Ko‘zqarash
18 avgust 2020

Tushimga koronavirus kiribdi…

Tushimga koronavirus kiribdi. Bemorlikka gumon qilinayotganlar test topshirayotgan kattagina xonada ekanman. O‘zim sog‘lom ekanman ammo.

Mengayam virus yuqmasin deb tezlikda xonani tark etdim va uyg‘ondim. Bitta ko‘rpachani buklab bolish qilib, palos to‘shalgan polda uxlab qolgan ekanman.

Kecha rosayam charchagandim. Kechroq suvdan qaytgach, qattiq charchaganimdan hatto joy solishga erinib, yonboshlab yotgan joyimda uxlab qolibman.

Tushimga tojdor o‘lat kiribdi. Virus mengayam burnimdan kirib yuqmasin, deb tezlikda uyg‘ondim.

Uyg‘ongach, nafas olishimga diqqat qildim: burnimdan ravon nafas olyapman, tomoqda qirilish yo‘q, xontaxta ustidagi olmalardan birini hidladim- xushbo‘y.

Baribir ehtiyotkorlik kerak: bitta piyozni kosaga to‘g‘rab rosa hidladim.

So‘ng yana uxladim. Tagimga ko‘rpacha solishga hafsala qilmadim.

Quruq polda yotish bo‘g‘imlarni davolaydi.

Tong beshda uyg‘onibman.

Dalaga jo‘nadim. Bog‘im va moshimga suv kirayotgandi, shulardan xabar oldim. Yalang oyoq suvga tushib, suv buzgan jo‘yaklarni to‘g‘riladim.

Oyoq og‘riqman, ertalabdan suvga tushish zarar, deb o‘yladim. Lekin tizzamdan suv va loyga botib ishimni qilaverdim.

Bog‘im va dalada ancha ishladim.

Soat sakkizga yaqin uyga kelib yanchigan loviyamni qopladim.

Boshqa ishlar ham qildim.

Charchadim.

Daladan qaytishda yo‘lda bir dona somsa olgandim, shuni achchiq qalampirga qo‘shib yedim. Asalchoy ham ichdim.

Internetni yoqib, xabarlarni o‘qidim.

Bularusda nima bo‘lyapti ekan, deb o‘yladim. Belarusga oid yangi xabarlarni qidirdim.

Qaysi mamlakatda bo‘lmasin, diktatorning hokimiyatdan ketishi meni sevintiradi.

Demak, ertalabdan ko‘p ishlarni bitirdim. Ayni damda cho‘zilib yotibman. Nazarimda, ertalabdan ancha ishlarni eplasam-da, hech ish qilmaganga o‘xshayman. Dangasaman deb o‘ylayapman. Bir oz dam olib yana dalaga, bog‘imga jo‘nayman. Ish ko‘p.

Yozuvchi Rahimjon Rahmat hikoyalaridan

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2021
Bu 1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka“ gazetasi. Gazetada so‘nggi 27 yil ichida o‘zbek millatiga berilgan yagona siyosiy tanlov ...
14 noyabr 2024
Uotson 1889 yili Rossiya imperiyasi ishg‘oli ostidagi Rus Turkistoni deb ataladigan o‘lkalarni kezib suratlar oldi. 1899 yili bu suratlar ...
1 sentyabr 2021
“Eltuz” tahririyati feysbuk messenjeri orqali vahimali, ayni paytda xavotirli bir murojaat oldi. U o‘zini “IIVning xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlovchi ...
26 mart 2020
Koronavirus nima?  Viruslarning keng tarqalgan oilasini tashkil etuvchi koronaviruslar odam va hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atishi isbotlangan xususiyatlarga ega. Qator koronaviruslar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...