Catira
6 mart 2018

To‘yga «g‘o‘daygan boshliq» borsa qamaladi!

«Bosh vazirdan tortib, hokimlargacha to‘y marosimlariga borishi man etiladi», dedi Shavkat Mirziyoev 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan audiosida.

Mirziyoev, shuningdek, «choyxonalarning yonida davlat mashinasi turganini ko‘rgan kuni» o‘sha amaldorni ishdan olishi va qamashini aytgan.

Prezident Mirziyoevga ko‘ra, to‘y eng ko‘pi 150 kishi uchun beriladi va faqat soat tushki 13 dan 14 gacha o‘tkazilishi mumkin.

«Qariyalar faqat non sindirishga boradi. Yoshlar to‘yga boradi. Shuning hammasini yozib qaror chiqarishga majburman endi», dedi prezident.

Mirziyoev bu gaplarini mamlakatda avj olayotgan korruptsiyani, adolatsizlikni yo‘q qilish uchun aytayotganini bildirdi. Uning fikricha, buning uchun hamma to‘ylar bir xilda o‘tishi, davlat amaldorlari to‘y ham, tug‘ilgan kun ham nishonlamasligi kerak.

«Mening o‘zim ham borganman. Hammamiz g‘o‘dayib borardik, moshinalarga minib, hamma qarab turadi… Bosh prokuratura, balo-blakatura! Bunaqa davr ketdi endi. Faqat oddiy to‘ylar, oddiy odamlar bo‘ladi! Xiyonatning oldini olgan bo‘lamiz bu bilan».

Ijtimoiy tarmoqda prezidentni qo‘llash bilan birga qarshi fikrlar ham yangramoqda. Kanadalik o‘zbek faoli, huquqshunos Dilsora Fozilovaning fikricha, to‘ylar va tug‘ilgan kunlarni qonun chiqarish bilan cheklab bo‘lmaydi.

«Chunki xalq mentaliteti va ijtimoiy axloq o‘n yilliklar va yuz yilliklar davomida shakllangan. Eng muhimi, bu shaxsiy masala, unga qandaydir cheklovlar qo‘yish kulgili», deydi kanadalik huquqshunos.

U yechimi oson bo‘lmagan isrofgarchilik va korruptsiya bilan bog‘liq muammo boshqacha hal qilinishi kerak, degan fikrda.

«Oddiygina to‘y orqali turmush qurgan yoshlarning bundan faxrlanishi to‘g‘risidagi hujjatli filmlar tayyorlash yo‘li bilan ommaga tezroq ta'sir o‘tkazish mumkin. Isrofgarchilikdan tejalgan mablag‘ muhim ishlarga sarf qilinganini ham xalq bilmog‘i zarur. Shunda ham bu uzoq vaqtga mo‘ljallangan reja bo‘lmog‘i kerak», deydi Fozilova.

Avstriyada yashayotgan o‘zbek shoiri Yodgor Obid esa xalq mutlaqo o‘z qadimiy udumlaridan voz kechmaydi, degan fikrda.

«Xalqimiz badanida uloqchilik ruhi bor. Chavandozlik bor. Chavandoz uloq chopib turmasa bo‘lmaydi! To‘ylar ham uloq chopishdek bir gap!…», deya yozadi u.

Prezidentning ayni to‘y yo‘riqnomasini aks ettirgan rassom Tuz «Eltuz» nashriga yangi karikaturasini jo‘natdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 mart 2022
O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova o‘z saytida Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Mikola Doroshenko bilan intervyu chop etishi ortidan Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail ...
12 may 2023
RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar jollimisizlar mo‘chchi bika ham xo‘jik birrilar Bormisiz, ...
26 oktyabr 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda populistlar tomonidan Frantsiya mahsulotlariga boykot e'lon qilish haqida chaqiriqlar paydo bo‘lmoqda. Kelinglar, bu tadbirdan kimga qanaqa zarar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...