Catira
13 fevral 2022

Gemorroy urushi

Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi deya faraz qilaylik. Innan keyinchi… innan keyin nima bo‘ladi? Shuni sovuqqonlik bilan bir tahlil qilib chiqsak:

AQSh Ukraina ichkarisiga birorta askarim qadamini ham bosmaydi, deb aytdi. Demak, Rossiyaga qarshi Ukriana armiyasi, xalqi va NATO qurol yaroqlari jang qiladi. Rossiya Ukrainaning yirik shaharlarini, istihborot xulosalariga ishonadigan bo‘lsak, uch kunda bosib oladi. Xo‘sh innan keyinchi? Ana innan keyin Rossiya uchun «gemmoroy urushi» boshlanadi.

Rossiya armiyasi 90 yilar boshi va oxirida ignaning teshigiday hududda Ichkeriya (Checheniston) ga qarshi jang qildi. Ikki yarim millionlik armiya bir yarim millionlik chechen xalqiga birinchi urushda mag‘lub bo‘ldi va tuyog‘ini shiqillatdi. Ikkinchi Rus-Chechen urushida Putin Ichkeriya hokimiyatini ag‘darib, o‘z vassali Ahmad Qodirovni olib keldi. Keyin Ahmadni o‘z qo‘li bilan yo‘q qilib, o‘g‘li Ramzanni qo‘ydi.

Lekin, Ramzan armiyasi o‘sha o‘sha ruslarni bir tiyinga olmaydigan, birinchi urushda g‘alaba qilgan jangarilar edi. Rossiya bu mintaqada tinchlikni saqlab turish uchun yiliga 4 milliard dollar dotatsiya beradi. Yetarki chechenlar isyon qilmasin. Ramzan esa hammaga ko‘ndalang qo‘ygan. Istagan ishini qilib yotibdi: Politkovskaya, Yamadaevlar, Estemirova, Nemtsov va yana ko‘plarni o‘ldirdi. Bitmas tuganmas boylik to‘pladi. Yaqinda sobiq bir sudyani kallasini olish bilan ochiqcha tahdid qildi. Agar shu gapni boshqa bir rahbar qilsa, allaqachon «Belыy lebed» yoki «Chyornыy delfin» da o‘tirgan bo‘lardi Ramzan. Lekin, Putin miq etmaydi, chunki miq etsa, uchinchi rus-chechen urushi boshlanishi mumkin.

Demak, amalda ikkinchi rus chechen urushida ham chechenlar g‘olib chiqishdi. Chechenlar bu g‘alabaga partizanlar urushi tufayli erishdilar. Shu ma'noda Ukrainani Rossiya qisqa fursatda bosib olishiga shubha yo‘q, lekin Chechenistondan o‘nlab marta katta mamlakatni idora qila olarmikan? Yo‘q, albatta. Ishg‘olchilarga qarshi partizanlar urushi boshlanadi. Shaharlarda, qishloqlarda, qir adir, o‘rmonlarda, tor ko‘chalarda… Uzundan uzoq va qonli urush. Va alaloqibat Rossiya mag‘lub bo‘ladi.

Yana bir narsa chechenlardan farqli ukrainlarga butun yevropa va g‘arb davlatlari hamyoni doimo ochiq bo‘ladi… Qurol yaroqning eng zamonaviysi sinaladi. Bir tomondan Rossiyaga askarlar tobutlari kela boshlaydi, ikkinchi tomondan esa g‘arb o‘z sanktsiyalari bilan Rossiya tinkasini quritadi. Ana unda ko‘ribsizki, Rossiyanig ura patriotizmidan ham hech narsa qolmaydi… Urush hech kimga hech qachon yaxshilik olib kelmagan, ammo bemor saratonga chalingan ekan uni kimyoviy yo‘l bilan davolashdan boshqa iloj yo‘q. @eltuz

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
8 avgust 2016
«Hurriyat» gazetasida (03.08.16) chop etilgan «Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi kuch» sarlavhali maqolada Chor Rossiyasi va sho‘rolar davrida xalqimizning ma'naviy boyliklarini ...
13 yanvar 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 12 yanvar sonini taqdim etadi.+++Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblovchi separatist Dauletmurat Tojimuratovga 18 yil so‘radi.Prokuror ...
20 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar bugun 23 yanvar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Poytaxt viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 35 yoshli va ...
17 aprel 2019
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...