Cho‘pchakka emas ilmga xurmat ko‘rsataylik
Olti yilcha oldin bir aziz do‘stim Saudiyaga zaruriyat yuzasidan borib keldi. Safar tafsilotlarini aytar ekan «Saudiyada yashaydigan o‘zbek olim» degan kalimani qo‘lladi. Men uchun olim bu fizik¸ ximik nari borsa matematik. Ammo Saudiyadagi birot cho‘pchak bo‘yicha «aalliym» ekan. Keyin ma'lum bo‘lishicha¸ uning Saudiya fanlar akademiyasiga talluqi ham yo‘q. Shunchaki Saudiyada o‘ptim bol sotadigan tujjor . Bu bolchi birot o‘g‘illarini ko‘z quloq bo‘lib makatbaga olib borish va olib kelish mashaqqatidan charchaganini aytibdi. Saudiyadagi rijollar yosh o‘g‘il bolaga jinsiy tajovuz qilishga tayyor turadi. Xuddi o‘laksaga tashlangan kalxat kabi. Shu bois ota onalar o‘z farzandlarini bu seksual manyaklardan asrash uchun muntazam xavfsizlik choralarini ko‘rishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida odamni charchatadi. Shu sababdan bu o‘ptim bol sotuvchi «olim» Turkiyaga ko‘chib o‘tmoqchi ekan. Aytmoqchi bo‘lgan gapim yana xam to‘g‘rirog‘i taklifim «olim» degan so‘zni siyqa qilmaylik. Matematika¸ fizika¸ kimyo soxasida rasman tan olingan va ilmiy darajasi bo‘lganlarga olim deylik. Cho‘pchakka emas ilmga xurmat ko‘rsataylik.
Rassom Tuz