Tsenzura boltasiga aylangan AOKA talabini Tvitter rad qildi
AQShning San-Frantsiskodagi X Corp. (Tvitter) shirkati twitter.comda nashr qilingan to‘rtta tanqidiy kontentni olib tashlash bo‘yicha o‘zbek idorasi talabini rad qildi.
Joriy yil yozida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini tartibga soluvchi davlat organi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) AQShning San-Frantsiskodagi X Corp. (Tvitter) shirkatiga maktub yozib to‘rtta kontentni olib tashlashni talab qilgan.
Gap Germaniyadagi inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston forumining tvitter sahifasida yoyinlangan kontent haqida.
twitter.com/UzbekForum sahifasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan gazeta.uz va boshqa nashrlarda chop qilingan maqolar qisqa matnini ingliz tilida bayon qilib berganida.
Bu maqolalar maxalliy OAVda e'lon qilinib, O‘zbek forumi ularni shunchaki inglizchaga tarjima qilib yoyinlaganidan umuman behabar AOKA gumashtalari bir bochka siyohni xarj qilib erinmay Kaliforniyadagi Tvittter qarorgoxiga “zayava” yozib “zudlik bilan bu maqolani olib tashlash” deya dag‘dag‘a qilgani ortidan kulgiga qolishdi.
O‘zbekiston ichidagi nashrlar yoyinlagan maqolalarning tvitt shaklidagi inglizcha qisqa bayoni AOKA donishmandlari nazarida “o‘zbek qonunchiliginining qo‘pol shaklida buzilishi” ekan.
Oldin bunaqa kulgili xolatlar Turkmanistonda bo‘lardi. Mana endi o‘zbek gumashtalari komik situatsiyalarga tushish bo‘yicha Markaziy Osiyoda bosh bayroqni ko‘tarib yurishibdi “hech kimga bermay”.
AOKA agentligi yoshullisi va boshqa bekorchilariga kuyidagi tvittlar yokmabddi:
1.27-iyun #O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Prezident Mirziyoev ularni muhim ishlari bilan tabriklaydi va shu bilan birga #Ozodligiga qarshi shafqatsiz siyosat olib bormoqda.
2. O‘zbekiston prezidentini tanqid qilgan o‘nlab kishilar qamaldi.
3. Mana bu AOKAga yoqmagan tvitt Gazeta.uz va boshqa nashrlarda chop qilingan voqea hakida :
“Yana davlat o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilib, odamlarni ruhiy kasal bo‘lmasa ham, psixiatrik hibsda ushlab turadi. Bu holatda erkak 3 kundan keyin qo‘yib yuborilgan va shifokorga tanbeh berilgan, Valijon Kalonovdan farqli o‘laroq….
4 . AOKA yoshullisi didiga o‘tirmagan yana bir tvitt, kun.uzda chiqqan makolaga asosida yozilgan: Namanganda hukumat fermerlarni bir necha yillardan beri yetishtirgan mahsuloti, jumladan #paxta uchun ham to‘lamagan Art Soft klasteriga bug‘doy yetkazib berishga majburlamoqda. Boshqa hududlarda ham sodir bo‘ladi.
Bu yerda kuladigan joyi shuki¸ ushbu xabarlarni Germaniyadagi o‘zbek forum ijod qilib yaratmadi.
Bular o‘zbek OAVlarida berilgan kontent xolos. Chamamda AOKA ingliz tilidagi media fazoda bu maqolalarning yoyilishdan qo‘rqmoqda.
Qo‘shiqchi Javohir Zokirov tili bilan aytganda “I Chcho?” Xozir har qanday o‘zbek tilidagi matnni robotlar hech kimdan so‘ramay ingliz tiliga tarjima qilib keng ommaga yoki bunga qiziqqan segmentga taqdim qila oladi.
Oyni etak bilan to‘smoqchi bo‘lgan AOKA mulozimlari tushgan tragikomik xolat davomini eshiting.
AOKA dagi Eltuz manbasiga ko‘ra “bu maqolalarni oldirib tashlash amri” AOKA tomi tepasidagi idoradan kelgan. (Aynan qaysi idora ekanligini aytmadi).
“Tepa amri vojib” deb bilgan AOKA yoshullisi “shessekunda” ulug‘ Shekspir tilida maktub yozib Kaliforniyadagi tvitter yoshullilariga jo‘natdi.
Tvitterchilar AOKAning arz-dodini o‘qib tizzalarini shappatlab kulishdi. So‘ng bu sho‘rtumshuq xatni Eltuzga «pereslat» qilishdi. Tvitterchilar Shimoliy Koreya trendidagi bu tsenzura talabini bajarmasligini ta'kidlab «O‘zbek forumga» bildirish jo‘natishdi. Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimasligini biologiya o‘qimagan OAKAdagi qorakalar qaerdanam bilsin.(Kulgi smaylik)
Xullas mana tvitterning xati:
Salom @UzbekForum
@UzbekForum
Bu kontetnlar ustidan shikoyat tushdi.
Bu so‘rov ortidan biz hozircha nashr qilingan kontentlar bo‘yicha hech qanday chora ko‘rmadik.
X (Tvitterning nomi) foydalanuvchilari ovozini himoya qilish va hurmat qilishga qat'iy ishonganligi sababli, agar biz vakolatli tashkilotdan (masalan, huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat idoralaridan) ularning hisobidan kontentni olib tashlash bo‘yicha qonuniy so‘rov olsak, foydalanuvchilarimizni xabardor qilish bizning siyosatimizdir.
Biz foydalanuvchi so‘rov kelib tushgan mamlakatda yashaydimi yoki yo‘qligini bildiramiz. Ushbu sahifada qo‘shimcha ma'lumotlar mavjud:
Biz bunday turdagi xabarnomalarni olish noqulay tajriba bo‘lishi mumkinligini tushunamiz.
X yuridik maslahat bera olishi [yoki biriktirilgan yuridik jarayonni tarjima qilish] mumkin emas, biz sizdan so‘rovni baholash va, agar xohlasangiz, manfaatlaringizni himoya qilish uchun tegishli choralarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishingizni istaymiz. Bunga advokatga murojaat qilish va so‘rovni sudda e'tirozlash, tegishli fuqarolik jamiyati tashkilotlariga murojaat qilish, kontentni ixtiyoriy ravishda o‘chirish (agar mavjud bo‘lsa) yoki boshqa qaror topish kiradi. X butun dunyo bo‘ylab hukumatlardan oladigan huquqiy so‘rovlar haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Yordam markazimizdagi ushbu maqolaga va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan shaffoflik hisobotiga qarang:
Shu.
Ya'ni Tvitter onlayn kontentni, ayniqsa hukumat uchun o‘z nazarida zararli deb topilgan kontentni tartibga solish uchun mas'ul idora bo‘lgan O‘zbekistondagi AOKA tashkilotiga “Toshingni ter¸ bir anyoqda o‘yna” dedi.
O‘zbekiston dunyo uchun yopiq va xalqaro indekslarda “yomonlarning yomoni” bo‘lib kelgan naftalin davrda Intellektual mulk agentligi, Milliy kutubxona, prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan va 4 yil oldin Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlangan Asadjon Xodjaev tom ma'noda eski davr kadri.
Shaffoflik¸ so‘z erkinligi yoki O‘zbekiston konstitutsiyasida o‘qlog‘iday yozib qo‘yilgan “tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” degan so‘z ma'nosini anglashga inttelektual zakosi yetmaydigan “demode” rahbar.
Umuman AOKAga Allamjonov rahbar bo‘lgan davrdagi “jurnalistlarga qayishish” tendentsiyasi bu rahbar davrida butkul yo‘qqa chiqib tashkilot “tsenzuraning boltasiga” aylantirildi.
Bolta ko‘targan “matbuot dushmanlari” O‘zbekistonning yangi tarixida ko‘p.
Demak matbuotni boltalash traditsiyasi davom etmoqda.
Faqat bitta “No”
Bolta eramizdan 35 ming yil oldin paleolit davrida yasalgan xujum quroli.
Bugun axborot texnologiyalari zamonida bolta ko‘tarib yurish AOKA degan tashkilotni neandertallar bilan bir chiziqqa qo‘yadi.
Rassom TUZ