Rashidjon Qodirov hibsga olindi
O‘zbekiston prokuraturasi matbuot bo‘limi xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga Qodirovning qamoqqa olinmaganini, boshqa yana bir manba esa Qodirovning so‘roq qilinib qo‘yib yuborilganini aytdi.
Ayni paytda, sobiq Bosh prokurorning hibsga olinmagani, bir nechta saytlarda e'lon qilingan bu xabarlar mish-mish ekani haqida 23 fevral kuni Uznews.uz sayti «raddiya» bildirdi.
Biroq, Uznews sayti xabarida prokuraturadagi nomi keltirilmagan prokuraturadagi o‘z manbasiga tayanadi. Bosh prokuraturaning rasmiy sayti esa bu haqda raddiya bermagan.
Sobiq Bosh prokurorning hibsga olinganligi haqidagi xabarni «Eltuz» nashri o‘zining bir nechta manbasiga tayanib, 22 fevral kuni bildirgan edi. Manbaning aytishicha, Qodirov Zangiota tumanidagi xovlisidan qo‘liga kishan solinib olib ketilgan.
Shuningdek rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni bir necha nafar sobiq mulozimlar ham so‘roq qilingan. Ular orasida MXXning o‘tgan oy ishdan olingan sobiq raisi general Rustam Inoyatovning ham borligi iddao qilinmoqda.
«Eltuz» nashri voqealarni kuzatishda davom etadi.
Eltuz.com