Ko‘zqarash
20 aprel 2023

Rassom Tuz vatanga qaytish huquqi haqida

Oliy sudda sovet davrida qatag‘on qilingan yana 208 nafar shaxs oqlandi. 30 yil kechikkan bo‘lsa ham olqishga loyiq ish. 

Mana 30 yildan oshdiki, ziyolilar ritorikasida «Cho‘lpon¸ Fitrat va Qodiriylar zulm ko‘rdi¸ ezildi va mustaqillik sharofati bilan oqlandi» degan gap qayta qayta takrorlanadi. 

Shuni aytish kerakki, bu uch ziyoli Stalin repressiyasi qurboni o‘laroq Stalin o‘lganiden keyin Sovet sudi tarafidan rasman oqlangan edi. Ammo Sovet davridagi o‘zbek «ziyolilari» bu rasman oqlangan buyuklardan hurkib to O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan to‘qsonlargacha jim o‘tirishdi. 

Sassizlik, qo‘rqoqlik va andisha mikroblari o‘zbek ziyolilarining hujayralariga abadiy yerlashib, qadrdon bo‘lib ketgan debam o‘ylab qolaman. 

Hozir aytmoqchi bo‘lgan gapimning esa aniq va kamida uchta adresati bor: 

Usmon Azim, Murod Muhammad Do‘st va Xurshid Davron!

Muhtaram og‘alar, sizdan tilagimiz va tama'miz bor.

Marhamat qilib sizlar bilan bir safda bo‘lgan va, yana ham to‘g‘rirog‘i, o‘tkan asrning sakson va to‘qsonlarida sizlar mansub bo‘lgan adabiy to‘lqin lideri bo‘lgan shoir, jadid tafakkurli siyosatchi Muhammad Solihni vatanga qaytishi va shu vatanda uning kitoblari chiqishini yoqlab bir og‘iz gap ayting.

Mana men bu gapni aytdim. Hech bo‘lmaganda shu taklif to‘g‘ri deya qo‘llab quvvatlang.

Birgina jumla ayting. Do‘st uchun¸ millatdoshimiz uchun. Bugun va kelajak uchun!

Muhammad Solih, faqatgina jur'at topib, o‘z davrida Islom Karimovga muxolif bo‘lgani va prezidentlikka nomzodligini ko‘rsatgani uchungina mamlakatdan surgun qilindi. Sirtdan sud hukmi chiqarildi. Ukalari qamaldi. Qodiriy¸ Fitratu Cho‘lponlar kitoblari 1937 yilda qanday taqiqlangan bo‘lsa Muhammad Solih kitoblari Karimov davrida shunday qatag‘on qilindi. 

Muhammad Solihning adabiyotdagi safdoshlaridan faqat Rauf Parfigina hukmdor va siyosiy konyunkturadan qo‘rqmay o‘z do‘sti himoyasiga so‘z ayta oldi. 

Ahmad A'zam¸ Halima Xudoyberdieva¸ Erkin Vohidov kabi Muhammad Solihni yaqindan tanigan va uning ulkan adabiyot darg‘asi ekanligini ichdan his qilgan do‘stlarimiz bir og‘iz gap ayta olmay bu dunyodan sassiz o‘tib ketishdi. 

Bugungi O‘zbekistonga «Yangi» degan yorliq qo‘yildi. «Yangi» so‘zi va «jadid» kalimasi sinonim, ya'ni bir xil so‘zdir («Yangi» turkcha «jadid» arabcha) 

Jadidlik g‘oyalari bugungi O‘zbekistonda qadr topayotgani tahsinga loyiq.

Karimov va Muhammad Solih ziddiyati – bu eski O‘zbekistonning salbiy merosi. 

Karimov o‘ldi va allaqachon uning mamlakat taraqqiyotini orqaga tortayotgan ziddiyatli merosidan voz kechish payti keldi.

Buni qanday tez qilsak shuncha yaxshi. 

O‘zbek adabiyotining ulug‘ namoyandasi Muhammad Solih o‘zi sevgan mamlakati O‘zbekistonga kelib, ota-bobolari qabrini ziyorat qilsin¸ muxlislari va qarindoshlari bilan uchrashsin. Kitoblari chiqsin. 

Shu zaminda tug‘ilgan¸ shu yurtni ulug‘lab uning erki va mustaqilligi uchun umrini bag‘ishlagan shoirning shu vatanga, hech bo‘lmasa, mehmon kabi kelib ketish xohishi o‘ta tabiiy va haqli istakdir.

Yangi davr ruxi va mantig‘iga yarashadigan ish bu.

O‘z vaqtida shoir Mirzo Kenjabek yozganidek: «Muhammad Solihning sokin sarbasti urushning qo‘shig‘i emasdir!» 

(Rasmda Muhammad Solih Chexiya prezidenti¸ dramaturg Vatslav Havel bilan. Ikkinchi rasmda Usmon Azim¸ Shavkat Rahmon va Xurshid Davronlar bilan birga)

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 iyun 2017
Prezident Mirziyoev 22 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga keldi. Byudjet tashkiloti xodimlari ham yengil tin olishdi. “Shukur” – dedi Eltuz ...
21 sentyabr 2016
O‘zbekiston Ichki ishlar organlari haqida qonun qabul qilinishi ortidan, Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar almanishi kuzatilmoqda. Biroq, ekspertlar fikricha ...
13 fevral 2017
Aloqa xodimlarining aytishicha, pensionerlar bu borada pochtalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e'lon qilingan kunning ertasigayoq murojaat eta boshlashgan. Ular ...
30 yanvar 2019
Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi raisi va bosh vazir o‘rinbosari ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...