Mesut O‘zil irqchilik bois terma jamoani tark etdi
«Arsenal» klubi yarim himoyachisi, 29 yoshli Mesut O‘zilning turk ekanligi Germaniyaning jahon chempionatidagi omadsizligi bois, uning yuziga solindi.
«Agar g‘olib chiqsak – biz nemis, yutqazcak kelgindimiz», – deya yozdi u o‘z tvitterida.
Asli Germaniyada tug‘ilgan O‘zil bu mamlakat terma jamoasida to‘qqiz yil davomida to‘p surib, 23 gol kiritgan. 2014 yilgi jahon kubogida mamlakatning oltinga sazovor bo‘lishida ham O‘zilning hissasi katta.
Nemis termasidagi turk o‘yinchilari, jumladan, «Arsenal»dagi Mesut O‘zildan tashqari «Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘on va «Everton» hujumchisi Senk To‘sin sha'niga ham jahon chempionatidagi mag‘lubiyat bois malomatlar yog‘ilgan edi.
Ziddiyatga sabab bo‘lgan Erdo‘g‘on bilan tushgan suratini atay e'lon qilganiga sha'ma qilarkan, O‘zil:
«Men ortiq gunoh echkisi bo‘lishni istamayman. Chunki (Reynhard Grindel DFB prezidenti. Eltuz) o‘z ishini eplolmadi. Shu rasmni qo‘ymasam ham jamoadan meni haydashini bilardim», deya yozdi u.
Futbol yulduzi ilgari nemis maykasini iftixor bilan kiygani, biroq boshqaruv personalidagi millatchilik va hurmatsizlikdan so‘ng ortiq bunday qila olmasligini bildirdi.
«Garchi Germaniya menga ko‘p narsalar berdi va bu yurtda ko‘p yaxshi insonlar bor!» deya yozdi Mesut O‘zil ijtimoiy tarmoqda qoldirgan bayonotida.
Eltuz.com