Catira
26 aprel 2018

Toshkentda begona urushning ruscha ashulasi kuylandi

O‘zbekiston mudofaa vazirligi ansambli artistlari Toshkent metrosida 9-mayga kuniga atagan aktsiyalarni boshlashdi va bunga qarshi rossiyaparastlik tadbirini to‘xtatish chaqiriqlari paydo bo‘ldi.

25 aprel kuni tarqalgan videoda artistlar, Rossiyaning Ukraina sharqidagi urush harakatlari va Qrim okkupatsiyasini eslatuvchi «Georgiy lentalari» ham aks etgan.

Ikkinchi jahon urushi davri rus harbiylari formasidagi artistlar metro stantsiyalarida urush qo‘shiqlarini kuylashadi.

«Bu urush – biz uchun begona urush edi. Bu urushda yuz minglab vatandoshlarimiz qurbon keltirildi. Endi esa begonalar g‘alabasini bayram qilishni bizga taklif qilishmoqda» dedi taniqli o‘zbek kinorejisseri Abdulaziz Mahmudov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Anvar Nazir, Fahriddin Tojimurod va yana o‘nlab shaxslardan iborat o‘zbek faollari guruhi rus mustamlaka siyosatini tamsil qiluvchi aktsiyalarni to‘xtatish yuzasidan, prezident Shavkat Mirziyoevga murojaat tashabbusi bilan ham chiqishdi.

«Sovetlarning mustamlaka tizimida qolgan xalqimiz siyosiy taqdiri Ikkinchi jahon urushining ibtidosi bilan ham, xotimasi bilan ham mantiqan bog‘lanmagan…» deyiladi jumladan imzolar yig‘ilayotgan murojaatda.

Taniqli o‘zbek kinorejisseri Abdulaziz Mahmudov metrolardagi tadbir, oddiy odamlar tashabbusi bilan qilinayotganiga shubha bildiradi.

«Bu aktsiyalar, aftidan prezident Shavkat Mirziyoevning iznisiz ham bo‘lmayapti. Zotan Mirziyoevning o‘zi mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni hamdir.

Biz zambarak yemi o‘rnida begunoh o‘ldirilgan odamlarni xotirlashimiz mumkin, lekin bu kunni bayram qilib, «Katyusha»ga raqsga tusha olmaymiz. Qo‘shiq satrlariga e'tibor bering:

Olma-noklar gulladi,
Daryo ustini esa tuman qopladi!
Va qirg‘oqqa chiqdi Katyusha
Eng baland va tikka qirg‘oqqa…

Axir bu Rossiya bahori manzarasiku, o‘zgalar tumanida adashishdan qo‘rqmaysizmi janob prezident?» deya xitob qiladi Abdulaziz Mahmudov prezidentga.

Mudofaa vazirligining metro stantsiyalarida Rossiya urushiga bag‘ishlangan aktsiyasi 9-mayga dovur to‘xtovsiz davom etishi bildirilgan. Rassom Tuz esa o‘z istilochilarini sog‘inib, «Katyusha»ni kuylayotgan o‘zbeklar rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 noyabr 2024
AQShdagi saylovlar arafasida Tramp haqidagi «Shogird» (The Apprentice) badiiy filmi namoyish etildi. Filmda yosh biznesmen Jey Tramp Manxettenda uyma ...
31 yanvar 2018
O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi ...
5 sentyabr 2023
Kaliningradda otboqar bo‘lib ishlaydigan Samandar ismli o‘zbek voyaga yetmagan o‘ris qizni olib qochib uyiga oborib boylab qo‘ydi. Qiz qutqarildi. ...
20 aprel 2020
Xotiralarimda o‘tgan asrning 70-yillari aurasiga kirib qoldim, chiqish oson bo‘lmayapti… G‘arb she'riyati haqida yozilgan turkum maqolalarga jahli chiqqan, o‘zini ...
Bloglar
18 iyun 2025
«O‘zbekcha fikrlash»ni musorga otvormasak dunyoga razil bo‘lishda davom etamiz.Nima o‘zi «O‘zbekcha fikrlash»?Masalan O‘zbekiston qonunida «jins ...
16 iyun 2025
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti. Drama yozadigan birorta ...
9 iyun 2025
Qadimgi turk bitiklari qisqa va chuqur ma'noli bo‘lgan. «Tashingdan barcha kishi kabi ko‘rin. Iching go‘zal ...