Paxtaga qo‘li tekkan odam baxtli bo‘ladimi?
Bu yilgi paxta terimi mavsumida Farg‘ona viloyatida olingani aytilayotgan, ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan fotosuratlarda “Paxtaga qo‘li tekkan odam – baxtli odam!” shiori aks etgan.
O‘zbek paxtachiligining bu yangi shiori ijtimoiy tarmoqda kulgili memlarga aylandi.
«Aytdim-a, nega hech bir ishda BAXT kulib boqmayapti deb!? Bugun «aptechniy» paxtaga qo‘limni qayta-qayta tekizib oldim…», deya yozuv qoldirdi curat ostiga chirchiqlik Ilhom Karimov.
«Paxtaga qo‘li tegmagan odamlar baxtsizmi?» deya savol yozdi shunday rasm aks etgan post ostiga Zikrilloxon Ergashev ismli yuzer.
Boshqa yuzerlar ham «agar shunday bo‘lganida dunyoda baxtsiz odamning o‘zi qolmasdi», degan mazmundagi fikrlarni yozishmoqda.
2018 yilgi paxta mavsumi bir-biridan absurd shiorlari bilan tarixga kirdi.
Avvalroq tarmoqda o‘zbek imomlarining «Paxta terish ibodatdur!» degan kalimasini qaytarish urf bo‘lgan edi.
Eltuz.com