘zbekistonning paxta canoatidagi majburiy mehnatni to‘xtatish maqsadida tashkilotlar, sarmoyadorlar va huquq himoyachilarining birlashgan global koalitsiyasidir.

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2024
Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi Toshkentdan Bahraynga ko‘chirildi. Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘smirlar o‘rtasidagi ...
23 fevral 2021
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
31 may 2022
O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” sohasidagi raqobati  O‘zbekistonda Xitoy va Rossiyaning “yumshoq kuch” vositasidagi raqobati til va ta'lim ...
27 oktyabr 2023
Azizlar mana xafta aylanib yana sizni yo‘qlab turibman. Xabar oldingmi bemordan, qarindosh, do‘st, musofirdan? Birovni yo‘qlasang dildan, ziyorat ham ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...