Asosiy mavzular
29 aprel 2021

O‘zbek urf-odati ayollarni baxtiqaro qilish uchun o‘ylab topilgan

Feminizm deya og‘izlaringning ikki chetida tupuk yaltirab tirjayasizlar, o‘zlaringcha iyaklaringni ko‘tarib kinoya qilasizlar, go‘yo bizning jamiyatda qiz-ayollar tamom erkindek.

Unday emas, hurmatli toshbolta, kesakboltalar, ayollarimiz aksari zulmga ko‘milib yashaydi. Bizdagi urf-odatlar, qadriyatlar, erkaklarning oilaviy tarbiya hosilasi bo‘lgan xarakterlari ayollarni baxtsiz qilishga qaratilgan.

Bizlar ayollarga nisbatan munosabatda o‘rta asrlardan pastroqdamiz.
Insoniyat dunyoga Kafkaga ozor berish uchun tug‘iladi, degan gap bor.
Biz shu gapni bir oz o‘zgartirib, aksari o‘zbek erkagi dunyoga ahli ayoliga zulm qilish uchun keladi, deymiz.

Debil, alkash, mardikor o‘zbek erkagi uchun umr yo‘ldoshi qo‘y, mol, buyum, odam emas.
Ehhe, qancha ayollar oilaviy zulm ostida yashashini bilmaysizlar.

Bo‘yni ingichka, oyoqlari ozg‘in, yuzlari rangpar, betining bir tomoni qo‘tirsifat, na bilimi bor, na hunari bor, bu dunyoga kelib onasi pishirgan ovqatni chalpillatib yeyishdan boshqa ishni qotirmagan o‘zbek yigiti uylangach, xotinini biqiniga tepishdan boshqa ishni qoyillatmaydi.

Menga qolsa xotinurar kuyovlarni to‘ppa-to‘g‘ri og‘zidan otgan bo‘lardim.
Xotinurar yigitlar, eshakka xushtorlik qilib yuraveringlar, qizlar sizga hayf.
Ayollarimiz oilada mislsiz zulm ko‘radi.

Yigitlarimizning ongi itning ongidan ham past.

Feminizm kerak.

Fikrlamasam, ko‘ngil kechinmalarimni oshkor etmasam, qo‘tir dunyoga nafratimni bildirmasam, ba'zan kuyunganimni, ba'zan suyunganimni namoyon etmasam, betim bezga, ko‘zim po‘stakning yirtig‘iga aylansa, xo‘sh, o‘shanda yaxshi odam, namunali insonga aylanamanmi?

O‘zimdagi tiriklik alomatlarini batamom yo‘qotsam, qalbimga qulf urib, aqlimni sukutga hibs etsam, xo‘sh, ayting-chi, risoladagi inson hisoblanamanmi?
Kosmik kema topib beringlar, ana, oyga ko‘chib ketaman.

Nahangga aylanib okeanga sho‘ng‘isam ham bo‘laveradi.

Yaxshisi, ishq dardimni boshimga alam aylab sahroga jo‘nasam-chi. Balki sahroda Majnun ila tanishib dardlasharman.

Mashrab bo‘lgim kelar,
Mansurdek o‘lgim kelar.

Itga aylanib, shahar tashqarisidagi axlatxona tomon yugursammikin?! Achigan, qoldiq luqmalar keragicha bor u yerda, qorin g‘amidan qutulaman. Dumi va tumshug‘i mayin juft ham topilib qoladi… axlat uyumlari orasida.

«Qayda ekan mening nasibam», deb uvlayman. Tog‘day badbo‘y axlatlar ortidan izlaganim ham uvlayli: «Shu yerdaman,sevgilim» . Sevgilim u tomondan, men bu tomondan axlat tog‘lariga ko‘tarilamiz, eng cho‘qqida ko‘rishamiz, bir-birimizni hidlab, dum va bo‘yinlarimizni suykalashtiramiz, bundan qalbimiz quvonadi. Kun bo‘yi tumshug‘i uzun va tuksiz sevgilim bilan axlatzorda yugurgilab, quvalashib o‘ynaymiz.

Xulas, shunga yaqin hikoya bor.
Nazarimda, «…it bo‘lur, eshak bo‘lur…» degan so‘z mazmunini anglab yetdim, shekilli, fikr aytib biror narsani o‘zgartirish istagim pasayib boryapti.
Hammomdan yuviqsiz, iflos chiqib kelayotgan odamlarni ko‘ryapman….
To‘ti ilm o‘rgataman deb g‘ashimga tegyapti.

Baxt,quvonch,shodlik so‘zini mahallamizning tilanchi alkashlari birovdan ming so‘m aroqqa pul undirganida o‘ylab topganmikin, deb o‘ylayapman!
Har bir odamning ko‘ksi reanimatsiya, u yerda kimdir o‘lim bilan jon talashib yotibdi.
Yo‘l chetida ochilgan gullarning yuz-qo‘lini chang bosadi…

Bir ayolning yo‘g‘on barmoqlari, qadoq kaftini ko‘rib, bu qanaqa hayot ekan, deb o‘yladim.
Surbet katta tadbirkorlikni boshladi – o‘z surati tushirilgan oyoq artadigan latta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi!

E'lon bo‘lmaydigan e'lon: Yuzta maosh o‘rni yaratdim!
Mansab tekkan qo‘y bo‘riga:» Qorningni yorib tashlayman».
Er Yevropada, xotin Osiyoda muqim yashayapti! Butun dunyo ularning uyiga aylandi!
Safimizga sig‘ib, biz bilan osh yeyishing uchun iste'dodingning u yoq-bu yog‘ini yo‘nib, bo‘yini pasaytirishga to‘g‘ri keladi.

Yomon hokim bilan shahar ustiga qulagan yuz tonnalik bombaning orasida farq yo‘q!
Haliyam ertalab ko‘chaga aql o‘rgatgani emas, aql o‘rgangani chiqyapman.
Haliyam ko‘chaga alik olganimas, salom bergani chiqyapman!
Haliyam ko‘chaga yashaganimas, yashayotganlarni tomosha qilgani chiqyapman!
Haliyam ko‘chaga haq olganimas, oldirgani chiqyapman.
Haliyam uyg‘onganimda yorug‘ dunyodamanmi yoki go‘rda uyg‘ondimmi, deb derazaga qarayman.
Haliyam ko‘chaga boylarni boyitgani chiqyapman.
Haliyam ko‘chaga so‘z aytgani emas, aksincha, so‘zimni yashirgani chiqyapman. Bu dunyoda qidirib baxt topolmaysan, balki bir kun odamlar jonsiz tanangni tobutga solib baxt manzili tomon elitishadi.
Insoniyat uchun suv toshqinlari, zilzila, qurg‘oqchilik, anomal sovuqlar kabi tabiat injiqliklaridan ko‘ra diktatorlarning ahmoqona va yovuz boshqaruviga chidab yashash qiyinroq ekan, deb o‘yladim shu palla.

Ëzuvchi Rahimjon Rahmat hikoyasi edi.

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2020
O‘zbekistonda Oliy Majlis Senatiga saylanganlarning aksariyati, to‘g‘riroq aytganda, asosiy roldagilar yana o‘sha eski amaldorlarning o‘zlaridir. Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidentining ...
15 avgust 2017
Paxta koalitsiyasi Jahon bankiga O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani borasida o‘z havotirini bildirib keladi. «Majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar, Jaxon ...
19 yanvar 2021
O‘zbekiston rasmiylarining bildirishicha, 2017 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan davrda chaqaloqlarni sotish va sotib olish bilan bog‘liq 185 ta holat ...
7 sentyabr 2017
7 sentyabr kuni, «Do‘stlik» KPPning rasmiy ochilishidan bir kun o‘tib, o‘shlik huquq himoyachisi Izzatulla Raxmatullaev chegaraning yana yopilgani haqida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...