Asosiy mavzular
2 mart 2023

Gorbi, Gorbi…

Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachyov tug‘ilgan kun.

Aynan Gorbachyov bergan hurriyat bois men – jurfakning oddiy talabasi mustaqil “Erkin so‘z” gazetasini nashr qildim, «Erkin yoshlar» uyushmasini tuzib, talabalarni harakatga keltirish tashabbuskorlaridan biri bo‘ldim. O‘shanda sovet mafkurasidan miyasi beton kabi qotgan domlalar senga bu jur'atni kim berdi deganida, Mixail Gorbachyov deganman.

Ayni jur'at qanotida O‘zbekistondagi ilk mustaqil TV tashkilotchisi bo‘ldim. Agar Gorbachyov bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Gorbachyovdan minnatdorman. Faqat bu minnatdorlik qatida ozgina gina-kudurat ham bor.

Bizga demokratiya, so‘z erkinligi va, eng muhimi, mustaqillik ato qilgan Gorbachyov boshimizga Karimov kabi bir johil mustabidni tikib ketdi. 1989 yilning 23 iyuni kuni Mixail Gorbachyov O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligiga Karimovni tayinladi.

Insof yuzasidan aytish kerak, Gorbachyov avval boshidanoq Karimov nomzodiga qarshi chiqdi va uning nomzodini tasdiqlamadi. Kadrlar bo‘yicha mas'ul Yegor Ligachyov ham Karimovga qarshi bo‘ldi. Ular tasarrufidagi ma'lumotlarda Karimov boshqalardan ajralmaydigan johil bir obkom kotibi edi.

Ammo SSSR tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze Gorbachyovni ko‘ndirgan. Sovet Ittifoqi kabi ulkan mamlakatning ming bir tashvishi bilan band Gorbachyov shartli tarzda bu nusxani O‘zbekistonga rahbar qilib qo‘ydi. U yog‘i nima bo‘lganiga tarix guvoh.

Baribir Gorbachyovga uzoq umr tilayman va u o‘zi yaratgan kaltakesaklardan uzoqroq yashaydi, deb umid qilaman.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 iyun 2018
O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» ...
15 noyabr 2021
Toshkent va Xorazmga sayohatim va ko‘rgazma haqida o‘zim hikoya qilsam. Turk ota so‘zida aytilganidek, «o‘ksiz o‘z kindigini o‘zi kesadi». ...
17 fevral 2016
Kuni kecha bir qator OAV tomonidan, Aramais Avakyan ishi bo‘yicha yashirincha xukm chiqarilgani, va ushbu jinoiy ish ayblanuvchilari 14 ...
1 mart 2017
O‘tgan hafta Kiev sudi Islom Karimovning bevasi Tat'yana Karimovaning jiyani Akbarali Abdullaevni O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya talabi bilan bir ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...