Ko‘zqarash
5 yanvar 2016

Olesya Nedobegova – Toshkent go‘zali

Yangi yil arafasida Feysbuk sahifasi ishtirokchilari «Toshkent go‘zali»ni tanlashdi. Aktrisa Olesya Nedobegova bu virtual tanlov g‘olibi bo‘ldi va u Eltuz savollariga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har qanday go‘zallik konkurslariga yozilmagan taqiq mavjud.

Oldin o‘z haqingizda gapirib bersangiz?

rasm678
Olesya Nedobegova — aktrisa teatr va kino aktrisasi. Frantsuz grafi nabirasi. O‘nlab badiiy filmlarda o‘ynagan. Dushmanlaridan qo‘rqmaydi va sog‘lom raqobat tarafdori.

Toshkentda inliz tiliga ixtisoslashgan gimnaziyani tugatgach Teatr institutining akterlik sohasida o‘qidim. Opera va musiqali komediya, Mixail Kamenskiy studiyalarida ijod qildim, keyin kino dunyosiga kirdim va bu sohani sevdim.

«O‘zbekfilm» kastingidan o‘tib, Dina Rubina romani asosidagi «Ko‘chaning quyoshli tomoni» filmida rol o‘ynadim. Film rejisseri Valeriy Ivanovich Uskov filmlarini butun dunyoda sevishadi. Bunday ulug‘ inson bilan tanishish menga taqdirning sovg‘asi bo‘ldi.

Shu tariqa men kino sanoatining sirli so‘qmoqlariga kirib bordim. Avvalo “Mosfilm”, keyinchalik Germaniya Universitetida tajriba orttirdim, u yerda doktorlik dissertatsiyasi yoqladim.

«Universal» va boshqa ko‘plab kinostudiyalar bilan hamkorlik qildim. Bo‘sh vaqtlarimda televidenieda Show Number dasturini tayyorlayman, unga taniqli mehmonlarni taklif qilaman.

Siz uchun Feysbukda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida ishtirok qilish nimani anglatadi?

Feysbuk o‘ta ommabop ijtimoiy tarmoq va meni „Toshkent go‘zallari“ tanloviga taklif etishdi va men bajonudil rozi bo‘ldim. Xalq saylovi natijalariga ko‘ra g‘olib chiqdim. Bu men uchun, garchi virtual tarmoqda bo‘lsin, xalq bilan muloqot qilish imkoniyatidir.

Tanlovda turli kasbdagi qizlar ishtirok qildi, buning jozibadorligi ham shunda. Bo‘yning balandligi, qomatning kelishganligi muhim bo‘lgan ayni tanlovlardan farqli, qizlar o‘z go‘zalligini fotosuratlarda aks ettirishlari lozim edi. Chorak finalda 321 layk olgan bo‘lsam, finalda esa ovozlar soni 713 ga yetdi, va xalqning meni tanlayotgani juda yoqimli edi.
Tashkilotchilar nima va'da qilishmoqda? Odatda g‘oliblarni mukofot kutadi…

Bilasizmi, tanlov hali yangi va pul mukofotlari ham, toj ham yo‘q, tashkilotchilarning shunchaki bunga qurblari yetmaydi, biroq buning ustida ishlashni va'da qilishmoqda. Toshkent go‘zali sahifasi, bir necha kun davomida shiddatli darajada ommalashdi. Aktrisa va rejisser sifatida men uchun stimul, – xalqning sevgisidir. Odamlar hayajonini hech narsaga alishib bo‘lmaydi. Ular yozadigan yozuvlar – eliksir kabidir.

O‘rta asrlarda qul bozorida cho‘rilarni keltirib sotishgan, ularning ham asosiy ustunligi go‘zalliklari va qaddi qomatlarining kelishgani bo‘lgan. Ushbu voqealardagi bu singari palallel ko‘nglingizni og‘ritmaydimi?

Bugungi kunda ham qullikdan farq qilmaydigan holatlar bor, uyda cho‘ri, askar bola saqlash, odam savdosi va zo‘rovon nikoh holatlari shunga kiradi. Ayrim hisob kitoblarga ko‘ra bu raqam 20 dan 36 millionga qadarni tashkil etadi. Biroq, men o‘rta asrlardagi qullik tushunchasi bilan, bu tanlovda mutlaqo o‘xshashlik ko‘rmayman. «Go‘zallik dunyoni qutqaradi!» deya bejiz aytishmaganku!

Siz hozirgi O‘zbekiston yoshlarining uchta eng muhim muammoni ajratib bera olasizmi?

Birinchi galda bu — kattalarni e'zozlash va hurmat qilishdir. Bizni (bunga) ota onalarimiz o‘rgatgan va hozirgi yoshlarning bunga intilmayotganligini ko‘rish achinarli. Ikkinchisi, ta'lim bilan bog‘liq muammo. Axir taraqqiyot asrida mamlakatga malakali mutaxassislar kerakku. Uchinchisi esa sport, sog‘lom ovqatlanish, farzandlarimiz, nabiralarimizning qanday bo‘lishi shunga bog‘liq.

O‘zbekiston fuqarolariga yangi yil tilaklaringiz

Uyingiz nurga to‘lsin, sizni u yerda hamisha tushunishsin, kutishsin va sevishsin. Har bir mashg‘ulotingiz qiziqarli kashfiyot bo‘lishini, kasbingiz xamisha istalgan, ijodga yo‘g‘rilgan bo‘lishi va sizni qadrlashlarini tilayman. Har soniya sevgiga yo‘g‘rilib, go‘zal ranglarda yaraqlasin, qadahlardagi sharob kabi quvonchga to‘la bo‘lsin!

Muhabbat bilan Olesya Nedobegova de San Jermen.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 mart 2020
Samarqand tumani ichki ishlar bo‘limi sobiq tergovchisi, militsiya katta leytenanti 34 yashar Shokir Ashurov DXX xodimlari unga qarshi tuhmat uyushtirib, ...
19 aprel 2018
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta yoshdagi o‘rangan o‘zbek ayoli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga ...
20 iyun 2024
Keyingi kunlarda Eltuz tomonidan qo‘yilgan har bir materialga, o‘zini din himoyachisi deya hisoblovchilar nomidan haqoratli komentlar qo‘yilishi avj olgan. ...
2 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...