Asosiy mavzular
18 aprel 2024

Isroil-Eron mojarosi: Endi nima bo‘ladi?

Isroilning Suriyadagi Eron vakolatxonasiga qilgan hujumiga Tehron dronlar yomg‘iri bilan javob berdi.

Hozirda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savol: Endi nima bo‘ladi? Bu savolga Eltuz tahlilchisi javob topishga harakat qilib ko‘rdi.

Ko‘p narsa Isroil va AQShning qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq.

AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Isroil Eronning raketa va uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirib, “dushmanlariga uning xavfsizligiga samarali tahdid sola olmasliklari haqida aniq messej berdi”.

Biroq, paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Isroil erishgan «g‘alaba bilan cheklanishi» zarurligi va Eronga qarshi har qanday harbiy amaliyotda AQShning yordamiga umid qilmasligi kerakligi haqida ogohlantirgan.

Eron va Isroil ochiqdan ochiq urush boshlashi yoki yashirin harbiy ziddiyatni davom ettirishi bir qancha omillarga bog‘liq.

Birinchi navbatda, ham Isroil va ham Eron hukumati mamlakat ichidagi kayfiyatga qarab ish tutishadi.

Netanyaxu G‘azoga bostirib kirgani va qolaversa Isroil Oliy sudiga ta'sir o‘tkazishga uringani tufayli mamlakat aholisi bosimi ostida qolmoqda.

Eronda ham, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xabar berishicha, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yaxshi emas. Buning ustiga mamlakat rahbyariyati dissidentlarni shafqatsizlik bilan qatag‘on qilmoqda.

Ichki muammolardan tashqari Eron va Isroil ochiqcha urush oqibatlarini tarozida o‘lchab ko‘rishga majbur.

Eron ham, Isroil ham urush uzoq davom etsa hech kim g‘olib chiqmasligini yaxshi biladi.

Albatta, Isroil armiyasi Eronga qarshi havo va raketa hujumlarini amalga oshirishga qodir. Bu kuchni Isroil harbiylari Suriya va Livanda ko‘p yillardan buyon namoyish etib keladi.

Biroq, Eronga qarshi uzoq muddatli harbiy amaliyot Isroilni muammolar girdobiga tortishi mumkin. Isroil qo‘shinlari soni Eron qo‘shinlari sonidan oz. Qolaversa, ikki mamlakat bir-biriga yaqin masofada joylashgan.

Bundan tashqari, Eronga ochiq hujum boshlasa Isroil o‘z harbiy resurslarini G‘azo, G‘arbiy Sohil va shimoliydagi qo‘shnisi Livanga kamroq ajratishga majbur bo‘ladi.

To‘g‘ri, Isroil o‘tmishda ham mintaqaviy raqiblari bilan urushga kirishgan va ularni mag‘lub etgan.

Biroq, 1967 va 1973 yillardagi Arab-Isroil urushlari boshqa, dronlarni ishlatish va kiber operatsiyalarni o‘tkazishga qodir Eronga qarshi urush boshlash boshqa.

Eron ham ziddiyatning urushgacha borishini istamaydi. Tehron 13 aprel kuni ballistik raketalar, dronlar va qanotli raketalarning katta arsenaliga ega ekanini namoyish etdi.

Biroq, Isroil ham AQSh yordamida Eron hujumini bartaraf etishga tayyorligini ko‘rsatdi.

Bu ehtimollar hisobga olinsa Eron o‘zining noan'anaviy strategiyasi – proksi urushga qaytishi mumkin.

Isroil ham Eron hududida harbiy istehkomlarga aniq raketa hujumlarini uyushtirish bilan cheklanishi mumkin.

🚀Telegram (http://t.me/eltuz2022) |🔵Facebook (https://www.facebook.com/eltuzcom) |
🐦Twitter (https://twitter.com/ElTuz7) |📷Instagram (https://instagram.com/eltuz2015) | ▶️YouTube (https://youtube.com/@eltuz)

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2022
O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi kishini sergaklantiradi. 20 yillik shartli qamoqqa hukm etilgan Kozim To‘laganov hokimiyat tizimiga qaytdi. Korrutsiyaga aloqador Abdulla ...
11 avgust 2021
“Xiva shahri – turk dunyosi poytaxti” dasturi doirasida Turkiyaning Nevshehir viloyati hududida joylashgan O‘rtahisor yoki boshqa nomi Kapadokiya shaharchasida ...
20 oktyabr 2022
Muhbir: Solih aka. Bugungi suhbatimizda oilangiz haqida gaplashsak. Ya'ni Madaminbek oilasida tug‘ilgan farzandlar haqida. Siz to‘ng‘ich o‘g‘ilsiz.Muhammad Solih: Men ...
12 fevral 2018
O‘tgan yillar davomida o‘zbek muxolifati yetakchiligiga da'vogarlik qilganlar ko‘p bo‘ldi. Ular hozir ham shu da'vosidan voz kechmagan. Bu da'vo ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...