Asosiy mavzular
18 yanvar 2022

Eltuz – oydinlar bilan birga

Tarmoqda ikki toifa mullalar bir-biri bilan qirpichoq bo‘lmoqda.

1-toifa: Hukumat va DXX yo‘rig‘ida yurib chiziqdan chiqmaydigan «mo‘'tadillar»

2-toifa: IShID va Tolibon formatidagi xalifalik qurish hayolidagi zombi utopist «ashaddiylar».

Bu ikkala guruh ham ilmdan nafratlanadi, tamal savodi yo‘q¸ millat hamda davlat qadriyatlariga yot unsurlardir.

Hukumat tarafidagi bitta mulla «erkak vrach ayollarni davolamasin», deb chiqqani esingizda.

Yana bir qizil mulla esa «Mona Liza asari harom» deya chiqqan edi.

Bu tarafdagi ashaddiylar esa takfir bayrog‘ini ko‘tarib: «Kofirlarni o‘ldirish» chaqiriqlarini kofirlar o‘ylab topgan platformalar orqali yoyinlab yotishibdi. Bu ikki guruh tashqaridan ikki xil bo‘lib ko‘rinadi, ammo ularning ildizi bir.

Bu yagona ildiz – nafrat, ayollarni kamsitish, taraqqiyot va ilmu irfonga zid qadimchilik tamsili.

Bir ildizdan o‘sgan qadimchilarning bu ikki butog‘ini jadid bobolarimiz rad qilgan.

Bu ikki guruhdan millatga va davlatga faqat zarar kelmoqda va keladi.

Xozir qochgan ham, quvgan ham @EltuzTG deydigan zamonda bu ikki guruh bizning qo‘limiz bilan bir-birlariga tosh otmoqchi.

Biz jadid otalar vasiyatiga amal qilib, ikki guruh «razborkasi»ga aralashmaymiz.

Biz yuksak manzillarga ko‘z tikib, ilmu irfon¸ texnikaviy taraqqiyot¸ demokratiya va liberalizm tarafidamiz.

Eski objuvozlardan chiqib, millat tomiriga bolta urmoqchi bo‘lgan qadimchilar tushlarini suvga aytsin.

Oydinlik sari yurayotganlar bilan birgamiz.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2017
63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqqani inson huquqi faollarining quvonchiga sabab bo‘lmoqda. ...
9 avgust 2019
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 31 yashar Mirsaid Haydarov ijtimoiy tarmoq orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat ...
12 may 2021
Yoshlikdan kitob o‘qishga o‘ch bo‘lganman. Ko‘chada yurib ketayotib ham kitob o‘qigan paytlarim bo‘lgan. Kutubxona eng sevimli maskanim edi. Shaharga ...
23 fevral 2022
Bilgichlarning aytishicha, Igor Shepelning Shveytsariyadagi bankda 2 million 817 ming shveytsariya frankiga ega bo‘lgani ko‘plab o‘zbek chekistlarini shokka tushirgan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...