Ko‘zqarash
18 avgust 2020

Tushimga koronavirus kiribdi…

Tushimga koronavirus kiribdi. Bemorlikka gumon qilinayotganlar test topshirayotgan kattagina xonada ekanman. O‘zim sog‘lom ekanman ammo.

Mengayam virus yuqmasin deb tezlikda xonani tark etdim va uyg‘ondim. Bitta ko‘rpachani buklab bolish qilib, palos to‘shalgan polda uxlab qolgan ekanman.

Kecha rosayam charchagandim. Kechroq suvdan qaytgach, qattiq charchaganimdan hatto joy solishga erinib, yonboshlab yotgan joyimda uxlab qolibman.

Tushimga tojdor o‘lat kiribdi. Virus mengayam burnimdan kirib yuqmasin, deb tezlikda uyg‘ondim.

Uyg‘ongach, nafas olishimga diqqat qildim: burnimdan ravon nafas olyapman, tomoqda qirilish yo‘q, xontaxta ustidagi olmalardan birini hidladim- xushbo‘y.

Baribir ehtiyotkorlik kerak: bitta piyozni kosaga to‘g‘rab rosa hidladim.

So‘ng yana uxladim. Tagimga ko‘rpacha solishga hafsala qilmadim.

Quruq polda yotish bo‘g‘imlarni davolaydi.

Tong beshda uyg‘onibman.

Dalaga jo‘nadim. Bog‘im va moshimga suv kirayotgandi, shulardan xabar oldim. Yalang oyoq suvga tushib, suv buzgan jo‘yaklarni to‘g‘riladim.

Oyoq og‘riqman, ertalabdan suvga tushish zarar, deb o‘yladim. Lekin tizzamdan suv va loyga botib ishimni qilaverdim.

Bog‘im va dalada ancha ishladim.

Soat sakkizga yaqin uyga kelib yanchigan loviyamni qopladim.

Boshqa ishlar ham qildim.

Charchadim.

Daladan qaytishda yo‘lda bir dona somsa olgandim, shuni achchiq qalampirga qo‘shib yedim. Asalchoy ham ichdim.

Internetni yoqib, xabarlarni o‘qidim.

Bularusda nima bo‘lyapti ekan, deb o‘yladim. Belarusga oid yangi xabarlarni qidirdim.

Qaysi mamlakatda bo‘lmasin, diktatorning hokimiyatdan ketishi meni sevintiradi.

Demak, ertalabdan ko‘p ishlarni bitirdim. Ayni damda cho‘zilib yotibman. Nazarimda, ertalabdan ancha ishlarni eplasam-da, hech ish qilmaganga o‘xshayman. Dangasaman deb o‘ylayapman. Bir oz dam olib yana dalaga, bog‘imga jo‘nayman. Ish ko‘p.

Yozuvchi Rahimjon Rahmat hikoyalaridan

Tag‘in o‘qing
15 fevral 2021
O‘sha qadim, qadim zamonlarda davlati boy, odamlari erkin, baquvvat, oilalari baxtiyor, adolat ustun bo‘lgan mamlakatga to‘satdan yov bostirib kelibdi. ...
25 mart 2022
Mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik tuyg‘usi ozgina bo‘lsa ham ichida borlar bilan suhbat qurayotganimga ishonaman. Ular balki ming, balki ...
25 sentyabr 2018
Bu yil bahordagi yig‘ilishda fermerlarga achchiq qalampir ekish topshirildi.  Bunga O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi qarori ijrosini ta'minlash asos qilib ko‘rsatildi. ...
4 oktyabr 2016
Karimovning 27 yillik iqtidori davrida, iqtisod, madaniyat, maorif jar yoqasiga keldi. Shavkat Mirziyoev esa, ko‘p o‘ylab o‘tirmasdan, ustozidan o‘rgangan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...