Maktab o‘quvchilari qanday kiyinsin?
Cinov tariqasida taqdim etilayotgan, 15 aprelda suratlari paydo bo‘lgan maktab formasi ijtimoiy tarmoqda bahslarni keltirib chiqarmoqda.
«Sharq liboslari» dizaynerlik shirkati ishlab chiqqan dastlabki namunalar, «Eltuz» nashriga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi 91 hamda Sirdaryo viloyatidagi 4-maktablarda sinalmoqda.
Biroq rasmlar tagidagi izohlarda kimlargadir uning nimanidir eslatuvchi rangi, kimlargadir esa odatdagidek qizlar yubkasining kaltaligi yoki uzunligi yoqmaganligini o‘qish mumkin.
Umuman, barcha maktablar uchun yagona forma shartmi, unda Shimoliy Koreyadan farqimiz qoladimi, deguvchilar ham yo‘q emas.
Muhokama o‘z yo‘liga, lekin «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, O‘zbekistonda yagona maktab formasiga doir bu tajribalar shunchaki o‘tkazilayotgani yo‘q.
Ushbu tajriba o‘quv yili oxirida yakunlanadi va kelgusi yildan barcha maktablarga yagona maktab formasi tatbiq etiladi.
Demak, bu endilikda ota-onalar hukumat tanlagan shirkat kiyimlarinigina xarid qilish majburiyatida qolishlarini ham anglatadi.
Eltuz.com