Ko‘zqarash
21 mart 2022

Mirziyoevga endi pragmatik bo‘lish yetarli emas

O‘zbekistonning «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olmagani Toshkentning pozitsiyasi ko‘p qutbli ekanini ko‘rsatishga qaratilgan, biroq bu siyosatni aksil-Rossiya siyosati deb bo‘lmaydi aslo.
To‘g‘ri,  O‘zbekiston rahbariyati pragmatik hamkorlik yo‘lini tanlagan, ammo bu tamoyilning mutlaqlashuvi, bugungi kunda, birinchi navbatda, O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Boshqa yondan hozirgi voqelik nafaqat pragmatik bo‘lishni, balki Toshkentdan geosiyosatni ham hisobga olishni taqozo etadi.
Aslida O‘zbekiston muvozanatli va ko‘p vektorli siyosat olib borish istagini namoyon etmoqda,  biroq haqiqat shuki,  yaqin yillarda Rossiya bilan ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik omili Toshkent uchun hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi.
2021-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,6 barobarga ortib, 700 million dollarga yetdi.      
Bu hamkorlikni o‘sish istiqboli yuqori, biroq geosiyosiy yo‘nalishda Toshkent o‘z mavqesini sinxronlashtirishga majbur.
Prezidenti I. Karimov davridan boshlab Toshkentda nafaqat Rossiya,     balki Xitoy,  AQSh va boshqa davlatlar bilan ham keng qamrovli hamkorlikni nazarda tutgan ko‘p vektorli siyosat olib borilmoqda.
Prezidenti Mirziyoev davrida O‘zbekiston hamkorlikning iqtisodiy vektorini mustahkamlashga va qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston rahbariyati bilan qarama-qarshilik darajasini pasaytirishga erishdi, bu esa, umuman olganda, savdo munosabatlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston hech bir blokka qo‘shilmasligini bir necha yildan buyon baralla aytib keladi va hozirgi vaziyatda ham ayni maqomda qolishni istaydi.   O‘zbekiston na KXShT va na Evrazes a'zosi,  ammo Toshkent uchun Rossiya asosiy savdo-iqtisodiy hamkor va tashqi siyosatda ko‘p jihatdan mayoq bo‘lib qolmoqda.   Bunda O‘zbekiston uchun Rossiyadagi mehnat muhojirlari omili ham hal qiluvchi rol o‘ynayapti.
Rossiya yuz tuta boshlagan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay O‘zbekiston o‘z mehnat resurslarini eksport qilishdan manfaatdor.    
Hozirgi voqelikda O‘zbekiston nafaqat pragmatik hamkorlikka e'tibor qaratishi,  balki Rossiyaga G‘arb tomonidan olib borilayotgan geosiyosiy bosim omilini ham hisobga olishi kerak.    
Bunga e'tibor bermaslik O‘zbekistonning o‘zini yomon vaziyatga tushirishi mumkin.
O‘zbek muhojirlarida Rossiya mehnat bozoridan boshqa tanlov yo‘q hisobi.  
Hozirda bir necha million o‘zbekka Mirziyoev hukumati yangi ish o‘rinlari yaratib berishga qodir emas.  
Bu omil O‘zbekistondan savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari bilan bir qatorda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi geosiyosiy qarama-qarshilik kontekstiga ko‘proq e'tibor qaratishni talab qiladi.
Toshkentning kelajakdagi siyosatida ana shu omil hisobga olinsa kerak.
Xullas, kelgusi oylar va yillar davomida Shavkat Mirziyoevga kuchli sinovlardan o‘tish va o‘ta og‘riqli qarorlarni olish kerak bo‘ladi.
Bu sinovlarning o‘tgan 30 yildagilardan farqi shundaki, Mirziyoevning xato qilishga haqqi yo‘q.  Chunki na G‘arb va na Rossiya kichik xatoni ham kechiradigan kayfiyatda emas.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2017
Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozori peshtoqidagi yozuv “Toshkent ipak yo‘li” deya o‘zgartirildi. Bu o‘zgarish jarayonini Toshkentdagi “Eltuz” muxbiri fotosuratga oldi. ...
1 mart 2021
Muallif: Linn Shveysfyurt, 2021 yil 9 fevral Kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar, ayniqsa, Xitoyning Shinjon paxta sektori AQSh sanktsiyalari ostida qolganidan so‘ng O‘zbekistonni ...
12 iyul 2016
Farg‘onada odamlar SES xodimlarining hojatxona va molxonalarni tozaligi baxona aholidan go‘ng talab qilishayotganidan norozi. Ular buni go‘ngdan uylarnni isitish ...
14 aprel 2017
14 aprel kuni toshkentlik jurnalist Aleksey Volosevich, Buxoroning Romitan tumanida, Gazli shahar militsiyasi xodimlari tomonidan ushlandi. Alekseyning so‘zlariga ko‘ra, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...