Asosiy mavzular
19 sentyabr 2018

Sotganimizdan olganimiz ko‘p

Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida O‘zbekistonning tashqi savdo
aylanmasida import sur'atining o‘sishi eksportnikidan qariyb yetti barobardan ko‘proqni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 20,6 milliard dollarni tashkil etgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,5 foiz o‘sgan.

Eksport hajmi 8,6 dollar bo‘lib, o‘sish 4,4 foizni tashkil etgan. Import esa 12 millard dollar hajmida bo‘lib, 31,2 foiz o‘sgan.

Agar rasmiy ma'lumotlarni tahlil qilsak, O‘zbekiston xizmatlar (23,1 %), energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari (20,4 %) va oziq-ovqat mahsulotlari (8,6 %) eksportida sezilarli o‘sishga erishganini ko‘rish mumkin.

Eng e'tiborlisi, joriy yilda mamlakat eksportida paxta tolasining ulushi arzimagan 3,1 million dollarni tashkil etdi. Bu holat O‘zbekiston paxta tolasini xomashyo sifatida xorijga sotishni ancha kamaytirganidan dalolat beradi.

Bu holat importda ham o‘z aksini topgan. Mamlakat paxta tolasini qayta ishlaydigan mashinalar xaridi uchun 361 million dollar sarflagan. Bu so‘nggi yillarda kuzatilayotgan tendentsiyadir.

Buning natijasi hozirdanoq sezilmoqda. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 870 million dollardan oshgan yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foiz o‘sgan.

Xizmatlar eksportining ko‘payganini esa O‘zbekistonning yaqin qo‘shnilari bilan aloqalari yaxshilangani, shuningdek, turizm rivojiga qaratilgan islohotlar natijasi deyish mumkin.

Chunki eksportning bu turida asosiy ulush transport xizmatlari va
sayyohlik sohalariga tegishlidir.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga katta e'tibor berilyapti. Shu maqsadda paxta maydonlari qisqartirilayotgani ham bor gap.

Buning natijasi o‘laroq, joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sezilarli o‘sgan. Hali O‘zbekistonda takroriy ekinlardan ham yaxshigina hosil kutilayotgani inobatga olinsa, bu tarmoqdagi eksport hajmi kattagina miqdorni tashkil etishini bashorat qilsa bo‘ladi.

Ko‘pchilik Islom Karimov davrida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida har doim ijobiy saldoga erishilishiga o‘rganib qolgandi. Endi bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilmadik.
Lekin joriy yilgi sakkiz oylik sarhisobi tashqi savdoda 3,4 mlrd.
dollarlik salbiy saldoga yo‘l qo‘yilganini ko‘rsatmoqda.

«Bunga sabab O‘zbekistonning o‘z iqtisodiyotini jadal sur'atda
modernizatsiya qilishga kirishganidir, – deydi mustaqil tahlilchi Abdulla Raupov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida. – Chunki bu davrdagi importning 40 foizi mashina va uskunalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Uning fikricha, agar bu holat uzoq muddat davom etmasa, iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi samarasi o‘laroq tezda tashqi savdoda ijobiy saldoga qaytamiz.

“O‘zbekiston o‘zining xalqaro maydondagi imijini tobora yaxshilab
bormoqda. Bu esa uning tashqi qarzlar olish imkonini oshiradi. Agar biz iqtisodiyotni modernizatsiyalash uchun yangi texnologiyalar xarid qilayotganimiz sababli bir-ikki yil davomida tashqi savdoda minus saldo kuzatilsa, buning o‘rnini tashqi qarzlar bilan qoplab turish imkoniyati bor. Bu iqtisodiyot uchun unchalik qo‘rqinchli emas”, dedi mustaqil kuzatuvchi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 may 2019
Magnitni birinchi marta ushlab ko‘rganimda, bir tomoni tortishi va yana bir tomoni o‘zidan itarishini o‘zim uchun kashf qilgan edim. ...
11 mart 2020
Koronavirus: «Kunlar isidi. O‘limim yaqin. Alvido, Toshkent!» Rassom Kirpi
27 sentyabr 2023
Adliya tizimi va qonunlar ishlamay qo‘ysa, davlat qaroqchi va talonchilar to‘dasiga aylanadi. Bu aqlli gapni bir ming yettiyuz yil ...
29 aprel 2019
O‘zbekistondagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi Iskandar Xalilov xizmat mashinasi sifatida minib yurgan «Malibu-2» avtomobili tarmoqlarda bahs uyg‘otdi. “Vaqf” ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...