ART-DURBIN
17 fevral 2018

Dindorlar chaqirig‘idan so‘ng turk seriali to‘xtatildi

O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinayotgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi.

Bu haqda «Eltuz»ga filmni namoyish qilayotgan kanal muassislaridan biri ma'lum qildi.

Gap 2015-2017 yillarda Turkiyada kinoijodkorlar Hilol Saral va Ekin Pandir tarafidan suratga olingan “Qora savdo” seriali haqida ketmoqda.

Film 2017 yilning eng yaxshi telenovellasi deya topilib, «Emmi» mukofotini olgan edi

Bu serial O‘zbekistondagi qadimchi mullalar tanqidiga uchragan va hatto filmga ovoz bergan o‘zbek artistlari islomiy ekstremistlar tahdidiga nishon bo‘lgan edi.

Qadimchilar nazarida, filmda aks etgan “erlik ayolning xiyonati” mavzusi o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi. Qadimchi mutaassiblar organi bo‘lgan “portal” esa ekstremistik qarashlari bilan tanilgan grafomanning “Buni dublyaj qilganlar harom ish qilibdi va ular millat xoinidir”, degan gapini nashr qilishgacha bordi.

Bu gapga javoban bloger Dildora Mavlonova ularni “qutqargan qo‘lni chaqadigan ilonga” o‘xshatdi.

“O‘sha miyasiga qurt tushganlarning o‘zi harom. Ko‘rdik, eshitdik shunga o‘xshagan bittasining hayotini, serialdagi voqealar xijolatda-ku! Xalq yo‘lida mehnat qilayotgan artistlarimiz halol qilib pul topishadi. O‘sha tekinxo‘rlarning o‘zi harom. Bularga ozgina erkinlik bersang, boshqalarni bo‘g‘ishni boshlashadi”, deydi Mavlonova.

Filmning efirda to‘xtatilishidan xabar topgan tujjorlar zudlik bilan ayni filmning yangi seriyalarini diskka yozib sotishni yo‘lga qo‘yishdi.

Dunyoning 28 mamlakatida namoyish qilinayotgan bu film 2017 yilning eng yaxshi telenovellasi deb topilib, «Emmi» mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Film Nihon ismli ayolning muhabbat qissasidir.

Nihon bankrotlik yoqasida turgan boy biznesmenning qizi. Kamol esa qashshoq bir sartaroshning o‘g‘li.

Ular o‘rtasidagi muhabbat ijtimoiy tengsizlik to‘sig‘i bilan to‘qnashadi. Shu bois, Nihon sevganiga emas, balki boy otaning johil farzandi Amirga xotin bo‘ladi.

Amir va Nihon olov va muz kabi ikki qarama-qarshi unsur ekani filmdan ayon bo‘ladi.

Nihonning qalbi yana eski sevgilisida. Ularning keyingi taqdiri nima bo‘lishini o‘zbek teletomashabini telekrandan bila olmaydi. Chunki qadimchilar bu kinoni efir setkasidan olib tashlashga erishishdi.

Navbatdagi qadam nima? Shaxmat taqiqlanadimi? Ro‘molsiz ayollarning ko‘chada yurishiga taqiq qo‘yiladimi? «Paxtakor» stadioni qatlgohga aylanadimi? Tolibon va IShID normalari tatbiq qilinadimi?

Bu savollar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmenti muhokamasiga havola. Hozircha film tugadi.

Akmal Rizev
Munaqqid, eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 sentyabr 2023
Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Xorazm  viloyatlaridan kelgan. ...
1 fevral 2016
O‘tgan hafta O‘zbekistondagi vaqtli nashrlarning sarlavhalariga boshqa davlatlarga namuna bo‘lishi kerak bo‘lgan «o‘zbek modeli» tashviqotidan tashqari turli real haqiqatga ...
8 noyabr 2024
– Mana xafta zuvv etib aylanib, yana siz bilan yuzma yuzman.  MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
22 aprel 2019
Ukraina saylovida shoumen Zelenskiyning g‘olib chiqqani o‘zbek hajvchisi va telegram blogeri Nozim Safarini o‘z kanalida «prezidentlik saylovchasi» o‘tkazishga undadi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...