Asosiy mavzular
11 noyabr 2021

Vazirlikdagi Rustamning «ishqi» doston bo‘ldi

Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni nazorat qiladigan institutning o‘zi yo‘q, javobgarlikning o‘zi yo‘q, menimcha. Bo‘lmasa, 2 oyda berilishi kerak bo‘lgan javob 6 oydan keyin bemalol berilmasdi.

Davlat tashkilotlarida nazorat yo‘qligi o‘zboshimchalikka olib kelgan doim. O‘zi akkreditatsiya nega buncha muddatda berilishi kerak?

Balki yangi O‘zbekistonda «tashqi yovuz, qora kuchlar» farazimizdan voz kecharmiz? Qachongacha sun'iy dushmanlar bilan yashaymiz? Eski davrdan qolgan «teshik tog‘oralar»dan qachon qutulamiz?

«Vazirlikda shunday «suyuqlarimiz» bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz«

Hozirgi holatdan kelib chiqsak, vaziyat shu darajadaki, bu xuddi o‘zimizdagi ayrim «holat»larni ham eslatadi. Ya'ni sening qo‘lingda biror «richag» bo‘ladi. Bu «richag»dan manfaatdor ayol senga «intim xizmat» qilishi kerak. Shundan so‘ng sen tegishli «knopka»ni bosasan. Maqsad – nafsni qondirish.

Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. «Ma'naviyat» g‘umbaklariga yashiringan ayrim hokimlar, ayrim maktab direktorlari, ayrim bog‘cha mudiralari va boshqalar bunga misol bo‘la oladi. Mayli, to‘liq oshkor qilmay. Bog‘ishamol taraflarga bir o‘tgum bor. Tushungan tushundi, xullas.

TIV xodimiga esa tezkor xizmat tekshiruvi kerak. Bu holat tashqi, hammaga kulib turadigan yuzimizga katta salbiy ta'sir o‘tkazishi aniq. Uchinchi – eng asosiysi, hali ham bizda OAVning asl maqsadi nima ekani, nega bir vaqtlar uchinchi hokimiyat unga ehtiyoj sezgani uchun paydo bo‘lganini tushunmaydiganlar ko‘p.

Afsuski, davlat idoralarida bundaylar talaygina. Eski davr merosi shu bo‘lsa kerak. Qutula olmayapmiz. Kichik ishlarini ham hamma ko‘rishini istaydigan amaldorlarga to‘la bizning idoralar. Yana qarsak chalmaslik kerak, deydiganlarning o‘zi har gapida qarsakka ishora qilib «pauza» saqlaydi. Xullas, ot izi it iziga aralashib ketgan. Hamma narsa g‘alatisifat.

Zafarbek Solijonov
jurnalist

Tag‘in o‘qing
29 dekabr 2016
Kechayotgan 2016 yil O‘zbekiston tarixiga 27 yil umr surgan mustabid Karimovdan qutulish yili bo‘lib kirdi. Lekin voqealar zanjiriga qarasak, ...
19 may 2018
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari manglayiga ruchka bilan «2» qo‘ygan o‘qituvchilar ishi prokuraturaga oshirildi. Toshkent viloyati xalq ...
12 noyabr 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...