seshanba,
29 oktyabr 2024
13 aprel 2022
Toza o‘zbekchilik uchun rahmat!
Ukraina mojarosi haqida o‘qiyverib, bir qiziq voqea esimga keldi.
Ancha yillar oldin bir tilshunoslar forumida ukrain tilidagi bir yo‘l lavhasini muhokama qilgandik. Unda «Dyakuєmo za chistі uzbіchchya» deb yozilgandi. Uzbіchchya yo‘l cheti degani. Ya'ni yo‘l chetini toza saqlang, demoqchi. Lekin biroz fantaziyani ishlatsa, jumlani «Toza o‘zbekchilik uchun rahmat» deb tarjima qilsa ham bo‘ladi. Harqalay, uzbіchchya so‘zini ko‘rgan rus tillilar darrov o‘zbeklarni esga oladi.
Mana, Ukrainani O‘zbekiston bilan bog‘laydigan narsa topdik: toza yo‘llar.
Eldor Asanov
telegram sahifasidan