Kuylagim Potinikidan chiroyli bo‘lsin!
Yangi yil arafasida 9 yashar o‘zbek qizi Madina qorboboga xat yozdi. Nega lotindamas, kirillda yozding, degan savolga qizaloq Toshkentdagi rus maktabining 4 sinfida o‘qishini bildirib, daftarini ochib ko‘rsatdi.
Qizaloq xatida Qorbobodan quyidagi sovg‘alarni jo‘natishni iltimos qildi:
» 1) Adajonimning tuflisiga qora krem. 2) Ayajonimga manti qasqon. Qo‘shnimiz manti qasqonimizni qaytib bermayapti. 3) Samir ukamga papka. Chunki papkasining rangi menga yoqmaydi. 4) Kichkina ukam Mustafoga bir pachka pampers. Ikki pachka bo‘lsayam mayli. 5) Buvijonimga davlenieni tushiradigan dori».
Xat so‘nggida imzo qo‘yarkan, kamtarlik bilan yana shuni qo‘shimcha qildi.
«Mening ismim Madinabonu, vecherniy kuylak Potinikidan chiroyli bo‘lsin».
Xo‘sh, siz yangi yilda Qorbobodan nimalarni so‘ragan bo‘lar edingiz?
Eltuz.com