Ko‘zqarash
23 avgust 2019

Mirziyoev 300 millionlik yangi uchoqni qaysi pulga oldi?

Mamlakat turg‘unlarining buzilayotgan uylari uchun bozor narxida tovon talab qilishi ochko‘zlik ekan. Prezident samolyoti uchun 300 mln. to‘lansa, mayli.

Nima endi, beravuringlar! Xalqda pul bor-ku. Gaz-svet-suv narxi qancha oshirilmasin, to‘lashayapti. Benzin narxini qancha oshirishsa ham xarid qilishyapti-ku.

Prezident allaqachon bizning hisobimizdan o‘ziga yangi rezidentsiyalar qurdi. O‘z kortejini kengaytirdi, minimum ikkita avtomatchilar mashinasi qo‘shildi.

Triatlon go‘yo mamlakat uchun eng zarur narsa kabi bizning hisobimizdan rivojlantirilyapti. Tag‘in ayni (prezident uchoqlari) borti uchun Tuzelda maxsus aeroport qurilib, uning ostiga tushadigan uylarni buzisharkan.

Garchi hukumatning yangi davlat shifoxonalari, davlat maktablari va bog‘chalar qurilishiga puli yo‘q. Saratonga uchragan bolalarimizni davolatish uchun butun dunyodan xayriya yig‘amiz. Garchi ijtimoiy uylar Antaliya va Moskva atrofidagi uylar narxida sotilmoqda. Garchi ipotekani 24%ga berishyapti.

Ey siz, mansabdagi mirzalar, AOKA mulozimlari, o‘z prezidentingizga eslating, u xorijda qashshoq bir mamlakatni tamsil qiladi. Buning ustiga, endi davlat tashriflari tugab qoldi, chet elga endi ko‘plab safar qilinmaydi, endi asosan MDH va ShHT bo‘yicha boriladi, xolos. Demak, samolyot bekor turib qoladi. Yoki prezident oilasi o‘z ishlari bilan uchadimi?

“Ko‘rpangga qarab ayoq uzat”, degan maqol bor. Bu gap faqat insofli o‘g‘rilargagina tegishli emas.

Farida Sharifullina
Feysbukdagi «Tashkent-SNOS» guruhi blogeri
Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
15 sentyabr 2017
So‘zsiz surat. Rassom Tuz Eltuz.com
17 may 2019
Shu kunlarda O‘zbekistonda davom etayotgan fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi ko‘proq tayinlov tusini olayotgandek. Chunki, joylardan olinayotgan ...
1 mart 2023
Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin¸ o‘likni yuvg‘uchi yuvib¸ go‘rkov ko‘msin. Bu maqollarda har bir ishni o‘z mutaxassisi qilishi zarurligi ...
4 may 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...