Asosiy mavzular
14 dekabr 2017

Umida Ahmedova: Qo‘rqoq kinochilar o‘z uyini saqlab qola olmadi

14 dekabr kuni taniqli fotorassom Umida Ahmedova o‘zining feysbuk sahifasida buzilayotgan Kinochilar uyi harobalarini suratga olishga borgani haqida yozdi:

Umida Ahmedova 2016 yili «Ijodiy protesti uchun» Vatslav Gavel nomidagi xalqaro mukofot olgan edi

Kecha baribir Kinochilar uyiga borishga qaror qildim. Avzoyim xuddi motam marosimidagi kabi. Mening kayfiyatimini ko‘rib, O‘zbekistonning qaysidir uzoq viloyatlaridan kelgan yosh yigitlar, «Hechqisi yo‘q, yaxshirog‘ini quramiz», deya yupatgan bo‘lishdi.

Keyin boshliqlari keldi. Jiddiy tusda «dejur» iboralarni qo‘llay boshladi: «Hujjatingiz…» Go‘yoki allaqachon bu shahar seniki emas. 1981 yili bu yerga hali Kinochilar uyining vayron qilinishini suratga olishga borish tushga ham kirmagandi.

Taniqli kino ustasi Malik Qayumov Kinochilar uyi asoschilaridan bo‘lgan

O‘zbekistonda ilk bora kino muzeyi tashkil qilgan va kinochilar uyi rivojiga hissa qo‘shgan Oleg Karpovdan iqtibos keltirib, Ahmedova, agar astoydil harakat bo‘lsa, Kinochilar uyini saqlab qolish mutlaqo mumkin  ekanligini yozadi. Ya'ni birinchi galda buzg‘unchilarning yo‘lini jismonan to‘sish va kuchli axborot to‘lqini tashkil etish bilan. Buning uchun shunchaki jismonan tayyor yigirmatacha odamning, qaytaraman, harakati yetarli edi. Nimaga?

Gap shundaki, Kinochilar uyi o‘ldi, mustaqillik qo‘lga kiritilgan lahzadan boshlab, shunchaki keraksizligi bois. Rasman, darvoqe, uning Kinochilar uyi deya yuritila boshlangani hecham ayni ma'noni anglatmaydi.

Binoning reyderlik yo‘li bilan Kinematografistlar uyushmasidan tortib olinishi, mantiqan buning barobarida ayni uyushmaning yo‘q qilinishi, hech bir g‘azabsiz, nari borsa, jamoatchilik noroziligisiz o‘tdi.

Rassom Bahodir Jalolga oid «Abadiyat elchilari» freskasi ham Mirziyoev buyrug‘i bilan vayron qilinmoqda

«O‘zbekkino» rahbarlarida uning barcha maydonlarini shunchaki ijaraga berishdan bo‘lak tuzukroq g‘oya ham tug‘ilmadi. Tabiiy, ayrim faoliyat ko‘rinishlari qilindi, biroq shunda ham astoydil emas. Shu bois: «Kinochilar uyining restoranlarini bilaman, biroq uning o‘zida hech qachon bo‘lmaganman» kalimasi toshkentliklar fe'liga mos.

Menga alohida yoqqan tomoni, buzish haqidagi xabarlarning “PROlogue” qisqa metrajli filmlar festivali va prezidentning yaqinda (avgustda) e'lon qilgan «Milliy kinematografiyani rivojlantirish choralari» haqidagi balandparvoz qaroriga to‘g‘ri kelgani bo‘ldi.

Va biz Kinochilar uyini saqlab qolgan bo‘lardik, balki bu yerga bor-yo‘q niyati aqcha qilish bo‘lgan odamlar kelmaganida, buning shaxsiyatga daxli yo‘q. Bugun shunchaki uning foydasiz davr yodgorligi bo‘lishiga, varvarlarning navbatdagi bosqinidan omon qolishiga hech qanday imkoni yo‘q.

PS: Himoya qilish muammo emas, faqat nima uchun va kim uchun?

Umida Ahmedova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
15 aprel 2020
Joriy yilning apreli boshidan Toshkent ko‘chalarida BTRlarda yurib, karantin bois karnaylar orqali aholini uyda qolishga da'vat etish boshlandi. Biroq ...
17 oktyabr 2020
15 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 8 yoshli qizni 29 yoshli M.Z. erkak maktab hojatxonasida zo‘rlamoqchi bo‘lgan. Bu ...
13 may 2016
Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...