Nyu-York sudi 38 yashar o‘zbekni 20 yilga qamadi
Amerikada o‘zbek zo‘ravon, 38 yashar Akmal Narziqulov 20 yilga qamaldi. Soxta prava yasash, prava imtihonini soxtalashtirish, odam o‘g‘irlash va firibgarlik kabi jinoyatlar kontsentrati ko‘pni ko‘rgan AQSh hakamlarini ham dahshatga soldi.
O‘zbekistondan kelib Bruklinda yashagan jinoyatchi Akmal Narziqulovning advokati sudyalarni rahm-shafqatga chaqirarkan, «Akmal bu jinoyatlarga O‘zbekiston kabi kattadan kichik firibgarlik qiladigan mamlakatda o‘rganib qolgan. O‘zbekistonliklar uchun bu jinoyatlar kundalik holat», deya ta'kidlagan. Sudya bo‘lsa, «Buzuq mamlakatdan kelgan jinoyatchining qandaydir aybini yengillashtirish huquqiga ega deb o‘ylashning o‘zi men uchun juda yoqimsiz», deya ta'kidlab, jinoyatchi o‘z umrining qolgan 20 yilini AQSh federal turmasida o‘tkazishi bo‘yicha hukm chiqargan.
O‘zbek jinoyatchi qamoqda. Bundan oldin ham u firibgarlik uchun 30 oy qamoqda o‘tirgan va go‘yoki tavba qilgan bo‘lib ozod bo‘lgandi. Xo‘sh, Bruklin sudyalari nafratiga sabab bo‘lgan jinoyatlar nimadan iborat? Bir boshdan gapirsam.
O‘zbekistondan kelib Bruklinda yashayotgan 38 yashar Akmal Narziqulov o‘z sherigi bilan katta summada pulni o‘mardi. Bu sxema bo‘yicha o‘g‘irlik yana davom etishi kerak edi, ammo Akmalning o‘zbek sherigi «o‘yindan chiqishga» qaror qilganini aytadi.
Voqea 2019 yil AQShda yuz bermoqda. O‘z sherigining «ponyatkaga amal qilmagani»dan darg‘azab Akmal Nyu-Yorkdan Kaliforniyaga ketadigan avtobusga chiqadi. U Kalifoirniyadagi o‘z sherigining «adabini berib qo‘yish» niyatida edi.
Akmal «O‘yindan chiqishga qaror qilgan» sherikni kuppa kunduz kuni elektroshoker bilan urib hushidan ketgizadi. Sherik garaj ichida hushiga keladi. U eshik tutqichiga yopishib, o‘zini qutqarmoqchi bo‘lib harakat qiladi. Ammo Akmal Narzikulov uni yechinishga majbur qiladi (SNBlar metodi). Keyin Akmal o‘z qurboni qo‘lidagi chekni naqdlashtirish uchun sherigiga bank hisobi ochishni buyuradi. Jinoyatchi talabiga ko‘ra, «sherik» AQShdan chiqib ketib, O‘zbekistonga borishi va har olti oyda 10 ming dollardan o‘lpon to‘lashi kerak edi.
Lekin Federal Qidiruv Byurosi agentlari jabrlanuvchini mamlakatdan chiqib ketishdan oldin JFK aeroportida ushlab qolishdi. «Sherik» endi jinoyat guvohiga aylandi va butun sxemani fosh qildi.
Narziqulovning Bruklindagi kvartirasidan 293 000 naqd dollar musodara qilindi. Narziqulovni FQB agentlari uni 2019 yil aprel oyida hibsga olishdi.
Agentlar sudga isbotllarni taqdim qilishdi.
Jinoyat kunduzi yuz bergan va videoga tushib qolgandi.
Narzikulov va yana ikki kishi jabrlanuvchini 2019 yil 28 mart kuni Brayton plyajidagi kvartirasi yonida burchakka tiqib, uni jlektroshoker qurol bilan urib, mashinaga sudrab olib ketishgan.
U yerdan mazlumni garajga olib borishgan va yechinishga majbur qilishdi. Narziqulovning onasiga 5000 dollar qarzdorligi to‘g‘risida notarial tasdiqlangan «qarzni tan olish xati» ga imzo chekishga majbur qilishdi. Keyin mazlumni yetaklab bankka olib borishdi, u yerda uni kichik biznes uchun hisob ochishga majbur qilishdi. Boshlamasiga 2,100 dollarni naqdlashtirishga majburlashdi.
Narziqulovning advokati Piter Guadagnino Akmal O‘zbekistonda kechgan bolaligida «uyda juda ko‘p jinoyat va jismoniy zo‘ravonliklarga» guvoh bo‘lganini va ehtimol ruhiy kasallikka chalinganini aytib, yengillik so‘radi.
Guadagninoning so‘zlariga ko‘ra, Akmal «o‘z mamlakatidagi korruptsiya va kattadan kichik ertayu kech sodir qiladigan jinoyatlarni odatiy hayot tarzi deb qabul qilgan»
Lekin sudya ayblanivchi qaysi go‘rdan kelgan bo‘lsa ham yengillik olishga loyiq emas deya, advokat iltimosini rad qildi.
Nyu-Yorkning Bruklin mavzesidagi adliya tizimi o‘nlab o‘zbek jinoyatchilarni minglab yilga qamagan.
Muqaddan O‘zbekistonlik 24 yashar Abdurasul Jo‘raboev, 30 yashar Abror Habibov, “Islomiy davlat” guruhiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga harakat qilganlik va Turkiya orqali Suriyaga o‘tib “Islomiy davlat” jihodiy guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlikda ayblanib Bruklin sudi tarafidan uzoq yilga qamalgan.
2012 yil 13 iyul kuni AQShning Birmingem okrugidagi Federal sud hakamlari prezident Barak Obamani o‘ldirmoqchi bo‘lganini tan olgan 22 yashar o‘zbekistonlik Ulug‘bek Qodirovni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Xullas, o‘zbek Amerikada ham o‘zbek. Butun tanasi va vujudiga korruptsiya, zo‘ravonlik singib ketgan yaratiq.
Eltuzning AQShdagi taxlilchisi Bahodir Fayzi ushbu jinoyatga izox berdi:
«Nyu-York mahkamasi bu muttahamlarni 20 yilga qamadi. Soxta haydovchilik guvohnomasi va imtihonlarni soxtalashtirish bilan shug‘ullangan ekan. Sheriklaridan biri bulardan ayrilmoqchi bo‘lgan, ularning orasida kelishmovchilik chiqib janjal bo‘lgan. Bu ahmoqlar jinoyatchi to‘dadan ayrilmoqchi bo‘lgan bolani o‘g‘irlab ketib, pul talab qilishgan. Keyin bu jabrlanuvchi bola to‘g‘ri polisga borib hammasini sotgan. Eng qizig‘i, mahkama jarayonida bu muttahamlarning advokati “bu yigitlarni mamlakatida korruptsiya, jinoyatchilik oddiy holat, qolaversa ota-onasi ham bosim o‘tkazadi” deb jazodan kamaytishni istagan. Lekin sudya bu jazoni kamaytirish uchun sabab bo‘la olmasligini aytgan. Aslida jinoyat 2019 yilda sodir bo‘lgan, lekin mahkama kecha yakunlandi. Bizning ahmoq o‘zbeklar oldin inglizchani o‘rganib, keyin haydovchilik testi topshirish o‘rniga, mana shunaqa moshenniklik qilishadi».
@eltuz