Asosiy mavzular
27 oktyabr 2023

Ceks-tegajoq o‘zbekni yaponlar qamadi – RTdan va'z

Azizlar mana xafta aylanib yana sizni yo‘qlab turibman.

Xabar oldingmi bemordan,

qarindosh, do‘st, musofirdan?

Birovni yo‘qlasang dildan,

ziyorat ham ibodatdir.

MS: Ovong og‘o. Ullini ulli guninda o‘tiripmiz. Nichisizla xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Do‘rtinji gun go‘mmani urib, yonqi ishlanam atipardingizlami?

RT: Matchon Suqulish xudoning kuni ko‘p. Yaxshi ishni har kuni qilish kerak.

MS: Xovorotordan, o‘lgan qotqonnan so‘llang og‘o. Ëmonliqni o‘ylo. Ëxshiliq galsa baxting.

Musappo osmon nyus

Xonqadagi xususiy bog‘chada bolalarni kaltaklagan xotin ishdan xaydaldi.

Bu yuzadan rasmiy munosabat esa mana:

Joriy yilning 18-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida bolalarning kaltaklangani aks etgan videolavha tarqatildi.

Mazkur holat Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o‘rganildi.

O‘rganish davomida voqea Xonqa tumanidagi “Adolat Dinora orzulari” nodavlat ta'lim muassasasida sodir bo‘lganligi aniqlandi.

Tabiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lganligi va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.

MS: Xonqali bog‘cho ochso bolla monniy kosha o‘nnina kaltak yidi. Bodni chushirmang og‘o.

Toshkentning O‘rtachirchiq tumanida olti mashina bir biri bilan suzishib ontarilib ketdi.

MS: Hech kim o‘lmabdi. Galgan balo damira ursin.

Turkiyada 6 yoshli qizini mullaga majburlab erga bergan Yusuf Gumushel 20 yilga, xotini Fotima Gumushel 16 yil 8 oyga, «kuyov» Kadir Istakli esa 30 yilga qamaldi.

MS: Ha imonsiz. Ho‘kman – bu  jolotoyni sikkini sug‘urib itlara barmali og‘o!

O‘lib getgan diktator Karimovni oxtiqi Maryam Tillaeva ajinala bayraminda Merlin Monro qiyofasina girishini aytibdi.

RT: Bundan oldin u Jenevadagi o‘rta maktabda o‘qiganida bobosining o‘z xalqini o‘ldirganidan xabar topgan sinfdoshlari uning boshini unitazga tiqib jazolashganini aytib berdi. «Men uchun bobom ikona edi. Sinfdoshlarim meni bobom uchun sazoyi qilishganida shokka tushdim. Onamni YuNYeSKO elchisi sifatida Jenevaga yuborishganida men o‘sha yerdagi o‘rta maktabga bordim. Bobom kimligini bilgan sinfdoshlarim mendan yuz o‘girishdi. Tug‘ilgan kunimda olib borgan shokolodli tortimni oq kurtkamga surtib tashab, yuzimga tupurishdi. Qo‘llarim jundor bo‘lgani uchun meni makaka (Yungi ko‘p maymun) deyishardi. U paytda junimni qirishni hali bilmasdim. Uzoq vaqt irkit o‘rdakcha bo‘lib yashadim» deya dardini doston qilgan edi.

MS: Ina og‘o. Iloyim oxirini bargiy. Quri Meksikadayi boylamas, prezidentni oxtiqlarom yeg‘laydi.

RT: Biznikilar Jenevadagi o‘rta maktab o‘quvchilari darajasida ham emas. Karimov ota-bobolariga azob bergan bo‘lsa ham uni boshlariga ko‘tarishib yurishibdi. Bir so‘z bilan aytganda mazoxizm.

Mazoxizm

MS: Og‘o, bizani elotdan birisi Yaponiyaga o‘qisha borib o‘qishni o‘nnina aptobusdagi yosh qiyzloni sotonini g‘imjilag‘ani uchun qamalibdi. Agar soton g‘imjilag‘an qamalsa yurtda odom qolmin qomoqlo do‘lib doshib getaradi. Yaponlani qortosi qisqa akan.

RT: O‘zbekistonda voyaga yetmagan yosh qizlarga jinsiy zo‘ravonlik epidemiya tusini olgani statistika raqamlari bilan isbotlangan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Shaxnoza Mirziyoeva 2023 yilning to‘qqiz oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan 417 bor jinsiy zo‘ravonlik qilingani qayd etilgani haqida bildirarkan, «Ro‘yxatga olinmagani qancha ekanligini tasavvur qilavering» deb qo‘shib qo‘ydi.

Rassom Tuz suhbatlashgan o‘nlab o‘zbek qizlari hali go‘dak paytidayoq  jinsiy zo‘ravonlik nishoni bo‘lishganini e'tirof qilishgan.

Ya'ni ularni avtobusdagi rijollar ezg‘ilashgan, amakivachchalari asbobini chiqarib ko‘rsatib «sila buni» degan. Emchagini ushab mijig‘lashgan. Lekin jinsiy aloqa qilishmagan.

Huquqiy savoddan mosuvo mardak nazarida jinsiy zo‘ravonlik faqat erkak olati ayol qiniga kirsagina yuz berarkan.

Unday emas. Bitta misol keltirsam. O‘tkan yili Pragadagi kasalxonaga onasini olib kelgan afg‘onistonlik qochqin hammaning ko‘zi o‘ngida medsestra qizni quchoqlab yerga og‘anatib chotiga barmoq tiqdi.

O‘zbek mardak nazarida bu jinoyat emas, chunki ozabochenniy afg‘onning  ham, chex qizning ham ishtonbog‘i joyida turibdi.

Ammo chex mahkamasi bu xolatni nomusga tegish jinoyati deb topib, o‘zidan seks machcho yasagan afg‘onni uzoq muddatga qamab tashadi.

Berlin hayvonot bog‘idagi eshak bilan jinsiy aloqa qilgan suriyalik qochqinga ham qattiq chora ko‘rildi.

Shu kunlarda Yaponiyada o‘zbek erkak maktab o‘quvchisiga tegajog‘lik qilgani uchun hibsga olindi.

«O‘zbek erkagi» deb ataladigan mavjudotning sudda  aytishi bo‘yicha «qiz u qilgan hatti harakatga norozilik bildirmaganmish»

28 yoshli o‘zbek Yaponiyadagi avtobusda o‘rta maktab o‘quvchisining soni va choti orasini 30 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ezg‘ilagan. Tergov davomida u, «Men qiz bunga rozi bo‘lgan deb o‘ylagandim, chunki u o‘sha paytda e'tiroz bildirmadi» — deb aytgan.»

Huquqiy savodsizlikning cho‘qqisi bu.

Voyaga yetgan bola «e'tiroz bildirmadi» deb uni shartta tagiga bosish, sizni jinoiy javobgarlikdan qutqarmaydi. Bo‘libam Yaponiyada.

Yetimchalarni zo‘rlagan Xorazmdagi adliyachilarni oqlagan  o‘zbek sudi «o‘zlari xoxlab chotini ochib bergan» degan fortochkadan foydlanuvdi. 

Aksar chetga chiqqan o‘zbek studentlari hayolida butun dunyodagi qizlar «qani bu o‘zbek meni emchagimni ezg‘ilasin» deb «kutib o‘tirarkan».

Bu xomhayolni amalga oshirish uchun ular avtobusdagi yosh qizga xirs bilan tikilishadi.

Shu ma'noda bu o‘zbeklarning Pragadagi xamshirani tagiga bosgan afg‘on yoki zooparkdagi eshak bilan  hammaning ko‘z oldida seks qilgan suriyalikdan mental farqi yo‘q.

Umra yoki haj ibodati uchun Makkaiy mukarramani ziyorat qilayotgan qiz juvonlarni «atay chotiga qo‘l tiqayotgan» mahalliy arab ham shu marjonning bir shodasi.

Turklar aytmoqchi «Ayni bo‘q».

Lyuboy razolatni oqlab maqol to‘qish bo‘yicha o‘zbeklarga yetadigani yo‘q.

Eri bir qizaloqni zo‘rlagan xotin «g‘unajin ko‘zini suzmasa ho‘kiz ipini uzmaydi» deb maqol aytadi.

Yaponiya avtobusida ketayotgan qizaloqni ezg‘ilagan o‘zbek himoyasiga ham lorsillagan o‘zbek xotinlari chiqdi.

«Demak yayb yaponkada. Tegma manga, demagan» deb yozayotgan so‘qimga boqilgan g‘unajinday o‘zbek xotinlari o‘z qizlari zo‘rlansa boshqacha sayrasa kerak.

Ammo hamma ham shunday o‘ylamaydi.

Bu maktubni kecha oldim. O‘qib ko‘raylikchi.

«Tuz og‘a salom. Man Toshkent shahrida yashayman. Bugun Yaponiyada bir erkak avtobusdagi qizga yarim soat tegajog‘liq qilgani uchun qamoqqa tashalgani haqida o‘qidim. Menda ham shunday voqea bo‘lgan. Ba'zan kuchada yursam erinmay moshinadan bosh chiqarib gap tashab ketishadi, Atrofdagilardan uyalaman. Bu o‘zbek erkaklari buncha ayol kishiga gap otishdan to‘ymaydi? Shu haqda bir efir tayyorlang, hatto erli ayollarga yopishadi bu o‘zini musulmon deb hisoblaydigan go‘rsuxtalar»

Bu go‘rso‘talarni oqlaydigan juvon opalar «endi o‘zbekning qoni qaynagan bo‘ladi» deyishadi. Ya'ni «o‘zbek seksual baquvvat» degan mif.

Aslida o‘zbek yigitlarining 30 ga kirmay impotent, hezalak bo‘lib qolganini bilasizmi? Siz bilmasangiz doktor Dilmurod aka biladi.

Boyotaning o‘g‘li

Bir xurmatli shoira opa o‘z qizini boy ota onaning  yoshgina o‘g‘liga uzatdi.

O‘g‘il hezalak bo‘lgan. Qizga umuman qaramagan. Ota ona buni bilib o‘g‘lini erkak deb ko‘rsatish uchun bir qizning baxtini qora qilib xo‘ja ko‘rsin kelin qilishgan.

Albatta qiz qaytib ona uyiga keldi.

MS: Do‘g‘ri atgan qiyz, Chuki turmiydon giyav kima garak?

RT: Ko‘pchilikning yaxshi ovqatlanmagani va pala partish (masalan eshak bilan) seks qilgani ortidan turli jinsiy kasalliklar to‘la savatchaga aylanib qolgani ham bugunning haqiqati.

Samarqandlik hamshiraning aytishicha, 19 yashar yigitlarniki ham turmaydigan bo‘lib qolgan:

«Urologiyada ishlaganimda 2004 yil tug‘ilgan yigitchalar ham imotent bo‘lib qolganini ko‘rganman. Blyaya deb hayron qolardim. Kuniga uch yoki to‘rt erkak asbobi turmagani uchun anal teshigiga erkak olatiga o‘xshash apparat tiqib massaj qildirishga kelardi.»

Hamshiraning ishonishicha, o‘zbek yoshlari orasida hezalak ko‘paygani «ko‘p porno ko‘rganligi oqibati»

Psixologlar esa, buning yechimini ma'rifatda deb bilishadi.

O‘zbeklar seksual tarbiyaga muxtoj. Tarbiya bo‘lmagani uchun ular daydi it kabi ko‘cha ko‘yda qanjiqni ko‘rsa, tilini osiltirib ketiga tushadi.

MS: Navoiy bobomiz novvi davadi. «Kuchukni ming tarbiya qilsangam it bo‘ladi» davadi.

Joxil Yaponiyaga borsa ham joxil. Has haslikcha qolur agar uni shamol olib chiqsa hamki osmonga qadar. Past pastlikcha qolur mabodo oyog‘i yetsa ham Yaponiya qadar.

Mendan aytish.

It yurak

Buyuk yozuvchi Mixail Bulgakovning «It yurak» romani qaxramoni professor Filipp Filippovich Preobrajenskiy itni odamga aylantiradi. Ammo odamga aylangan it «atavizim» bois joxillikning noyob namunasiga aylanadi. Mana bu esa professorning gapi:

«Siz taraqqiyot zinasining eng past qismida turibsiz. Siz endigina shakllanyapsiz. Siz aqli zaif jonivorsiz. Shu bois gaplaringiz va qiliqlaringiz hayvoniy. Siz universtitetni tugatgan olim odamlar bilan betingizni bez qilib munozara yuritishga chog‘lanasiz. Olim va bilgichlarga kosmik masshtabdagi chidab bo‘lmas tuban va kosmik qamrovda o‘ta axmoq maslahatlarni berishdan uyalmaysiz»

Professor Preobrajenskiyning bu gapini yaqindagina odamga aylangan ko‘ppakka emas, balki Eltuz maqolalari ostiga post yozayotgtan oshqovoq kallalarga atalgan deb o‘yladim.

Tarix doxil hech bir ilmni bilmaydigan, 50 satr yozuvda 100ta xato qiladigan, o‘z fikrini tuzuk ifoda qila olmaydigan joxillarning piechdi diplom bilan studentlarga dars berayotgani Yangi O‘zbekistonning kosmik ko‘lamdagi tanazzulidan  darak.

Bu qovoq kallalar otasi o‘ziniki ekanligidan shubxalanib, qo‘shni amakidan bo‘lganini ichida tan olsa ham «Karimov mustaqillik kurashchisi» degan yolg‘onga absolyut ishonadi. Bu ahmoqlar bilmaydiki SSSR degani 15 respublikadan iborat ittifoq edi. Uni SSSR prezidenti Gorbachevning o‘zi imzo qo‘yib tugatdi. Undan oldin Belovej o‘tlog‘ida Yeltsin, Kravchuk va Shushkevichlar «tarqalamiz» degan qarorga kelishgandi. Qani bu yerda Karimov.

Oxirgi minutgacha SSSRga sodiq bo‘lib turgandiku. Xatto Gorbachev Karimovni ko‘rgazmali qurol sifatida yetalab Litvaga olib borgandi. «Mana ko‘ringlar SSSRning eng sodiq quli» deya.

SSSRni o‘zi tugagan bo‘lsa, Karimov qanday kurashgan, ey baqlajon miyalar.

Olimlarning aniqlashicha, dengiz karamida ham miya elementi bo‘lar ekan. Aksar afkor o‘zbek ommasida o‘sha karamchalik miya yo‘q.

Aqlli sakkizoyoqlar, maymun va ko‘ppaklar, xatto dengiz toshvaqasi ham bulardan million marta aqlli.

Bir narsa ko‘ngilga taskin beradi. Bular o‘z ahmoqligi bois uzoq umr ko‘rmay, tez o‘lib ketadi. Tok uradi, moshnda avariya bo‘ladi, SPID yuqtiradi, eri yoki xotinining yo‘bri urib o‘ldiradi. Ko‘mir isi yoki yong‘indan o‘lib ketadi.

MS: Lekin janovor sovuqqa dim chidamli. O‘tkan yili anomal sovuqqa chidab bardila lekin. Og‘o shumxovor plani bitdi. Indi sevgi muhabbatdan gaplang. Banda ishi xotoli jonni jono qotoli.

Rossiyadagi o‘zbeklar sevgi uchun mushtlashdi

Rossiya. Petrburg. 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoevskiy ko‘chasidagi “Kattaqo‘rg‘on” kafesi yaqinida 11 o‘zbek bir birini tepkilab yotibdi. Bittasi kafedan obchiqqan stul bilan boshqasining boshiga qarsillatib soldi. Mushtlashuv paytida yangragan va o‘zbek tiliga o‘zlashib singib ketgan «dalbayop, pidarras, ssuka, kazzel, yiban, xuy» kabi kalimaiy muboraklar qadimiy Piter osmonidagi qarg‘alarni ham cho‘chitib yubordi.

23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 11 o‘zbek bacha 34 yashar sartarosh xotinni talashib, bir-birini yarim soatcha do‘pposlashdi.

Sevgi hatto Rossiyadagi dangasalarga ham kuch ato qiladi. Politsiya va taqirbosh o‘rislar oldida maysadan past, suvdan sokin yuradigan hokisor o‘zbeklar butun kuchini bir-birini urib tepishga sarflashdi. O‘zbek tili bayrami yaqinlashayotgani uchun mushtlashuv paytida o‘zbekcha so‘kishlar ham ishlatilgani shoyon tahsinga loyiq. Janjal qatnashchilari o‘z so‘kishlarida bir-birlarining onalari bilan jinsiy aloqa qilish istagini ochiqlashdi.

Mojaro  haqidagi xabar kelib tushganidan yarim soatcha o‘tib kafeni oldiga «viy viy qilib» politsiya moshini yetib keldi.

Politsiyani ko‘rgan o‘zbek janjalkashlar xuddi sexrlanganday shalpayib qolishdi. Bir ikkitasi qochmoqchi bo‘lgan edi. Politsiya ishorasi bilan darrov qo‘lini ko‘tarib taslim bo‘ldi.

Piter politsiyasi xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston qashshog‘i, jumladan janjalga sabab bo‘lgan g‘ar o‘zbek xotin ham olib ketildi. O‘zbeklar talashgan xotin 34 yoshda. Sartarosh bo‘lib ishlaydi.

«Agar oshiqlaring ming bitta bo‘lsa, bilgilki alarning o‘n biri menman» deb yumuriq tugganlardan ikki kishi yopiq bosh jarohati, miya chayqalishi va ko‘plab ko‘karishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hibsga olinganlarga nisbatan migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 6 ta, mayda bezorilik uchun 8 ta bayonnoma tuzilgan.

Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mojaroning to‘rt ishtirokchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.

Kim aytadi sevgi yo‘q deb. Ishonmasa Piterning Dostoevskiy ko‘chasidagi Kattaqo‘rg‘on kafesiga borsin.

Sevgimiz o‘ldimi? Libosingiz ko‘k,

Ko‘nglingiz – begulxan, ko‘zingiz-becho‘g‘.

Bizdan borish yo‘qdir, sizdan kelish yo‘q –

Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,

Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

(U. Azim)

FLYeYTA UChUN UNUTILGAN KUY

Eldor Ryazanovning shu nomli filmi bor. Filmda madaniyat zamminstri maqomidagi xotini bor mulozim shu vazirlikdagi hamshira bilan moshinada o‘pishib o‘tirganida o‘zlaridan patrul yasab olganlar kelib, «bu ishingiz iyot» deb, pul talab qilib olib ketishadi.

Sovet davridayam ikki katta yoshli odamning «oshiq moshiq» bo‘lishi jinoyat emas edi. Faqat kommunistik axloq nuqtai nazaridan qoralanar edi.

AQShda ham prezident Klintoning praktikant qiz Monikani emizgani odob  axloq jihatdan qoralandi. Mabodo bu holat Frantsiyada bo‘lganida kulib qo‘yilardi xolos.

Xullas, gapning ko‘tohi shu: Navoiy viloyati Nurota tuman Kambag‘allikni qisqartish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari va Nurota tumani Sog‘lom ozish bo‘yicha salomatlik markazi rahbari notanish kvartirada qip yalang‘och holda o‘tirganida qo‘llarida fonarik ushlagan uch barzangi kelib «kaypdi beliga tepdi».

Ular kelganda «Kambag‘allik» yalang‘och bo‘lib, potolokka qarab yotgan edi. «Sog‘lom ozish» esa uning ustiga minib, ot qilib chopayotgan edi.

To‘rt minutlik video Eltuzga kelib tushdi.

Yana o‘sha dilemma. Bu yerda qonun buzilish holati bitta: u ham bo‘lsa oshiq ma'shuq yotgan uyga bostirib kirib, mulozimni sazoyi qilib, uning istagisiz videoga olish. Vakolati bo‘lmagan holda savol so‘roqqa tutish.

Boshqa tarafdan samoviy dinlar (iudaizm, xristianlik va shariat) axloqiga ko‘ra, bular muqarrar do‘zaxga o‘tin bo‘lishi kerak.

Voqea Navoy viloyatida bo‘lgan. Nima degandilar Navoiy bobomiz?

«Ne bo‘lar kelsang quchog‘imga kirib… Gulbadan heey. Gulbadan.”

Aytmoqchi, videoga olganlar qamag‘da. Shiftga qarab yotgan “Kambag‘allik” haliyam ishlab yuribdi. Okaxonlari baquvvat ekan.

MS: Sho‘rda durib oching alingizni indi.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2023
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas.  Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan ...
19 noyabr 2020
16 noyabr kuni Chirchiq tumanlararo fuqarolik ishlari sudi Xalq ta'limi vazirligining sobiq deputat Qobil Do‘sovga nisbatan da'vosini qanoatlantirish to‘g‘risida ...
19 yanvar 2016
18 yanvar kuni ertalab soat 10 da tuman xokimligiga chaqirilgan Shirin Tursinovani hokimlik binosida, xokim G‘ofur Qarshiboevning muovini Fotima ...
21 mart 2024
Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm I ning “urush urush bilan, ammo tushlikni vaqtida qilish kerak”, degan iborasi mashhur. Olmon qiroli agar askar vaqtida ovqatini emasa, undan yaxshi askar chiqmasligini qasd etgan. Ikkinchi tomondan, ovqatni vaqtida egan askar albatta yaxshi urushadi, deganimas. Masalan, o‘zbek mulozimlarining ko‘pchiligi – ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...